20-MAVZU. MAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK Majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik
mohiyati va ahamiyati. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik
asoslari.
Qarzdorning
zararni
to‟lash
majburiyati.
Qarzdorning
javobgarlikdan ozod qilinishi asoslari. Majburiyatning qarzdor va kreditor
tomonidan kechiktirilishi oqibatlari.
Majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik mohiyati va ahamiyati Ma‟lumki, jamiyatimiz hayotining eng muhim tamoyillaridan biri
qonun ustuvorligi hisoblanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, siyosiy
ijtimoiy, eng avvalo iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga
solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq
normalarini buzganligi uchun javobgar bo‟ladi. Bozor mexanizmining eng
asosiy xususiyatlaridan biri xo‟jalik yurituvchi subyektlar o‟rtasida
ularning iqtisodiy javobgarligi va to‟liq iqtisodiy mustaqilligi asosida
qonun va shartnomalar intizomiga qat‟iy rioya qilish hisoblanadi. Qonun
va shartnomalar mazmunida esa ko‟p hollarda fuqarolar va yuridik
shaxslar zimmasiga yuklangan majburiyatlar yotadi.
Majburiyat yuzasidan qarzdor bo‟lgan shaxs uni butunlay
bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, majburiyatni bajarish
yuzasidan belgilangan huquq normalariga rioya qilmasligi huquqqa xilof
harakat yoki harakatsizlik hisoblanib, bu hol majburiyat buzilganligidan
dalolat beradi. Ya‟ni majburiyat yuzasidan qarzdor shaxs kreditorning
subyektiv huquqini buzgan hisoblanadi.
Masalan, sifatsiz mahsulot (tovar) yetkazib berilgan mahsulot sotuvchi tashkilot – qarzdor sifatida huquq normasini, ya‟ni FKning tegishli moddasida ko‟rsatilgan qoidani buzish bilan mahsulot oluvchi korxonaning, ya‟ni kreditor tashkilotning qarzdor tashkilotdan shartnomaga muvofiq, sifatli mahsulot (tovar)ning o‟ziga topshirilishi bo‟yicha huquqini ham buzadi. Qarzdorning harakatsizligi ham huquqqa xilof hisoblanishi mumkin.
Bunday harakatsizlik qarzdorning shunday xatti-harakatidan iborat bo‟lib
ko‟rinadiki, bunda qarzdor o‟zi amalga oshirishi lozim bo‟lgan harakatni
qilmaydi
. Masalan, uy-joy ijarasi shartnomasi bo‟yicha tashkilotning uyida yashovchi fuqaro belgilangan ijara haqini to‟lamasligi bilan Uy-joy kodeksining 69-moddasida belgilangan qoidani buzadi. Shu bilan birga, shartnomaga muvofiq tarzda qarzdordan kvartira haqining o‟z vaqtida to‟lanishini talab qilish huquqiga ega bo‟lgan tashkilotning – ijaraga beruvchining, ya‟ni kreditorning subyektiv huquqi ham buziladi.
264
Fuqarolik-huquqiy
javobgarlik
bo‟yicha
qarzdor
tomonidan
majburiyatning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi hollarida,
qonun yoki shartnomada belgilangan sanksiyalar qo‟llaniladi.