21-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BEKOR BO‟LISHI




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

 


276 
21-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BEKOR BO‟LISHI 
 
Majburiyatlarning bekor bo‟lishi tushunchasi. Majburiyatlarning 
bajarilishi bilan bekor bo‟lishi. Majburiyatlarning hisobga o‟tkazish yo‟li 
bilan bekor bo‟lishi. Qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo‟lib qolganida 
majburiyatning bekor bo‟lishi. Taraflarning kelishuvi bo‟yicha va 
qarzdorni qarzidan voz kechishi bo‟yicha majburiyatning bekor bo‟lishi. 
Bajarish mumkin bo‟lmaganligi tufayli majburiyatning bekor bo‟lishi. 
Majburiyatning davlat organi hujjati asosida bekor bo‟lishi. Fuqaroning 
vafot etishi yoki yuridik shaxsning tugatilishi sababli majburiyatning bekor 
bo‟lishi.
 
Majburiyatlarning bekor bo‟lishi tushunchasi 
Har qanday huquqiy munosabat kabi majburiyat ham muayyan 
asoslar, ya‟ni, muayyan yuridik faktlar mavjud bo‟lgan vaqtda bekor 
bo‟ladi. Majburiyatning bekor bo‟lishi deganda, vujudga kelgan yuridik 
fakt tufayli majburiyat ishtirokchilari huquq va burchlarining bekor 
bo‟lishi tushuniladi. 
Majburiyatlarni bekor bo‟lish asoslari turkumlanganda ularning 
oqibatlari bo‟yicha normal bekor bo‟lish asoslari (bunda majburiyat ijro 
etiladi yoxud kreditor manfaatlari muayyan tarzda qanoatlantiriladi – 
hisobga o‟tkazish, voz kechish haqini to‟lash, majburiyat yangilanishi 
bilan bekor bo‟lishi) va normal bo‟lmagan holatlar bo‟yicha 
majburiyatlarni bekor bo‟lishi asoslari (majburiyatni bajarish mumkin 
bo‟lmaganligi munosabati bilan bekor bo‟lishi, fuqaroning vafot etishi, 
yuridik shaxs tugatilishi, tadbirkorlik subyektining bankrotligi orqali bekor 
bo‟lishi va umidsiz qarz sifatida baholanadigan boshqa holatlar bo‟yicha 
bekor bo‟lishi) farqlanadi.
Amaldagi qonunchilikka ko‟ra, majburiyat quyidagi hollarda bekor 
bo‟ladi: 
1) majburiyatning bajarilishi bilan; 
2) voz kechish haqini berish bilan; 
3) hisobga o‟tkazish bilan; 
4) talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan
5) qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo‟lib qolishi bilan; 
6) majburiyat yangilanishi bilan; 
7) qarzdan voz kechish bilan; 
8) bajarish mumkin bo‟lmaganligi tufayli; 


277 
9) davlat organi hujjati asosida; 
10) fuqaroning vafot etishi bilan; 
11) yuridik shaxs tugatilishi bilan. 
Yuqorida ko‟rsatilgan umumiy asoslardan tashqari majburiyatlarni 
bekor qiladigan yana ba‟zi asoslar ham mavjud, ularning ayrim turlari 
FKning tegishli boblarida nazarda tutilgan. Jumladan, FKning 32-bobida 
mulkni ijaraga oluvchi shartnomani istagan vaqtida bir tomonlama bekor 
qila olishi mumkinligi ko‟rsatiladi. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  21-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BEKOR BO‟LISHI

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish