202
xosdir. Masalan, mulkdor o‟ziga
tegishli mulkni ijaraga berib, ijara
muddati tugagandan so‟ng, ijaraga oluvchi mulkni mulkdorga qaytarmasa,
mulkdorning huquqi mulk huquqi normalari bilan emas, shartnoma huquqi
normalari bilan himoya qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, majburiyat-
huquqiy usullar mulk huquqini bevosita emas, balki so‟nggi natijaga
bog‟liq holatda himoya qiladi hamda majburiyat
bajarilmasligi oqibatida
mulk huquqini buzilishidan himoyalanish orqali namoyon bo‟ladi. Bir
qator holatlarda, jumladan, mulk nobud bo‟lganda mulk huquqi o‟z-
o‟zidan bekor bo‟ladi. Bunda majburiyat-huquqiy usullar mulk huquqini
himoya qilishga emas, mulkdorning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga
qaratiladi.
3.
Fuqarolik huquqining turli institutlari bilan himoya qilish. Bu
guruhga mulk huquqini fuqarolik-huquqiy himoya qilishning shunday
usullari
kiradiki,
ular
ashyoviy
huquq
va
majburiyat-huquqiy
munosabatlarga aloqador bo‟lmasdan,
fuqarolik huquqining turli
institutlaridan kelib chiqadi. Bedarak yo‟qolgan yoki vafot etgan deb e‟lon
qilingan fuqaroning qaytib kelishi natijasida, uning mulkiy huquqlarini
himoya qilish haqidagi normalar, bitim haqiqiy emas deb topilganda;
taraflarning mulkiy huquqlarini himoya qilish,
garov saqlovchining
javobgarligi haqidagi, meros qilib qoldirilgan mol-mulkni saqlovchi yoki
vasiyga berilgan vasiylik ostidagi shaxsning mol-mulkini nobud bo‟lishi
va yo‟qolishi haqidagi qoidalar fikrimizni isbotlaydi.
Bu himoya usuli orqali mulk huquqi bilvosita himoya qilinadi.
4.
Mulk huquqining bekor bo‟lishini qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan asoslarda himoya qilish. Mazkur maxsus usul bilan bog‟liq
fuqarolik-huquqiy usullarga, bevosita mulk huquqi bekor bo‟lishi
oqibatida yuzaga
keladigan huquqbuzilishlarini
fuqarolik qonun
hujjatlarida belgilangan me‟yorlar orqali himoyalash usullari kiradi.
Bunga, xususan, davlat tomonidan shaxslar mulkining davlat ixtiyoriga
noqonuniy o‟tkazilishidan himoyalovchi kafolatlar kiradi.