• Neustoyka
  • Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet120/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

     
     
    Qarzdorning mol-mulkini 
    ushlab qolish 
    Majburiyatlarni bajarilishini ta‟minlash 
    usullari 
    Neustoyka 
    Kafillik 
    Kafolat 
    Garov 
    Zakalat 


    238 
    Neustoyka 
     
    Neustoyka majburiyat huquqiy munosabatlar tizimida ta‟minlovchi 
    va qoplash funksiyasini bajaradi.
    Neustoyka majburiyat bajarilishini ta‟minlash usuli sifatida toki uni 
    ijrosi buzilgunga qadar amalda bo‟ladi. Bunday hollarda qonun yoki 
    shartnoma neustoykani undirish huquqining vujudga kelish vaqtini nazarda 
    tutadi. Asosiy majburiyat buzilgandan so‟ng neustoyka mulkiy javobgarlik 
    shakli sifatida namoyon bo‟ladi. Neustoykani ta‟minlovchi va javobgarlik 
    chorasi o‟rtasidagi nisbat shu bilan izohlanadiki, birinchidan, ta‟minlovchi 
    funksiya qarzdorni majburiyatni bajarishga undaydi, ikkinchidan, agar 
    tegishli majburiyat bajarilmasa yoki lozim darajada bajarilmasa unga 
    nisbatan javobgarlik chorasini majburiy qo‟llash taqozo etadi. Boshqacha 
    aytganda, 
    qarzdorni 
    o‟z 
    majburiyatini 
    bajarish 
    uchun 
    oqilona 
    harakatlanishini rag‟batlantiradi va agar u o‟z zimmasiga olgan 
    majburiyatni bajarmasa javobgarlik xavfi mavjud ekanligi haqida 
    ogohlantiradi. Neustoyka bir holatda majburiyatni qarzdor tomonidan 
    buzilmasligini kafolatlasa, ikkinchi holatda esa u javobgarlik chorasi 
    sifatida namoyon bo‟ladi. Neustoykaning majburiyat munosabatlarda 
    bunday ikki xilda namoyon bo‟lishi uning real va oqilona asosda 
    majburiyatlar bajarilishini ta‟minlash vositasi sifatida xizmat qilishidan 
    dalolat beradi. Bunday o‟ziga xos xususiyat majburiyatlar bajarilishining 
    boshqa usullarida mavjud emas desak, mubolag‟a bo‟lmaydi. Neustoykaga 
    bo‟lgan huquq to asosiy majburiyat bajarilishi bilan bog‟liq bo‟lib 
    to‟lovdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‟l qo‟yilmaydi. 
    Neustoyka majburiyatni ta‟minlash usuli sifatida (to huquqiy buzilishi 
    sodir etilgunga qadar) shartnomaviy majburiyat bajarilmagan taqdirda pul 
    kompensatsiyasining to‟lash hollarini belgilaydigan va unga bo‟lgan 
    huquqni vujudga keltiruvchi shartni o‟zida ifoda etadi. Bunday pul 
    kompensatsiyasiga bo‟lgan huquq tegishli huquqiy buzilish sodir 
    etilganidan so‟ng vujudga keladi.
    Qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan qarzdor 
    majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, 
    kreditorga to‟lashi shart bo‟lgan pul summasi neustoyka hisoblanadi 
    (FKning 260-moddasi).
    Neustoyka majburiyatning bajarilishini ta‟minlashning usuli sifatida 
    zarar yetkazilmagan taqdirda ham, tadbirkorlik sohasida esa, umumiy 
    qoidaga binoan majburiyatni buzgan shaxsning aybi bo‟lmasa-da, 
    qo‟llaniladi. Neustoyka majburiyatning lozim darajada bajarilishini 


    239 
    ta‟minlash jarayonida operativ vosita hisoblanadi, undan huquqbuzarlikka 
    yo‟l qo‟yilgan bo‟lishi zahotiyoq va buning natijasida yuz berishi mumkin 
    bo‟lgan salbiy oqibatlarni kutmasdan turib foydalanish mumkin.
    Neustoykani qo‟llash uchun asos bo‟lib majburiyatning buzilishi 
    yoki huquqiy hujjatlar talablari yoinki ish muomalasi odatlari hisoblanadi. 
    Neustoykani qo‟llash asosi sifatida, tadbirkorlik faoliyati bundan 
    mustasno, qarzdorning aybi bo‟lishi ham hisobga olinadi. Demak, 
    neustoykani undirish uchun, umumiy qoidaga binoan, majburiyatning 
    buzilishi (huquqning buzilishi) va qarzdorning aybi asos bo‟lib 
    hisoblanadi, biroq bunda huquqbuzarlik tarkibining to‟liq bo‟lishi 
    (huquqqa xilof qilmish, zarar, sababiy bog‟lanish, ayb to‟liq holda mavjud 
    bo‟lishi) shart emas.
    Shubhasiz, neustoykaning qonun va shartnoma talablari asosida 
    to‟g‟ri qo‟llanilishi majburiyatlarning bajarilishini ta‟minlashning muhim 
    yuridik vositasi bo‟lib hisoblanadi.
    Garov 
    Garov - majburiyat bajarilishini ta‟minlashning eng samarali va 
    ishonchli usullaridan biridir.
    O‟zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 264-moddasida 
    ko‟rsatilganidek, bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga 
    bo‟lgan huquqni majburiyatlarni ta‟minlash uchun berishi garov 
    hisoblanadi.
    Majburiyat qarzdor tomonidan ijro etilmaganida, kreditor o‟zining 
    talabini garovga qo‟yilgan mulk hisobidan birinchi navbatda qondirish 
    imkoniyatiga ega bo‟ladi. Qolaversa, majburiyat vujudga kelish bosqichida 
    kreditorga to‟liq miqdorda talabni qanoatlantirishga baho berish 
    imkoniyati vujudga keladi; kreditorda garovga qo‟yilgan mol-mulk 
    hisobidan talabni tezda qanoatlantirish mumkin bo‟ladi; kreditor garov 
    predmetini to majburiyat lozim darajada bajarilgunga qadar ushlab 
    turishga haqli bo‟ladi.

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish