231
Bunday hollarda FKning 241-moddasi, 2-bandida ko‟rsatilganidek,
agar qonun, shartnoma yoki majburiyat mazmunidan majburiyatni
qarzdorning shaxsan o‟zi bajarishiga majburiligi anglashilmasa, kreditor
qarzdor uchun uchinchi shaxs tomonidan taklif qilingan ijroni qabul qilishi
shart.
Biroq majburiyat bajarilmaganligi uchun, basharti qonun hujjatlari
yoki shartnomada uchinchi shaxsning javobgar bo‟lishi nazarda tutilmagan
bo‟lsa, shartnomadagi taraf javobgar bo‟ladi.