• 18-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BAJARILISHINI TA‟MINLASH
  • Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

    Nazorat uchun savollar: 
     
    1. Majburiyatlarni bajarish qanday ahamiyatga va undan ko‟zlangan 
    maqsad o‟rtasidagi nisbatni tahlil qiling? 
    2. Majburiyatlarni bajarish tamoyillari tizimi, ularni tasniflash 
    mezonlari va bundan tasniflanishning amaliy ahamiyatini yoriting? 
    3. Avtobus O‟zbekistonning qadimiy joylari bo‟ylab uyushtirilgan 
    sayohat davrida Buxoroga kelganda buzilib qoldi. Natijada Xiva shahrini 
    tomosha qilishga vaqt qolmadi. Sayohatdan so‟ng sayohlar tomonidan 
    sayohatni uyushtirgan sayyohlik firmasiga e‟tiroz bildirildi, ammo hech 
    qanday natijaga erishib bo‟lmadi.
    Bu vaziyatda sayyohlik firmasi to‟g‟ri harakat qilganmi? Sayyohlar 
    talabi to‟g‟rimi? Bu sharoitda ularga qanday maslahatlar bersa bo‟ladi?
    4. Fuqaro Zoirov bir oy oldin 50. 000 so‟mga sotib olgan tuflisini 
    oyoq kiyim ustaxonasiga poshnasining bir qatlam rezinasini almashtirish 
    uchun topshirdi va ish haqi uchun 3000 so‟m to‟lashni kelishib oldi. Usta 
    tuflini 3 soat ichida tuzatib berishini aytdi. Zoirov tuflini kelishilgan 
    muddatdan so‟ng olib ketgani kelganida tufli yo‟qolgani ma‟lum bo‟ldi. 
    Ustaxona esa unga yo‟qolgan tuflini o‟rnini qoplashdan bosh tortdi.
    Ustaxonaning harakatlari to‟g‟rimi? Zoirov qanday huquqlarga ega 
    va ularni qay tartibda amalga oshirishi mumkin? Javobingizni amaldagi 
    qonun hujjatlaridan kelib chiqib asoslantiring. 


    236 
    18-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BAJARILISHINI 
    TA‟MINLASH 
     
    Majburiyatlarning bajarilishini ta‟minlash tushunchasi. Neustoyka. 
    Garov. Ushlab qolish. Kafillik. Kafolat. Zakalat.
    Majburiyatlarning bajarilishini ta‟minlash tushunchasi 
     
    Majburiyatning bajarilishini ta‟minlash qarzdor tomonidan olingan 
    va uning zimmasida bo‟lgan vazifani bajarishga majbur qiladigan chora 
    bo‟lib hisoblanadi. Majburiyat bajarilishini ta‟minlashning tabiati shu bilan 
    izohlanadiki, qarzdor zimmasida bo‟lgan majburiyat belgilangan muddatda 
    bajarilmasa yoki boshqacha tarzda buzilsa, kreditorda ziyonlarni 
    undirishga bo‟lgan huquqdan tashqari majburiyatning obyektini tashkil 
    etgan harakatni qilishga qarzdorni majbur qiladigan boshqa mulkiy ta‟sir 
    choralarini qo‟shimcha ravishda tatbiq etilishini talab qilish huquqi 
    vujudga keladi.
    Qo‟shimcha majburiyatlar asosiy majburiyatning bajarilishini 
    ta‟minlashga xizmat qiluvchi usullardan tashkil topadi. Ular qarzdorni 
    asosiy majburiyatni bajarishga majbur qiluvchi va u bajarilmagan taqdirda 
    kreditorning talablarini qanoatlantiruvchi huquqiy vosita (chora)lardan 
    hisoblanadi
    1
    .
    Majburiyatni ta‟minlashning u yoki bu usulining o‟ziga xos 
    xususiyatlarini va uning muayyan vaziyatlarga nisbatan qo‟llash 
    imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Darhaqiqat, neustoyka va zakalat bir 
    vaqtning o‟zida fuqarolik huquqiy javobgarlik chorasini ifoda etadi va ular 
    sifatida qarzdorni, haqiqatda javobgarlikni qo‟llash xavfi ostida 
    majburiyatlarni tegishli usulda bajarishga undaydi, negaki neustoyka yoki 
    penyani belgilangan miqdorda undirish kreditordan unchalik jiddiy sa‟yi-
    harakatlar sarflanishini talab qilmaydi, masalan, qachonki ularning xajmini 
    asoslash va isbotlash lozim bo‟lgan zararlarni qoplash holatida
    2
    .
    Majburiyatlarning bajarilishini ta‟minlash fuqarolik muomalasida 
    ishtirok etuvchi qarzdorning o‟z zimmasiga olgan yoki unga yuklatilgan 
    vazifani bajarishga qaratilgan huquqiy profilaktik choradir. Bunday 
    profilaktik choraning asosiy maqsadi qarzdorni asosiy majburiyat bo‟yicha 
    majburiyatini bajarishga qaratilgan. Ya‟ni, asosiy majburiyat bajarilmagan 
    1
    Раҳмонқулов Х. Мажбурият ҳуқуқи (умумий қоидалар). –Т.: ТДЮИ, 2005 й. -81 б. 
    2
    Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексига шарҳ. 1-жилд. Адлия вазирлиги. – Т.: “Vektor-Press, 2010. – 
    618 б. 


    237 
    yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda kreditorning huquq va 
    manfaatlari qo‟shimcha ta‟minot usullari asosida ta‟minlanadi. Bunday 
    usullar har qanday holda majburiyat huquqiy munosabatlarda kreditorning 
    tavakkalchilik xavfini kamaytirish barobarida uni erkin va faol harakat 
    qilishga undaydi. Qolaversa, bunday usullar asosan kreditor manfaatlarini 
    himoya qilish uchun xizmat qiladi.
    Majburiyatlarning bajarilishi har xil usul bilan ta‟minlanadi. Mazkur 
    usullar yo qonun bilan belgilanishi yoki shartnomaga asoslangan bo‟lishi 
    mumkin. Fuqarolik qonun hujjatlarida majburiyatning bajarilishini 
    ta‟minlash neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, 
    kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda 
    tutilgan boshqa usullar bilan ta‟minlanishi mumkin (FK 259-modda).
    Ushbu usullardan hech qaysisi o‟zicha mustaqil ravishda qo‟lla-
    nilmaydi. Bularning hammasi biror-bir majburiyatning mavjud bo‟lishini 
    nazarda tutgan holda, mazkur majburiyatning bajarish maqsadlarini 
    ko‟zlab belgilanadi. Bunda shartnoma bo‟yicha belgilangan majburiyat – 
    asosiy majburiyat bo‟lib, uning bajarilishini ta‟minlash usuli esa 
    qo‟shimcha majburiyat hisoblanadi. Chunonchi, mahsulot yetkazib berish 
    yoki pudrat shartnomasidan kelib chiqadigan asosiy majburiyatning 
    amalga oshirilishini ta‟minlaydigan qo‟shimcha majburiyat hisoblanadi.

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish