251
Yuqoridagi ikki qoidaga rioya qilmaslikda fuqarolik-huquqiy
javobgarlikni muqarrar vujudga keltiruvchi
holatlarning mohiyati
namoyon bo‟ladi.
Birinchi holat majburiyat munosabatlari bilan bog‟liq. Aksariyat
hollarda subyektlar kirishgan o‟zaro fuqarolik-huquqiy munosabatlarning
mazmuni ularning bir-birlariga nisbatan huquq va majburiyatlarida
namoyon bo‟ladi. Bu asosan shartnomaviy munosabatlar hisoblanadi.
Shartnomaviy munosabatlar bo‟yicha majburiyatlarni har qanday
buzilishi muayyan fuqarolik-huquqiy javobgarlik chorasini qo‟llashga
sabab bo‟ladi.
Ikkinchi holda esa fuqarolik huquqi subyektlari kundalik turmushida
boshqa biror subyekt huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazmasligi bilan
bog‟liq. Bunda subyekt o‟zi uchun shunday maqbul xatti-harakat, xulq-
atvor qoidasini belgilashi lozimki, toki bu boshqalarning mol-mulkiga
zarar keltirmasligi lozim.
Yuqoridagilardan shunday
xulosaga kelish mumkinki, fuqarolik-
huquqiy
javobgarlikka
sabab
bo‟ladigan
xatti-harakat
fuqarolik
huquqbuzarlik hisoblanadi. Bunda huquqbuzarlik, nafaqat bevosita
fuqarolik normalarini buzish, balki taraflar o‟rtasida o‟zaro kelishuv
asosida belgilangan shartnoma shartlarini buzish ham hisoblanadi.
Binobarin, u nafaqat davlat tomonidan belgilangan ommaviy huquq
normasi, balki fuqarolar, yuridik shaxslarning o‟zlari
tomonidan
belgilangan xususiy huquq normalari buzilishi tarzida ham namoyon
bo‟ladi.
Yuqoridagilardan fuqarolik-huquqiy munosabatlar faqat unda
ishtirok etuvchi shaxslarga talluqli va bu borada vujudga keladigan
huquqbuzarlik oqibatlari ta‟siri ham cheklangan degan xulosaga kelmaslik
lozim.
Bozor munosabatlari tizimida muayyan yaxlitlik va uyg‟unlik
mavjud,
binobarin,
qayerdadir
kimdirning
o‟z
majburiyatlarini
bajarmasligi yoki boshqalarga zarar yetkazishi o‟z navbatida boshqa
munosabatlar tizimiga ham salbiy ta‟sir qiladi.
Masalan, aholining ba‟zi qatlamlari tomonidan kommunal
to‟lovlarning o‟z vaqtida to‟lanmasligi energiya yetkazib beruvchi
tashkilotlarning energetika qurilmalarini ta‟mirlash, soz holatda saqlab
turish jarayonlariga ta‟sir ko‟rsatadi. Demak,
bundan kelib chiqadiki,
fuqarolik-huquqiy normalarning buzilishi o‟ziga xos zanjir reaksiyasini
hosil qilishi mumkin.
252
Ko‟pchilik
sivilist
olimlar
fuqarolik-huquqiy
javobgarlikni
majburiyatlarni buzgan yoki boshqalarga zarar yetkazgan subyektlar uchun
noqulay salbiy oqibatlarni vujudga keltirish va qo‟llash ma‟nosida talqin
qilishadi. Odatda, huquq nazariyasida javobgarlik sanksiyasini qo‟llash
jarayoni fuqarolik-huquqiy javobgarlikning yakuni sifatida tavsiflanadi.
Biroq fuqarolik-huquqiy munosabatlar xarakteridan kelib chiqqan holda
fuqarolik-huquqiy
javobgarlik
konstruksiyasi
huquq
nazariyasida
belgilangan huquqiy javobgarlik konstruksiyasi va repressiv huquq
sohalarida qat‟iy belgilab qo‟yilgan huquqbuzarlik tarkibiga (masalan,
jinoyat, ma‟muriy huquq va shu kabilar) aynan mos kelavermasligini
ta‟kidlash lozim.
Hozirgi davrda qo‟llanilayotgan fuqarolik-huquqiy ta‟sir choralari
nafaqat moddiy zararni qoplash, balki moddiy zararni to‟laqonli
ravishda
qoplash (boy berilgan foydani hisobga olgan holda) va ayni paytda
ma‟naviy zararni qoplash ko‟rinishida namoyon bo‟ladi. Ma‟naviy zararni
qoplash xarakteri moddiy zararni qoplash xarakteri bilan aynan mos
kelmaydi va ularni bir xil ma‟noda qo‟llash mumkin emas. Jabrlanuvchiga
yetkazilgan zarar pul ko‟rinishida qoplanganda, jismoniy og‟riq va ruhiy
iztiroblar oqibatlari to‟liq bartaraf etilmasligi mumkin. Bunda, ma‟naviy
zararni pul ko‟rinishida qoplash, ushbu oqibatlarni yumshatadi holos, lekin
to‟liq bartaraf etmaydi. Ma‟naviy zararni qoplash fuqarolik-huquqiy
munosabatlarda keng qo‟llanayotgan hozirgi sharoitlarda buni hisobga
olmagan holda fuqarolik javobgarlik mohiyatini to‟liq ochib berish
mumkin emas.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik o‟zida mujassam etadigan elementlar:
-davlat majburlov chorasi ekanligi va ayni
paytda ixtiyoriy ravishda
ijro etishi mumkinligi;
-qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilishi;
-huquqbuzar yoki qonun hujjatlarida javobgarlik zimmasiga
yuklatilgan subyektlar uchun salbiy oqibatlar yuzaga kelishi;
-huquqbuzarlik uchun yetkazilgan zararni qoplash, huquqbuzarlik
oqibatlarini bartaraf etish yoki yumshatishga qaratilgan bo‟lishi;
-huquqbuzar uchun muayyan subyektiv huquqlardan maxrum bo‟lish
yoki qo‟shimcha fuqarolik majburiyatlarini yuklash yoki boshqa noqulay
oqibatlar vujudga kelishida namoyon bo‟lishi bilan bog‟liq ta‟sir
choralarini qo‟llashda o‟z mujassamini topadi.