246
talablari va e‟tirozlari inobatga olinmaydi, shuningdek prinsipial va
benifistiar o‟rtasidagi shartnomaga nisbatan qo‟shimcha (akstessor)
majburiyat bo‟lishidan qat‟i nazar, ma‟lum darajada mustaqil hisoblanadi.
Kafolat ushbu xususiyatlari bilan kreditor (benefitsiar)
uchun uchinchi
shaxs kafilligiga nisbatan ancha afzal usul hisoblanadi.
Kafolatning mazmuni birinchi galda kafil (bank)ning oldindan
o‟rnatilgan, asosiy majburiyat bilan belgilangan summani berish
majburiyatidan iborat. Lekin beriladigan summa belgilangandan keyin
asosiy majburiyat bekor bo‟lsa yoki u haqiqiy emas deb tan olingan
taqdirda ham, kafolat ushbu asosiy majburiyatga bog‟liq emas va o‟z
kuchini saqlashda davom etadi. Shu bilan ham
asosiy majburiyatlar bilan
bog‟liq boshqa ta‟minlovchi majburiyatlardan farq qiladi.
Kafolat ko‟pincha kafillikning bir turi sifatida e‟tirof etiladi. Kafolat
beruvchi subyektlar doirasi bilan kafillikdan tubdan farq qiladi. Kafolat
bajarilishi ta‟minlanayotgan majburiyatdan mustaqil bo‟lib hisoblanadi.
Bu holat shu bilan izohlanadiki, kafolat bilan ta‟minlangan majburiyat
bekor bo‟lsa yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda kafil kafolat
bo‟yicha majburiyatni bajarishdan ozod etilmaydi.
Boshqacha aytganda,
har qanday holda kafolat o‟zining yuridik kuchini saqlab qoladi. Bu bilan
kafolat majburiyatni bajarishni ta‟minlashning boshqa usullaridan farq
qiladi.
Kafolatning o‟ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, bunda har
doim kafil sifatida bank, boshqa kredit muassasasi yoxud sug‟urta
tashkiloti qatnashadi. Ko‟p hollarda kafil prinsipalga xizmat ko‟rsatuvchi
tashkilot hisoblanadi. Shu sababli ham
kafil prinsipalning bankda
saqlayotgan pul mablag‟lari hisobidan uning kreditorlari oldidagi
majburiyatini bajaradi. Biroq qonun buni shart qilib qo‟ymaydi, shu
sababli ham kafil sifatida har qanday kredit muassasasi yoki kredit
tashkiloti bo‟lishi mumkin.
Kafolatga xos xususiyat shundan iboratki, u orqali prinsipalning
benefitsiar oldidagi o‟z majburiyatini (asosiy majburiyatni)
tegishli
darajada bajarilishi ta‟minlanadi. Kafolat haq baravariga tuziladi. Kafolat
bergan bank (kredit muassasasi, sug‟urta tashkiloti)ga prinsipal tegishli
miqdorda haq to‟laydi.
Kafolat asosiy majburiyatdan (ya‟ni prinsipalning benefitsiar
oldidagi majburiyatidan), garchi kafolatda ushbu majburiyatga havola
qilinsa-da, mustaqil hisoblanadi.
Kafolat prinsipal tomonidan, kafolatda benefitsiar sifatida chiquvchi,
kreditor oldida o‟zining majburiyatlarini
lozim darajada bajarishni
247
ta‟minlashga qaratilgan. Kafolatni olish uchun prinsipal kafilga haq
to‟laydi. Haq to‟lash miqdori u bilan tuziladigan kelishuvda belgilanadi va
kafolat summasiga hamda ta‟minlanadigan majburiyatlar xususiyatiga
bog‟liq bo‟ladi. Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‟lsa,
u kafil tomonidan chaqirib olinishi mumkin emas. Kafolat bo‟yicha
benefistarga tegishli bo‟lgan kafilga talab qo‟yish huquqi agar kafolatda
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‟lsa, boshqa shaxsga o‟tkazilishi
mumkin emas.
Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‟lmasa, u
berilgan kundan e‟tiboran kuchga kiradi. Benefitsiarning kafolat bo‟yicha
pul summasini to‟lash haqidagi talabi kafolatda ko‟rsatilgan hujjatlarni
ilova qilgan holda kafilga yozma ravishda taqdim etilishi lozim. Talabda
yoki unga ilovada benefistar prinsipalni ta‟minlash uchun kafolat berilgan
asosiy majburiyatni buzishi nimadan iboratligini ko‟rsatishi kerak.