Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Zakalat
Zakalat deb, shartnoma tuzayotgan taraflardan biri shartnomaning 
tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini ta‟minlash yuzasidan beradigan 
pul summasiga aytiladi. Ta‟minlashning boshqa turlaridan farqli ravishda, 
zakalat shartnoma tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini ta‟minlash 
yuzasidan beriladigan pul summasidir.
Zakalat to‟g‟risidagi kelishuv yozma ravishda tuzilishi kerak. 
Mazkur talabga rioya qilinmasligi oqibatida, unda bu to‟langan summa, 
shartnoma bo‟yicha berilishi lozim bo‟lgan to‟lovlar hisobiga, bo‟nak 
sifatida to‟langan deb hisoblanadi.
Zakalat uchta vazifani bajaradi. Xususan, zakalat berilib tuzilgan 
shartnoma haqiqatan tuzilganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. Zakalat 
shartnoma yuzasidan avvaldan to‟lab qo‟yiladigan pul summasi bo‟lib, 
tegishli to‟lovlar hisobiga muayyan summani to‟lagan taraf shartnomani 
qisman ijro etgan hisoblanadi. Zakalat shartnomadan kelib chiqqan 
majburiyatning ijro etilishini ta‟minlash uchun belgilanadi. Zakalatning 
mazkur vazifasi shu bilan ifodalanadiki, zakalat bergan taraf shartnoma 
yuzasidan olgan o‟z majburiyatlarini bajarmaganida, bergan zakalatni 
yo‟qotadi. Agar zakalat bergan taraf shartnomadan voz kechgan bo‟lsa, bu 
holda u bergan zakalatning qaytarib berilishini talab qila olmaydi. Agar 
zakalat olgan taraf o‟z majburiyatlarini bajarmasa, u ikkinchi tarafga 
zakalat summasini ikki baravar miqdorida to‟lashga majbur.


248 
FKning 312-moddasi uchinchi qismida ko‟rsatilganidek, shartno-
maning bajarilmasligi uchun javobgar bo‟lgan taraf, agar shartnomada 
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‟lsa, zakalat summasini hisobga 
olgan holda, ikkinchi tarafga zararlarni to‟lashi shart.
Agar zakalat summasi zarar summasidan birmuncha ko‟proq bo‟lsa, 
u holda faqat zakalatgina undiriladi. Agar majburiyatni bajarmaslik 
natijasida ko‟rilgan zarar zakalat summasidan ortiq bo‟lsa, u holda zakalat 
summasi ham, zararlarni qoplash uchun yetishmagan summa ham 
undiriladi.
Zakalatning mohiyati shundan iboratki, agar shartnomaning 
bajarilmasligi uchun zakalat puli bergan taraf javobgar bo‟lsa, zakalat 
ikkinchi tarafda qoladi va qaytarilmaydi. Lekin shartnomaning 
bajarilmasligi uchun zakalat olgan taraf javobgar bo‟lsa, u ikkinchi tarafga 
zakalatni ikki baravar qilib qaytarishi shart.
Zakalat haqidagi kelishuv akstessor (qo‟shimcha) tusga ega bo‟lib, 
asosiy majburiyat vujudga kelmasa, zakalat haqidagi kelishuv ham mavjud 
bo‟lmaydi. 
Ta‟minlovchi zakalat funksiyasi asosiy majburiyatni 
bajarilishini ta‟minlashga qaratilgan bo‟ladi. Zakalat va avans (bo‟nak) 
bir-biridan farq qiladi. Avans qarzdorga kelgusidagi to‟lovlar hisobidan 
beriladi. Avans barcha hollarda to‟lov va dalil funksiyasini bajaradi. Biroq 
zakalat kabi majburiyatni bajarilishini ta‟minlash funksiyasini bajara 
olmaydi.
To‟langan summa zakalat ekanligi haqida shubha tug‟ilgan taqdirda, bu 
summa agar boshqa hol isbotlangan bo‟lmasa, faqat odatda to‟lov vazifasini 
bajaradigan bo‟nak (avans) sifatida to‟langan deb hisoblanadi. Masalan, da‟vogar 
A. javobgar B. qarshi unga uy-joyni sotib olish uchun berilgan pul summasiga 
nisbatan ikki barobar ko‟p miqdorda, ya‟ni 1300 so‟mni undan undirish haqida 
sudda da‟vo qo‟zg‟atgan. Lekin sud da‟vogar arizasida zakalatga xos quyidagi 
belgilarning mavjud emasligini ko‟rsatib, da‟voni rad etgan: uy-joyning oldi-
sotdisini ta‟minlash uchun zakalat to‟g‟risida shartnoma tuzilmagan. Uy-joyning 
oldi-sotdi shartnomasi umuman tuzilmagan va kelajakda tuzilishi faraz qilingan, 
to‟lanadigan pul hisobidan da‟vogar javobgarga 6500 so‟m o‟tkazgan, ushbu 
summadan 300 so‟mni qarzdor da‟vo qo‟zg‟atgunga qadar da‟vogarga qaytargan. 
Javobgar olgan summani sud bo‟nak deb tan olgan.

Download 2,02 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish