Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan 
tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikastiya qilish 
imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‟lgan axborot 
elektron hujjatdir. 
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari 
xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda 
yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur 
hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak. 
Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat: 
- elektron raqamli imzo; 
- elektron hujjatni jo‟natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron 
hujjatni jo‟natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 
- elektron hujjatni jo‟natuvchining pochta va elektron manzili; 
- hujjat yaratilgan sana. 


306 
 
 
 
 
 
 
 
 
Jismoniy shaxs imzosining turlari. Elektron raqamli imzo 
Axborotlar uzatishining hozirgi zamon tizimi obyektiv ravishda 
fuqarolik muomilasida hujjatlarni bitim tuzuvchi shaxslarning imzolari 
faksimil nusxalari, elektron imzolari va boshqa shunga o„xshash imzolari 
bilan guvohlantirishga imkon berishga olib keldi. Bu bitimlarni tuzish 
jarayonlarini tezlashtirishga sabab bo„ladi. 
Bitimlar tuzishda mexanik vositalar yoki elektron-raqamli imzolarni 
yoxud jismoniy shaxs o„z imzolarini boshqacha turlarini qo„llashga 
qonunlarda, boshqa huquqiy hujjatlarda yoki taraflarning kelishuvlarida 
nazarda tutilgan asoslarda va tartibda yo„l qo„yiladi. Hozirgi zamon 
sharoitlarida o„z qo„l imzolarini qo„yish vositalarini (imzolarni muhrlash 
vositalarini ham deb aytish mumkin) qo„llashdan foydalanish tartibi bitim 
ishtirokchilari o„rtasida kelishuvda puxta belgilab quyilishi kerak, chunki 
qonunlarda o„z ko„p imzolarini muhrlash vositalaridan foydalanish 
masalalari batafsil tartibga solinmagan. Xorijiy davlatlarda, shu jumladan 
AQSH va Rossiyada elektron-raqamli imzolardan foydalanish tartibi 
to‟g‟risida normalar mavjud. Masalan, Rossiya Federatsiyasining 
“Axborotlar, axborotlashtirish va axborotlarni himoya qilish to„g„risidagi 
Qonuni”ning 9-moddasiga asosan avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida 
imzolarni aynanligini (identifikatsiyasini) ta‟minlaydigan dasturiy texnik 
vositalar mavjud bo„lganda va ulardan foydalanishining belgilangan 
rejimiga rioya qilinganda elektron raqamli imzoning yuridik kuchi 
ta‟minlanadi. Elektron huquqi litsenziya orqali amalga oshiriladi. 
Elektron raqamli imzo, raqamli imzolar generatsiyalashtirish dasturi 
ishlarining natijasi hisoblanadi. Elektron raqamli imzo o„z qo„l imzosining 
analogi (muqobili) bo„lib ikki xil asosiy xususiyatlariga ega: u muayyan 

Download 2,02 Mb.
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish