199
masalasini aniqlash lozim. Amaldagi qonunchilikda umumiy mulk huquqi
mulk shakllaridan keyingi joylashtirilgan holatidan kelib chiqib,
umumiy
mulkning mulk shakli yoki turi ekanligini tahlil qiling?
2. Birgalikdagi umumiy mulkdan ulush ajratish va taqsimlashning
ulushli mulkdan ulush ajratish va taqsimlashdan farqi nimada.
Ulushlarni
taqsimlashda sheriklarning xarajatlari hisobga olinishi faktini ham tahlil
qiling?
3. Ota-onaning vafotidan so‟ng ularning
voyaga yetgan va alohida
yashaydigan
to‟rt
nafar
farzandlariga
uy-joy
meros
qoldi.
Merosxo‟rlarning uchtasi uyni sotish va tushgan mablag‟ni o‟rtada
taqsimlashni taklif qilishdi. Bittasi esa uyni sotishga qarshilik qilib, o‟z
ulushi uchun uydan yashash uchun foydalanishni talab qildi.
Merosxo‟rlar o‟rtasida kelishuvga erishilmagach, uch merosxo‟r uyni
sotishga qarshilik qilgan merosxo‟rga nisbatan uyni sotish paytida ta‟sir
o‟tkazmaslikni cheklash to‟g‟risida sudga da‟vo bilan murojaat qilishdi.
O‟z talablarida ular uyning butunlay sotilishini, bu esa uning bozor narxini
ancha oshirishini bildirishgan.
Ish qanday hal qilinadi?
4. Er-xotin Qobilov va Odilova o‟zlarining
birgalikdagi hayotlari
davomida “Nexia” mashinasiga ega bo‟lishdi. Bir necha yil o‟tgach,
Qobilov aviastiya halokati tufayli halok bo‟ldi. Uning onasi merosxo‟r
sifatida Odilovaga nisbatan avtomashinani sotib,
pulini taqsimlash
to‟g‟risida da‟vo qo‟zg‟atdi. Sudning qarori bilan avtomobil xotiniga
qoldirildi, onasiga Odilova tomonidan pul kompensatsiyasi to‟landi.
Bir oz vaqt o‟tgach, Odilova mashinani sotdi.
Buni eshitib,
Qobilovning onasi oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish
to‟g‟risida da‟vo qo‟zg‟atdi, uning fikricha
avtomabil oldi-sotdisida
o‟zining imtiyoli sotib olish huquqi buzilgan.
Masalani tahlil qiling?