292
misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma bo‟yicha sotuvchi sotilgan
ashyoning haqini talab qilish huquqiga ega bo‟lib, sotilgan ashyoni
oluvchiga topshirishga majbur, oluvchi esa –olayotgan ashyoning bahosini
to‟lashi zarur bo‟lib, sotib olingan ashyoni talab qilib olishga haqli.
Fuqarolik muomalasida tuziladigan shartnomalarning ko‟pchiligi ikki
tomonlama, (ya‟ni yuqorida ko‟rsatilgan oldi-sotdi shartnomasi kabi)
shartnomalardan iborat bo‟ladi.
Ko‟p tomonlama shartnomalar ham mavjud bo‟lib, unda taraflar uch
va undan ortiq bo‟ladi. Bunday shartlarda bir paytning o‟zida
har bir
tarafda muayyan huquq va majburiyatlar bo‟lishi xarakterlidir. Masalan,
franshizing, lizing shartnomalari.
Shartnomalar
haq baravariga va
tekinga tuziladigan shartnomalarga
bo‟linadi. Haq baravariga tuziladigan shartnomalar bir taraf topshirgan
mulki, qilgan xizmati evaziga pul yoki mulk bilan haq oladi. Masalan, bir
taraf vaqtinchalik foydalanish uchun mulkni ijaraga oluvchi undan
foydalangani uchun ijara haqi to‟lashga majbur bo‟ladi. Bunday haq
baravariga tuziladigan shartnomalarga oldi-sotdi,
mahsulot yetkazib
berish, ayirboshlash, pudrat va boshqa ko‟plab shartnomalarni misol qilib
ko‟rsatish mumkin. Agar qonun hujjatlaridan boshqacha qoida kelib
chiqmasa,
shartnomaning
mazmun-mohiyatidan
o‟zgacha
hol
anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma deb hisoblanadi.
Tekinga tuziladigan shartnomada esa bir taraf boshqa bir taraf
foydasiga haq olmay,
biror-bir mulkni topshirish, biror ishni bajarishi
mumkin. Masalan, hadya shartnomasi bo‟yicha mulk egasi o‟z mulkini
boshqa bir shaxsga tekinga beradi. Tekin foydalanish, foizsiz qarz
shartnomalari ham bepul tuziladigan shartnomalarga kiradi.
Shartnomalar tuzilish
paytiga va mazmuniga qarab konsensual va