268
Majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk shartnoma
shartlariga muvofiq kelmaganda va kreditor bunday hollarda mol-mulkni
qarzdorga
qaytarishga
majbur
bo‟lganida
kreditor
xarajatlarni
undirilishidan qat‟i nazar, mol-mulk uchun to‟langan
pul summalarining
o‟ziga qaytarilishini talab qilish huquqiga ega.
Kreditor qarzdorning o‟z vazifasini bajarmaganligi tufayli yo‟qotgan
mol-mulkining qiymatini yoki mol-mulkning zararlanishi natijasida uning
qiymati kamayishidan kelgan summalarning to‟lanishini talab qilishi
mumkin. Ma‟lumki, bozor munosabatlari sharoitida shartnomaviy narxlar
amal qiladi. Uning asosiy xususiyati shundan iboratki, ba‟zi hollarda
majburiyat vujudga kelgan paytdagi narx bilan
zararni undirish vaqtidagi
baholar o‟rtasida tafovut bo‟lishi mumkin. Qonunda ushbu holatlar ham
ko‟zda tutiladi. FKning 324-moddasi 2-qismi mazmuniga ko‟ra, agar
qonun hujjatlari yoki shartnomada o‟zgacha tartib nazarda tutilmagan
bo‟lsa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak bo‟lgan joyda,
qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu,
talab ixtiyoriy qanoatlantirilmagan bo‟lsa, da‟vo qo‟zg‟atilgan kunda
mavjud bo‟lgan narxlar e‟tiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab,
zararni
to‟lash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo‟lgan narxlarni
e‟tiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin.
Kreditor tomonidan olinmagan va to‟lanilishini qarzdordan talab
qilishga haqli bo‟lgan daromadlar deganda, qarzdor o‟z majburiyatini
lozim darajada bajarmaganida kreditorning olishi mumkin bo‟lgan
daromadlar tushuniladi. Bu ayniqsa, pul
majburiyatini bajarmaganlik
uchun javobgarlik belgilashda yaqqol namoyon bo‟ladi. FKning 337-
moddasiga asosan boshqa shaxslarning pul mablag‟larini g‟ayriqonuniy
ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni to‟lashni
boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish
yoki jamg‟arish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag‟lar
summasiga foiz to‟lanishi kerak.
Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs
bo‟lganida esa, uning joylashgan yerida pul majburiyati yoki uning tegishli
qismi bajarilgan kunda mavjud bo‟lgan bank foizining hisob stavkasi bilan
belgilanadi. Qarz sud tartibida undirib olinganida, sud kreditorning talabini
da‟vo qo‟zg‟atilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan kundagi bank foizining
hisob stavkasiga qarab qondirishi mumkin. Ushbu qoidalar qonunda yoki
shartnomada boshqa foiz miqdori belgilanmagan bo‟lsa qo‟llaniladi.
Kreditorning pul mablag‟laridan qonunsiz
foydalanish tufayli unga
yetkazilgan zarar yuqorida ko‟rsatilgan foizlar summasidan oshib ketsa,
269
kreditor qarzdordan zararning bu summadan ortiqcha bo‟lgan qismini
to‟lashni talab qilishga haqli.
Muayyan ishni bajarish majburiyatini bajarmaslik oqibatlari
330-moddada belgilanganidek,
majburiyatni real ravishda, aslicha
bajarilishini ta‟minlashga qaratiladi. FKning mazkur normasi qarzdor
tomonidan
majburiyatning
bajarilmaganida
shartnoma
yuzasidan
bajarilishi lozim bo‟lgan ishni, birinchi navbatda, o‟zi bajarishi yoki
bajarishni boshqa shaxsga topshirishi va mazkur ishni bajarish uchun zarur
xarajatlarning to‟lanishini qarzdor zimmasiga qo‟yish huquqini beradi.