|
Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism Pdf ko'rish
|
bet | 114/159 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 2,02 Mb. | | #157348 |
Bog'liq Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)
Nazorat uchun savollar:
1. Fuqarolik huquqining asosiy institutlari hisoblangan mulk huquqi
va majburiyat huquqi institutlarining o‟zaro bog‟liqligi va nisbatini tahlil
qiling?
2. Kreditorning solidar qarzdorlarga nisbatan talabini amalga oshirish
shakli va qarzdorlarning qarshi talabini ta‟minlashning o‟ziga xosligi va
ushbu munosabatlarning huquqiy “kombinatsiyalari” bo‟yicha mushohada
yuriting?
3.
Ahrorov
do‟sti,
estrada
xonandasi
– Komilov bilan
xizmatdoshlarini chaqirib, uning qo‟shiqlarini uy sharoitida eshitish
to‟g‟risida kelishib oldi. Ammo belgilangan muddatga bir soat qolganda
Komilov Ahrorovga telefon qilib, borolmasligini, uyda o‟tirib futbol
matchini tomosha qilishini aytdi.
Ahrorov Komilov tomonidan barbod qilingan uchrashuvga
tayyorgarlik ko‟rib, qilgan xarajatlari (sotib olingan oziq-ovqat va
ichimliklar haqi)ni va yetkazilgan ma‟naviy zararni to‟lashni undan talab
qildi.
Ahrorovning Komilovga nisbatan bunday talab qo‟yishiga huquqiy
asos bormi?
4. Ikki yonma-yon joylashgan dala hovli egalari, o‟z yer
uchastkalarida bahorgi va kuzgi tozalash ishlarini navbatma-navbat
o‟tkazishni kelishib olishdi. Ayni paytda, Fayzievning uchastkasi
Safarovning uchastkasidan ikki baravar katta ekanligini hisobga olib,
Safarov tomonidan o‟tkaziladigan tozalash uchun, Fayziev eng kam ish
haqi miqdorida haq to‟lashi lozimligi haqida ham kelishib olishdi.
Dastlabki tozalov ishlarini Fayziev amalga oshirdi, lekin Safarov o‟z
majburiyatini bajarganda, Fayziev haq to‟lashdan bosh tortdi va
o‟rtalaridagi shartnoma maishiy xarakterda bo‟lib, yuridik kuchga emas
emasligini aytib o‟tdi.
Fayzievning fikrlari asoslimi? Fikringizni asoslang.
|
| |