222
Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o‟tishi uchun, agar qonun
yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‟lsa, qarzdorning
roziligi talab qilinmaydi. Agar qarzdor kreditorning huquqlari boshqa
shaxsga o‟tganligi haqida yozma ravishda xabardor qilinmagan bo‟lsa,
yangi kreditor shu tufayli kelib chiqqan o‟zi uchun noqulay oqibatlar
xavfini o‟z zimmasiga oladi. Mazkur holda
majburiyatning dastlabki
kreditorga nisbatan bajarilishi tegishli kreditorga nisbatan bajarish deb
hisoblanadi (FK 313-modda).
Ba‟zi hollarda normativ hujjatlarning o‟zida ham talab qilish
huquqini umumiy qoida sifatida o‟tkazishga yo‟l qo‟yilmasligi, masalan,
temir yo‟l ustavining 172-moddasida temir yo‟l korxonasiga talab,
shikoyat yoki da‟vo qo‟zg‟atish huquqini boshqa tashkilotga yoki fuqaroga
o‟tkazishga yo‟l qo‟yilmasligi ko‟rsatilishi bilan birga, qanday hollarda bu
qoidadan istisnolar bo‟lishligi ham aytilgan.
Qarzdor majburiyat bo‟yicha huquqlar yangi kreditorga o‟tganligi
haqida ogohlantirish olgan paytda dastlabki kreditorga qarshi e‟tirozlarni
yangi kreditorning talabiga qarshi qo‟ya oladi (FK 317-modda). Masalan,
majburiyatning qisman bajarilganligini yoki qarz hujjatida ko‟rsatilgan
summaning olinmaganligini ko‟rsatib, o‟z e‟tirozlarini yangi kreditor
talabiga qarshi qo‟yish huquqiga ega.
Qarzdorning almashinishiga kelsak,
majburiyatda qatnashayotgan
qarzdor ham o‟z o‟rnini boshqa shaxs bilan almashish huquqiga ega.
Qarzdor almashgani tufayli, yangi qarzdor majburiyatli bo‟lib qolishiga –
qarzning (majburiyatning) ko‟chirilishi deyiladi.
Qarzdorning o‟z qarzini boshqa shaxsga o‟tkazishiga faqat kre-
ditorning roziligi bilan yo‟l qo‟yiladi (FK 322-modda). Qarzdor uchun
qaysi kreditorga nisbatan majburiyatni bajarishning farqi yo‟q bo‟lsa ham,
kreditor uchun kim yangi qarzdor bo‟lishining ahamiyati bor. Avvalo,
kreditorning yangi qarzdorning mulkiy holati, ish qobiliyati hamda
majburiyatni bajarishga qodir bo‟lish-bo‟lmasligi qiziqtiradi. Agar,
masalan, yuqori malakali usta ishni bajarishni o‟z shogirdiga
topshirmoqchi bo‟lsa, kreditor ish manfaatlarini ko‟zlab,
bunga rozi
bo‟lmasligi ham mumkin. Dastlabki qarzdor boshqa shaxsga majburiyatini
o‟tkazganida, kreditorga nisbatan majburiyatni bajarishdan butunlay ozod
bo‟ladi. Uning barcha majburiyati yangi qarzdor zimmasiga o‟tadi.
Kreditor bilan dastlabki qarzdor o‟rtasidagi munosabatlarga
asoslangan barcha e‟tirozlarni yangi qarzdor kreditorning talabiga qarshi
qo‟ya oladi, jumladan, yangi qarzdor ham dastlabki qarzdor kabi
majburiyatning
qisman
bajarilganligini
yoki
qarzning
qisman
to‟langanligini yoxud hujjatda ko‟rsatilganga qaraganda kamroq summada
olinganligini aytib, e‟tirozlarini bildira oladi.
223
Kreditor yangi qarzdordan majburiyatni to‟la hajmda bajarishni talab
qila oladi, chunki majburiyatni ko‟chirishda uning mazmuni o‟zgarmaydi.
Masalan, qarz shartnomasida qarzdor almashsa, kreditor yangi qarzdordan
to‟la hajmda to‟lanishini talab qila oladi.
Agar kafil yoki garovga qo‟yuvchi yangi
qarzdor uchun javobgar
bo‟lishiga rozilik bermasa, kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan berilgan
garov qarzning boshqa shaxsga ko‟chirilishi bilan bekor bo‟ladi.
Qarzni (majburiyatni) ko‟chirish, ko‟pincha fuqarolarning o‟zaro
munosabatlarida qo‟llaniladi. Ammo majburiyat qarzdorning shaxsi bilan
bog‟liq bo‟lsa, qarzni ko‟chirish mumkin emas.
Yozma shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talab qilish huquqini
o‟tkazish va qarzni (majburiyatni) ko‟chirish oddiy yozma shaklda
qilinishi lozim. Agar bitim notarial tasdiqlangan va davlat ro‟yxatidan
o‟tkazilgan bo‟lsa, u holda ushbu tegishli shaklga rioya qilingan holda
amalga oshiriladi. FKning 323-moddasida qarzni ham,
majburiyat
bo‟yicha ijroni ham bir paytda boshqa shaxsga o‟tkazish qoidalari nazarda
tutilgan. Bunga asosan qarzdorni qarzni to‟lash majburiyatidan ozod
qilmagan holda qarzni yoki uning bir qismini boshqa shaxsga o‟tkazishga
ruxsat beriladi. Bu holda har ikkala qarzdor majburiyatning bajarilishi
uchun sherik (solidar) javobgar bo‟ladi.
Qarzdorning uchinchi shaxs bilan shartnomasi asosida, uchinchi
shaxs majburiyatining bajarilishi bo‟yicha kreditor oldida emas, balki faqat
qarzdor oldida burchli bo‟ladi.