Ayb – fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi sifatida




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Ayb – fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi sifatida 
 
Fuqarolik huquqi nazariyasida ayb masalasi bo‟yicha ham yagona 
yondashuv mavjud emas. Odatda repressiv huquq sohalarida ayb 


256 
huquqbuzar tomonidan o‟zi sodir aytgan harakat oqibatlariga nisbatan 
ruhiy-psixik munosabati sifatida qaraladi. Bunda eng asosiysi huquqbuzar 
bunday harakatni sodir etishni atayin xohlagan yoki xohlamaganligi, 
shunday oqibatlar kelib chiqishini istagan yoki istamaganligi va bu istak va 
xohish uning qilmishini sabablantiruvchi omil bo‟lgan yoki bo‟lmaganligi 
(qasddan yoxud o‟z harakati va uning oqibatlariga nisbatan beparvolik va 
o‟z-o‟ziga ishonishga, ehtiyotsizlikka yo‟l qo‟yib, huquqbuzarlik sodir 
etganligi) hisoblanadi. 
Fuqarolik huquqida ayb masalasidagi umumiy yondashuv shundan 
iboratki, qarzdor yoki zarar yetkazuvchi o‟zini aybsizligini isbotlab berishi 
lozim. Bunday isbotlashda ruhiy-psixik munosabat emas, balki 
qarzdorning amaliy harakatlari birinchi o‟ringa chiqadi. Masalan FKning 
333-moddasiga ko‟ra agarda qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish 
uchun o‟ziga bog‟liq bo‟lgan hamma choralarni ko‟rganligini isbotlasa, u 
aybsiz deb topiladi. Lekin ba‟zi holatlarda fuqarolik-huquqiy javobgarlikni 
qo‟llashda ayb qarzdorning ruhiy psixik holati sifatida namoyon bo‟lishi 
mumkin. Masalan, FKning 889-moddasi 2-qismida shartnomada nazarda 
tutilgan saqlash muddati yoki omonat saqlovchining talabiga ko‟ra ashyoni 
qaytarib olishi shart bo‟lgan vaqt tugagach, yuk topshiruvchi 
saqlanayotgan ashyoni qaytarib olmasa, omonat saqlovchi bundan buyon 
ashyo yo‟qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun 
qasddan harakat qilgan yoki qo‟pol ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javob 
berishi belgilangan. 
Fuqarolik qonun hujjatlarida qarzdor yoki zarar yetkazuvchini 
aybdor yoki aybdor emasligini belgilash uchun muayyan normalarda 
qo‟shimcha 
me‟zonlar ham qo‟llaniladi. Masalan, g‟amxo‟rlik, 
ehtiyotkorlik, tejamkorlik, hamkorlik, oqilonalik, insoflilik, boshqa 
subyektlar manfaatlarini hisobga olgan holda harakat qilish (vakillik, 
ishonchnoma, yuridik shaxs rahbarining yuridik shaxs nomidan harakat 
qilishi, sug‟urta munosabatlarida to‟liq axborot berish masalasi), ayb 
darajasini hisobga olish (yetkazilgan ma‟naviy zararni undirishda) va shu 
kabilar. 
Aybning javobgarlik hajmiga ta‟sir ko‟rsatish holati FKning
1004-moddasida nazarda tutilgan. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ayb – fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi sifatida

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish