Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Shartnomaning mazmuni 
Shartnomaning mazmunini uning bandlari (shartlari, rekvizitlari) 
tashkil etadi. Amaldagi qonunchilikka ko‟ra, agar taraflar o‟rtasida 
shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab 


295 
qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‟lsa, shartnoma tuzilgan 
hisoblanadi. 
Shartnoma shartlari (bandlari) muhim, odatdagi va tasodifiy 
shartlarga bo‟linadi. Shartnomaning narsasi to‟g‟risidagi shartlar qonun 
hujjatlarida bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb 
hisoblangan shartlar, shuningdek, taraflardan birining arizasiga ko‟ra 
kelishib olinishi zarur bo‟lgan hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi. 
Ba‟zi shartnomalar uchun xos muhim bandlar qonun bilan belgilanadi. 
Shuningdek, muhim shartlari matnda o‟z ifodasini topishi shart. 
Odatdagi shartlar muayyan majburiyatga oid munosabatni tartibga 
soladigan dispozitiv normalar bilan belgilanadigan shartlar hisoblanadi. 
Bunday shartlar odatdagidek nazarda tutiladi. Masalan, mulk ijarasi 
shartnomasida mulkni mayda (joriy) ta‟mirlash shart qilib ko‟rsatilsa ham, 
ko‟rsatilmasa ham bo‟ladi, chunki bu shart to‟g‟risida qonunchilikda 
(dipozitiv xarakterdagi) ko‟rsatma berilgan. Odatdagi shartlar matnda 
ko‟rsatilishi shart emas. 
Tasodifiy shartlar umumiy huquq me‟yorlari bilan tartibga 
solinmagan masalalar bo‟yicha o‟zaro kelishuv bo‟lib ko‟riladi. 
Chunonchi, ijaraga olingan mulkni ta‟mirlash muddati to‟g‟risidagi masala 
tasodifiy shartlardan biri hisoblanadi. Bunday shart matnda ko‟rsatilishi 
shart. 
Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar 
uchun ishlab chiqilgan namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda 
tutilishi mumkin. Shartnomada namunaviy shartlarga havola qilinmagan 
hollarda, bunday namunaviy shartlar taraflarning munosabatlariga ish 
muomalasi odatlari sifatida qo‟llaniladi (FK 359-modda). 
Ijro etish jarayonida shartnomani shartlarining mazmuni bo‟yicha 
taraflarda turlicha yondashuvlar, turlicha talqin qilishlar vujudga kelishi 
mumkin. FKning 363-moddasida shartnomani sharhlash masalalari o‟z 
ifodasini topgan. Unga asosan, sud shartnoma shartlarini sharhlashda 
undagi so‟z va iboralarning asl ma‟nosini e‟tiborga oladi. Shartnomaning 
sharti aniq bo‟lmasa, uning asl ma‟nosi uni boshqa shartlarga va butun 
shartnomaning ma‟nosiga taqqoslash yo‟li bilan aniqlanadi. 
Agar yuqorida bayon etilgan qoidalar shartnomaning mazmunini 
aniqlash imkonini bermasa, taraflarning haqiqiy umumiy xohish-irodasi 
shartnomaning maqsadini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak. Bunda 
barcha tegishli holatlar, shu jumladan shartnoma tuzish oldidan olib 


296 
borilgan muzokaralar va yozishmalar, taraflarning o‟zaro munosabatlarida 
qaror topgan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning keyinchalik 
o‟zlarini qanday tutganligi e‟tiborga olinadi. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish