270
Mazkur holda sud har ikki tarafning aybi darajasini belgilashi va
qarzdorning javobgarligi miqdorini
tegishlicha kamaytirishi, kreditor
ko‟rgan zararlarni qisman to‟lashga majbur qilishi, kreditorga to‟lanishi
lozim bo‟lgan neustoyka summasini kamaytirishi lozim.
Modomiki, majburiyatlarni bajarishda har ikki taraf o‟zi uchun
foydali, tejamli samaraga erishishni ko‟zlab
harakat qilar ekan, kreditor
o‟z aybi bilan zarar kamayishi uchun choralar ko‟rmasa, o‟z majburiyatini
bajarmagan hisoblanadi. Majburiyatni bajarmaslikdagi aybi keyinchalik
majburiyatni lozim darajada bajara olmagan qarzdorning javobgar bo‟lish
darajasini belgilashda e‟tiborga olinadi.
Majburiyatni bajarmaslikda har ikki taraf teng darajada aybli bo‟lsa,
ko‟rilgan zarar taraflar o‟rtasida bab-baravar taqsimlanishi zararning faqat
yarminigina to‟lashga majbur qilinadi. Zararning ikkinchi yarmi esa
kreditorga to‟lanmay qoladi. Ammo bunday
javobgarlik barcha hollarda
ham bir xil bo‟lmaydi. Chunonchi, sud qarorlarida har ikki tarafning aybini
taqqoslab ko‟rib, to‟lanadigan zarar summasi birmuncha kamaytirilishi
hollari ko‟riladi.
Ba‟zi hollarda qarzdor majburiyatni bajarish uchun barcha choralarni
ko‟rsa ham kreditor o‟zining harakatsizligi va beparvoligi bilan
majburiyatning bajarilishiga to‟sqinlik qiladi. Bunday holda sud
qarzdorning majburiyatni bajarmaslik yoki
lozim darajada bajarmaslik
uchun javobgarligidan ozod qiladi.