307
hujjat bilan uzviy ravishda bog„liq va faqat o„sha
hujjat uchungina
ahamiyatga ega. Elektron-raqamli imzo hujjat mazmuni va imzolovchining
maxviy kalitini yagona yaxlitlik bilan qat‟iy uyg„unlashtiradi, birlashtiradi
va ushbu imzoni haqiqiyligini buzmasdan turib hujjatni o„zgartirishni
istisno
etadigan
qiladi.
Elektron-raqamli
imzodan
foydalanish
protsedurasining mohiyati shundan iboratki dasturiy ta‟minlashdan
foydalanuvchi bir juft individum kalitlar tayyorlash imkoniyatiga ega
bo„ladi: hujjat ostidagi imzoning raqamning muqobilligi shakllantirish
uchun maxfiy kalit va uning jufti bo„lgan ochiq kalit – u ushbu maxfiy
kalit yordamida hisoblab chiqarilib raqamli
imzolarni haqiqiyligini
tekshirish uchun ishlatiladi.
Elektron raqamli imzo – bu o„z qo„l imzosining mustaqil muqobili
bo„lib xisoblanadi. Uning yana bir turi mexanik yoki boshqacha nusxa
ko„chirish vositalari yordamida imzolar faksimili hosil bo„lishi oqibatida
vujudga keladi. Shunisi diqqatga sazovorki, faksimil imzo nusxasi FKning
107-moddasi
2-qismida
o„zining xususiy asosiga ega. Unda
ko„rsatilishicha, “agar qonun hujjatlariga yoki
ishtirokchilardan birini
talablariga zid bo„lmasa bitim tuzish chog„ida imzodan faksimil usulida
nusxa ko„chirish vositalaridan foydalanishiga yo„l qo„yiladi”.
Elektron imzo inson tomonidan ko„rish orqali bevosita qabul
qilinadigan u yoki bu belgi sifatida mavjul bo„lishi mumkun emas. Bunday
imzo bilan mustahkamlangan bitim qatnashchilari o„rtasida imzolar
elektron imzolardan foydalanish tizimi ishtirokchilari o„rtasida kelishilgan
holda asosida yoki qonun normalari asosida yoxud boshqa qonun hujjatlari
asosida hal etilishi mumkin.
1
O„z qo„l imzosining u yoki bu muqobilidan
foydalanish tartibi
qanday (qonun tomonidan, boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan yoxud
bitim ishtirokchilarining kelishuvi orqali) belgilanganidan qat‟i nazar
ushbu tartib o„z qo„l imzosining muqobili bilan
guvohlantirilgan hujjat
bitim tuzgan shaxsniki ekanligini ishonchli ravishda aniqlashga,
belgilashga imkon berishi lozim.
Elektron raqamli imzo mohiyatini anglab yetish bilan bog„liq
muammolar elektron shaklda tuzulgan hujjatlarni yuridik anglab etish
bilan bog„liq tarkibiy qismi bo„lib hisoblanadi. FKning 107-moddasi
to„rtinchi qismida ko„rsatiladiki xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar,
teletaypogrammalar, fakslar yoki subyektlarni va ular xohish irodasining
mazmunini ifodalaydigan boshqa
hujjatlarni ayirboshlash, agar qonun
1
Мельиев Ю.В., Молчанов В.В., Шерстабинов А.В. Правовое регулирование электронного документооборота в
банковской практике. //Гражданско-правовое регулирование банковской деятельности. М.1994. B.109-128.
308
hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo„lmasa, yozma shaklda tuzilgan bitim bilan tenglashtiriladi. Yuqorida
nazarda tutilgan vositalarning bir qismi elektron vositalar (masalan faks)
hisoblanadi: elektron shakldagi hujjatni anglab yetish muammolari jihatlari
elektron raqamli imzoni anglab yetish muamollari bilan bir xildir. Bunda
FKning 366-moddasi to„rtinchi qismida belgilangan
qoidani doim yodda
tutish lozim, shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo„li bilan,
shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat
shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli su„ratda aniqlash imkonini
beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish
yuli bilan tuzilishi
mumkin”.