209
d) jiddiy yanglishish, aldanish, zo‟rlik qilinishi ta‟sirida tuzilgan
bitimlar (shartnomalar) sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi
mumkin. Bunday bitimlar tuzilishi natijasida buzilgan mulkiy huquqlar
ham qonun (FKning 122-123-moddalari) bo‟yicha
himoya qilinadi;
e) ayrim shartnomalar, chunonchi, oldi-sotdi, mahsulot yetkazib
berish, kontraktatsiya, ijara, pudrat, yuk tashish va boshqa qator
shartnomalar bo‟yicha olingan majburiyatlar butunlay yoki lozim darajada
bajarilmasligi natijasida tashkilotlar yoki ayrim
fuqarolar mulkiy zarar
ko‟rishlari
mumkin.
Bunday
hollarda
ham
qonun
(bunday
shartnomalar)ning har qaysisini buzish oqibatlari to‟g‟risida, huquqiy
normalar buzilgan huquqlarni himoya qilinishini nazarda tutadi.
Shartnomalardan tashqari bo‟ladigan majburiyat munosabatlarida
mulkiy huquqlarning himoya qilinishiga kelsak, ba‟zi hollarda majburiyat
munosabatlari yuqorida aytilganidek, o‟zaro kelishuv asosida tuzilgan
shartnomalardan kelib chiqmay, bevosita qonun bilan ham belgilanishi
mumkin. Bunday hollarda tashkilotlar va fuqarolar qonunga asosan o‟zaro
majburiyat munosabatlarida bo‟ladi va huquq subyektlari (tashkilotlar va
fuqarolar) bir-birlariga nisbatan muayyan majburiyatlar oladi. Agar qonun
bilan belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik
natijasida mulkiy zarar
ko‟rilsa, buzilgan mulkiy huquqlarni himoya qilish masalasi vujudga
keladi.
Shartnomalardan tashqari bo‟lgan majburiyat munosabatlarida
mulkiy huquqning buzilishi asosan quyidagi hollarda uchrashi mumkin:
a) ba‟zi hollarda ayrim shaxslar (yuridik shaxslar yoxud fuqaro-
lar)ning mulkiga qasddan yoki ehtiyotsizlik bilan zarar yetkazish tufayli
mulkiy huquqlar buziladi. Masalan, davlat yoki tashkilot mol-mulkini
talon-taroj qilish, fuqaroning mulkini o‟g‟irlash, fuqaroga zarar
yetkazilishi natijasida mulkiy huquqlar buzilishi mumkin. Bunday hollarda
qonun buzilgan
huquqlarning tiklanishi, mulkiy huquqlarning har
tomonlama va to‟la himoya qilinishini belgilaydi;
b) amalda birovdan topshiriq olmay, uning manfaatlarini ko‟zlab,
ba‟zi xarajatlar qilish hollari ham bo‟lishi, chunonchi, birovning to‟satdan
kasal bo‟lib qolgan bolasini shifoxonaga taksi mashinasida olib borib
joylashtirishda ma‟lum xarajat qilinishi mumkin. Qonun bunday hollarda
ham zararning to‟lanishi lozimligini ko‟rsatib, mulkiy huquqni himoya
qiladi;
d) xatolik bilan birovning mulki olingan yoki tejalgan bo‟lsa, ya‟ni
birovning mulkini olib qolish yoki tejash
uchun qonun yoki shartnoma
bilan belgilangan asoslar bo‟lmasa, olingan yoki tejalgan mulk egasiga
210
qaytarilishi lozimligi qonunda belgilanadi. Masalan, xatolik bilan ikkinchi
marta takror to‟langan qarz yoki olinmagan mahsulot uchun tashkilotning
to‟langan puli qaytarilishi lozim.
Qonun (FKning normalari) yana boshqa ba‟zi hollarda ham
shartnomalardan tashqari vujudga keladigan majburiyatlarda mulkiy
huquqlarning himoya qilinishini belgilaydi.