|
Bitim shakliga va uning rekvizitlariga nisbatan qo„shimcha Pdf ko'rish
|
bet | 158/159 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 2,02 Mb. | | #157348 |
Bog'liq Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)Bitim shakliga va uning rekvizitlariga nisbatan qo„shimcha
talablar
Bitimning yozma shakliga va ularning rekvizitlariga nisbatan
umumiy talablar qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar va taraflarning
kelishuvi bilan to„ldirilishi mumkin.
Masalan, taraflarning imzolarini muhr
bosib tasdiqlanishi to‟g‟risidagi taraflar bitim ishtirokchilarining kelishuvi bilan
belgilanadi, qalbakilashtirishidan muhofaza qilish maqsadida qimmatbaho
qog„ozlar blankalariga qo„yiladigan talablar qonun hujjatlarida belgilab qo„yiladi.
Bitimlarning yozma shakliga qo„yiladigan qo„shimcha talablar turli bo„lishi mumkin,
ularning qateiy doirasi belgilab qo„yilmagan.
Qonun hujjatlarida, taraflarning kelishuvida qo„shimcha talablarga
rioya qilmaslik oqibatldari nazarda tutilishi mumkin. Agarda bunday
oqibatlar nazarda tutilgan bo„lmasa, FKning 109-moddasida belgilangan
bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari qo„llaniladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Ko‟p hollarda bitim va shartnoma tushunchasi bir xil hisoblanadi
hamda shartnoma tushunchasi o‟rniga bitim va bitim tushunchasi o‟rniga
bitim tushunchasi qo‟llaniladi. Mazkur holatlarning qaysi bir huquqiy
jihatdan asosli ekanligi muhokama qiling?
2. Shartnomalar tuzish erkinligi tamoyili va FKning 377-moddasida
belgilangan majburiy tartibda shartnoma tuzish qoidalarining nisbatini
tahlil qiling?
3. Fuqaro Qodirovdan Maqsudov 900.000 so‟m miqdorida
10 kunlik muddat ichida qaytarish sharti bilan qarz oldi. Umumiy qoida
bo‟yicha Qodirov Maqsudovga shartnomani yozma ravishda ifodalab
qo‟yishlarini taklif qildi. Shu ondayoq Maqsudov: “ey, og‟ayni, sen nima
deb o‟ylayapsan, men aytilgan kundayoq pulni qo‟lingga tutqazaman”, deb
309
og‟zaki roziligini olib, taraflar bunga kelishgandek bo‟ldilar. Belgilangan
kun o‟tdi, ammo puldan darak bo‟lmadi. Qodirov Maqsudovdan pulni
talab qilganida, u bunga o‟taketgan e‟tiborsizlik bilan qaradi. Qodirov
ushbu masala yuzasidan sudga murojaat qildi. Sud tergovida Maqsudov
shartnoma tuzilayotganida og‟zaki kelishishga o‟zi rozi bo‟lganligini
xaspo‟shlashga urindi.
Ish bo‟yicha fikringiz qanday? Sukut saqlash aksept bo‟la oladimi?
Shartnomaning yozma shakli uning og‟zaki shaklidan qanday afzalliklarga
ega? Agar kelishuv yozma shaklda ifodalanganda jarayon qanday
kechardi?
4. Fuqarolar E.Qurbanov va D.Xayrullaevalar xonadonni oldi-sotdi
shartnomasini imzoladilar. Shartnoma qonunga muvofiq notarius
tomonidan rasmiylashtirildi. Biroq xonadonni sotuvchi D.Xayrullayeva
mulk
huquqini
E.Qurbanovga
o‟tganligini
tasdiqlab,
Texnik
inventarizastiyalash mahkamasidan ro‟yxatga o‟tkazishni ayrim sabablarni
ro‟kach qilib kechiktirib kelgan. Sotib oluvchi fuqaro E.Qurbanov uyga
nisbatan mulk huquqini qo‟lga kiritish uchun qanday harakatlarni amalga
oshirishi kerak. Shartnoma bunday vaziyatlarda qachon tuzilgan
hisoblanadi.
5. Bozordagi dialog.
Sotuvchi: “Kep qolinglar yangi uzilgan qulpinay kilosi 5 000 so‟m”.
Xaridor: “Kilosiga 4 000 so‟m beraman”.
Sotuvchi: “2 kilosini 9 000 so‟mga beraman”
Xaridor: “Unda 2 kg torting”
Ushbu dialogdagi oferta va akseptni farqlang.
|
| |