282
Masalan, meros oluvchi shaxs o‟z akasi yoki otasiga qarzdor bo‟lsa,
keyinchalik meros ochilishi natijasida kreditorning (marhum
aka yoki
otaning) talab qilish huquqlarini o‟ziga oladi.
Qarzdor bilan kreditorning bir shaxs bo‟lib qolishi fuqarolar
o‟rtasidagina emas, balki yuridik shaxslar o‟rtasida
ham yuz berishi
mumkin. Odatda, yuridik shaxslar qayta tashkil bo‟lishi – bir necha yuridik
shaxs qo‟shilishi, qo‟shib olishi tufayli (universal huquqiy vorislik)
qarzdor va kreditor bo‟lgan tashkilotlar bir yuridik shaxs bo‟lib qolishi –
majburiyatni bekor qiladi (FKning 51-moddasida belgilangan tartibda).
Agar bunda qo‟shilish keyinchalik bekor bo‟lsa, majburiyat yangidan
paydo bo‟ladi. Chunonchi, bir-biriga qarzdor bo‟lgan ikki xo‟jalik qo‟shila
turib, keyinchalik yana ajralsalar avvalgi qarzdor xo‟jaliklarning
majburiyati yangidan paydo bo‟ladi.