262
Nazorat uchun savollar:
1. Xususiy va ommaviy huquqiy javobgarlik o‟rtasidagi nisbatni
tushuntirib bering. Aynan qanday xususiyatlari
bilan fuqarolik huquqiy
javobgarlik yuridik javobgarlik tizimiga mansub sanaladi?
2. Fuqarolik huquqida imperativ me‟yorlardan ko‟ra, dispozitiv
me‟yorlarning kengroq qo‟llanishi fuqarolik-huquqiy javobgarlik doirasiga
qay tarzda ta‟sir o‟tkazadi. Fikringizni misollar orqali yoritib bering.
3. J.Mo‟minov fuqaro A.Yo‟lchiyevning hovlisiga o‟g‟rilikka
tushib, 2 million so‟m pulini o‟g‟irladi va o‟z ehtiyojiga ishlatib yubordi.
Bir necha oydan keyin uning jinoyati fosh bo‟ldi va sud hukmi bilan 5 yil
muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jazoni o‟tab kelgan
J.Mo‟minovdan, A.Yo‟lchiev o‟g‟irlangan pulni foizlari bilan qaytarishini
talab qildi. J.Mo‟minov esa, qilmishi uchun jazo olganligini aytib,
pulni
foizlari bilan qaytarishni rad qildi.
Masalaga huquqiy baho bering.
4. Fuqaro Z.Isomov 2 yil davomida sigareta chekib yurdi. Vrachlar
tibbiy tekshiruvda unda o‟pka raki kasalligini aniqladi. Z.Isomov tamaki
fabrikasiga da‟vo bildirib o‟pka rakini davolash xarajatlarini to‟lashni talab
qildi. Tamaki fabrikasi Z.Ismoilov o‟z ixtiyori bilan sigareta chekkanligini,
uning kasal bo‟lishida aybi yo‟qligini bildirdi.
Masalaga huquqiy baho bering.
5. A va B to‟yda sovrin uchun kurash tushishadi va B qo‟chqor va
qo‟y yutib oladi. Biroq to‟y egasi sovrinni berishni rad etadi. B tanish
yurist J.dan maslahat so‟raydi. J ushbu holat mukofot to‟lashni
oshkora
va‟da qilish majburiyatini o‟xshashlik bo‟yicha qo‟llash va bu asosda to‟y
egasini sovrinni to‟lash bo‟yicha fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortish
mumkin degan fikrni aytdi.
Ushbu fikr qonuniy asosga egami?