249
shaklida undiriladimi yoki jarima shaklida undiriladimi?
Fikringizni
fuqarolik qonun hujjatlari va sud amaliyoti misollari asosida bayon eting.
2. Majburiyat bajarilishini ta‟minlashning bir necha imkoniyatlari
mavjud. Sizningcha majburiyat bajarilishini ta‟minlashning qaysi biri qay
vaziyatda nisbatan maqbul hisoblanadi?
3. “Ipoteka” tijorat banki va xususiy tadbirkor o‟rtasida
kredit
shartnomasi tuzilgan. Qarz summasini qaytarish muddati kelgan paytda
xususiy tadbirkor uni summasini qaytara olmagan. Kredit shartnomasi agar
qarz oluvchi summani belgilangan muddatda to‟lamasa qarzdorning
muddati kechiktirilgan kreditlarini to‟lash hisobiga uning depozit raqamida
mavjud bo‟lgan mablag‟lari hisobidan o‟tkazish belgilangan.
Bayon
etilgan holatda majburiyatni bajarish usuli sifatida ushlab qolishga oid
bo‟lgan qoidalarni qo‟llash mumkinmi?
4. Da‟vogar «O‟zmevasabzavotimpeks»
Samarqand viloyat filiali
«Noyob A» AT «Tadbirkorbank» Samarqand viloyat boshqarmasiga
nisbatan kredit shartnomasi va kafolat xati asosida kredit va foiz to‟lovlari
bo‟yicha qarzni solidar tartibda undirishni so‟ragan.
Birinchi instanstiya
sudi da‟voni to‟liq qanoatlantirgan. Kafolat xatiga asoslangan kiredit
majburiyatida sud FKning qaysi normalari talablarini inobatga olgan.
Bunday holda sud tomonidan qarzni subsidiar tartibda undirishga yo‟l
qo‟yilishi mumkinmi? Fikringizni moddiy va protsessual huquq normalari
asosida izohlab bering.