240
Kreditorning talablari qondirilgandan so‟nggina garovga qo‟yilgan
mulkni
sotishdan
hosil
qilingan
summadan
qolganini
boshqa
kreditorlarning talablarini qondirish uchun sarflanishi mumkin.
Garov
tufayli garov bilan ta‟minlangan majburiyat bo‟yicha kreditor (garovga
oluvchi) qarzdor tomonidan bu majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga
qo‟yilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulk egasi bo‟lgan shaxs
(garovga qo‟yuvchi) ning boshqa kreditorlariga nisbatan o‟z talabini
imtiyozli qanoatlantirilishiga haqli bo‟ladi. FKning 264-moddasida
ko‟rsatilgan subyektiv huquq garov huquqi bo‟lib, mulkni garovga bergan
shaxs – garovga qo‟yuvchi va mulkni olgan shaxs esa – garovga oluvchi
deb ataladi. Mulkni garovga qo‟yuvchi shaxs qarzdorning o‟zi ham,
shuningdek uchinchi bir shaxs ham bo‟lishi mumkin. Shuningdek, FKning
266-moddasida
ko‟rsatilganidek,
garovga
qo‟yuvchi
garovga
qo‟yilayotgan mulkning egasi bo‟lishi lozim. Basharti, qonun yoki
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‟lmasa, mulkdorning
roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qo‟yishga yo‟l qo‟yilmaydi.
Garovning majburiyatning bajarilishini ta‟minlovchi
kuchi shundan
iboratki, agar qarzdor tomonidan majburiyat bajarilmasa, kreditor o‟z
talabini garovga qo‟yilgan mol-mulk hisobidan qarzdorning boshqa
kreditorlariga
qaraganda
imtiyozli
suratda
birinchi
galda
qanoatlantirilishiga haqli bo‟ladi. Asosiy majburiyat (bank krediti, qarz,
oldi-sotdi va h.k.) qanday bo‟lishidan qat‟i nazar garov barcha hollarda
kreditorga qarzdordan o‟z talabiga monand keladigan ma‟lum miqdorda
pul summasini undirish uchun huquq beradi. Agar shartnomada boshqacha
tartib nazarda tutilgan bo‟lmasa, garov talabning uni qondirish paytidagi
hajmini ta‟minlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish
natijasida yetkazilgan zarar to‟lanishini, shuningdek
garovga oluvchining
garovga qo‟yilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv
xarajatlari to‟lanishini ta‟minlaydi (FKning 268-moddasi).
O‟zbekiston Respublikasining 2013 yil 23 oktyabrdagi “Garov
riyestri to‟g‟risida” gi qonuniga ko‟ra garov riyestri deganda,
qarzdorlarning majburiyatlari bajarilishini ta‟minlash vositasi sifatida berib
qo‟ygan mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari to‟g‟risidagi
shuningdek, qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga
doir huquqlariga qonunga muvofiq qo‟yilgan cheklov hamda qarzdor o‟z
majburiyatlari lozim darajada bajarilishini ta‟minlashi bilan bog‟liq boshqa
talablar haqidagi yozuvlarni o‟z ichiga olgan ma‟lumotlarning yagona
axborot bazasi tushuniladi.
241
Garovning mohiyati shundan iboratki, qarzdor kreditorga o‟z
majburiyatlarining bajarilishini ta‟minlashga mo‟ljallangan mol-mulkini
beradi.
Garovga beriladigan mol-mulk, ham qarzdorga, ham boshqa
shaxsga tegishli bo‟lishi mumkin. O‟z mulkini garovga qo‟yuvchi shaxs
garovga qo‟yuvchi deb nomlanadi. Talablari garov bilan ta‟minlanadigan
kreditor - garovga oluvchidir. Garov mol-mulkka bo‟lgan mulk
huquqining kreditorga o‟tishini nazarda tutmaydi. Garov kreditorga faqat,
qarzdorning boshqa kreditorlariga nisbatan, o‟z talablarini garovga
qo‟yilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantirish imkoniyatini beradi.
Qarzdorning o‟z majburiyatlarini bajarmasligi holatida garovga qo‟yilgan
mulk sotiladi va tushgan pul summasidan asosan kreditorning garov bilan
ta‟minlangan talablari imtiyozli ravishda qanoatlantiriladi.
Garov vujudga kelishining eng oddiy va keng tarqalgan usuli –
shartnoma tuzilishidir. Mol-mulkning garovi to‟g‟risidagi kelishuv, u bilan
ta‟minlanadigan asosiy majburiyatlar
vujudga keladigan asosiy
shartnomada belgilangan bo‟lishi ham, shuningdek, tegishli majburiyat
bajarilishini ta‟minlash bo‟yicha garov to‟g‟risidagi alohida shartnoma
tuzilishi orqali rasmiylashtirilishi ham mumkin.
Garov
qonunda
belgilangan
holatlarda,
garov
to‟g‟risidagi
shartnomani tuzmasdan ham vujudga keladi. Masalan, nasiyaga sotilgan
tovar uning haqi to‟lab bo‟lingunga qadar, sotib oluvchi tomonidan tovar
haqini to‟lash majburiyati bajarilishini ta‟minlash
uchun sotuvchida
garovda turgan deb hisoblanadi (FK 421-moddasining yettinchi qismi).
Garov quyidagi turlarga bo‟linadi: zakalat, ipoteka, huquqlar garovi.
Bunday bo‟linish garov narsasining xususiyatlariga hamda garov narsasi
kimning egaligida qolishiga qarab farqlanadi. Garovga qo‟yiladigan mol-
mulk garovga qo‟yuvchi tomonidan garovga oluvchiga o‟tkazilganda,
topshirilganda garov zakalat deb hisoblanadi. Odatda, ko‟char mol-mulk
zakalat narsasi bo‟lishi mumkin.
Ko‟chmas mulkni garovga qo‟yish ipoteka hisoblanadi. Binolar,
inshootlar, ko‟p xonadonli uylardagi xonadonlar, korxonalar, boshqa
mulkiy
majmualar, savdo va xizmat ko‟rsatish sohasi obyektlari,
shuningdek turar joylar ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga,
qonunda ko‟chmas mulk jumlasiga kiritilgan boshqa mol-mulk ipoteka
narsasi bo‟lishi mumkin. Ipoteka to‟g‟risidagi qoidalar “Ipoteka
to‟g‟risida”
1
gi Qonunda ham o‟zining ifodasini topgan.
Garovning keyingi turi - huquqlar garovidir. Mulkiy huquq, shu
jumladan, egalik va foydalanish huquqi, ijara
huquqi va majburiyatlardan
1
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2006, 40-сон, 393-модда.
242
kelib chiqadigan boshqa huquqlar ham garov narsasi bo‟lishi mumkin.
Amalda ko‟pincha yer uchastkasidan doimiy foydalanishga bo‟lgan huquq,
fermer xo‟jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijarasi
huquqi, xo‟jalik jamiyatlarining ustav kapitalida ishtirok etishidan kelib
chiqadigan huquqlar, qimmatli qog‟ozlarga bo‟lgan huquqlar garovi
uchraydi.
Xulosa qilib aytganda, majburiyatlarni
bajarilishini taminlashning
muhim omili bo‟lib hisoblanadi.
Garov narsasini almashtirishga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha
tartib nazarda tutilmagan bo‟lsa, garovga oluvchining roziligi bilan yo‟l qo‟yiladi.
Birinchi holda, garovga qo‟yuvchi garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini
boshqa ashyoga almashtirishi mumkin. Garov narsasining almashtirilishi garov
to‟g‟risida"gi shartnomaga tegishli o‟zgartirishlarni kiritish bilan rasmiylashtiriladi.
Masalan, garov narsasi - “Lasetti” avtomashinasi, u majburiyatlari garov bilan
ta‟minlangan qarzdor do‟stining mulkidir. Bu orada qarzdor “Kaptiva”
avtomashinasini merosga oladi. Garovga oluvchining roziligi bilan, garov narsasini
qarzdorning mulki “Kaptiva” bilan almashtirish mumkin, bunda “Lasetti”ga bo‟lgan
garov huquqi yo‟qoladi.