Shartnomalarni o‟zgartirish va bekor qilish
Umumiy qoida bo‟yicha, shartnoma taraflarning kelishuviga
muvofiq, o‟zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Agar shartnomada
muayyan vaziyatda shartnoma shartlarini bir taraflama o‟zgartirish yoki
bekor qilish haqidagi shart mavjud bo‟lsa, bu holda shunday vaziyat yuz
bergan taqdirda shartnoma shartlarini bir tomonlama o‟zgartirish yoki
bekor qilishga yo‟l qo‟yiladi. Masalan, agar shartnoma bo‟yicha to‟lovlar
muntazam kechiktirilsa, mahsulot yetkazib beruvchi akreditiv orqali hisob-
kitoblar joriy etishga haqli deb belgilab qo‟yilgan bo‟lsa, bu holda amalda
sotib oluvchi tomonidan yetkazib berilgan tovarlar uchun to‟lovni
muntazam ravishda kechiktirilishi mahsulot yetkazib beruvchi uchun
shartnoma shartlaini bir tomonlama o‟zgartirishga asos bo‟ladi yoki
shartnomada
muayyan
muddat
ichida
buyurtmachiga
xizmat
ko‟rsatilmasligi shartnomani bekor bo‟lishiga olib kelishi belgilab
qo‟yilgan bo‟lsa, bu holda o‟sha majburiyatni bajarmasligi tegishli tarafga
shartnomani bir tomonlama bekor qilishga asos bo‟ladi.
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat
quyidagi hollardagina o‟zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:
1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;
298
2) Fuqarolik kodeksi, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda
tutilgan boshqa holatlarda.
Garchi FKda belgilanmagan bo‟lsa ham taraflardan tashqari vakolatli
davlat idoralari (masalan, qonun talablariga rioya etilmagan taqdirda
prokuratura organlari, g‟irrom raqobat bo‟yicha kelishuv mavjud bo‟lsa
raqobat qonunchiligiga ko‟ra monopoliyaga qarshi organ, voyaga
yetmaganlar manfaati qo‟pol ravishda buzilgan bo‟lsa vasiylik va homiylik
organi) amalda shartnoma shartlarini sud orqali o‟zgartirish yoki bekor
qilishni sud tartibida amalga oshirishlari mumkin.
Bu o‟rinda shuni ta‟kidlash lozimki, agar shartnoma shartlari
uchinchi shaxslar manfaatlariga daxl qilsa, uchinchi shaxslar tomonidan
ham shartnoma shartlarini o‟zgartirish yo bekor qilish bo‟yicha sudga talab
qilinishi mumkin.
Taraflardan birining shartnoma buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma
tuzishga umid qilishga haqli bo‟lgan narsadan ko‟p darajada mahrum
bo‟ladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.
Masalan, da‟vogar V. javobgar M.ga nisbatan da‟vo ariza bilan sudga
murojaat qilib, unda 2011-yil 20-dekabrda o‟zi bilan javobgar o‟rtasida umrbod
ta‟minlash sharti bilan xonadonni begonalashtirish shartnomasi tuzilganligini,
hozirda
javobgar
tomonidan
shartnoma
majburiyatlari
tegishli
tartibda
bajarilmayotganligi sababli ushbu shartnomani bekor qilish niyatida ekanligini, qayd
qilingan shartnomada javobgar amaldagi eng kam oylik ish haqining uch baravari
miqdoridan kelib chiqqan holda uni oziq-ovqat, kiyim-kechak va dori-darmon
vositalari bilan ta‟minlashi hamda uni parvarishlashi va boshqa yordamlarni
ko‟rsatishi lozimligi belgilanganligini, lekin unga aslida ushbu yordamlarni hozirda
umuman boshqa odamlar ko‟rsatib kelishini, javobgar o‟tgan davr mobaynida unga
faqat ba‟zi oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelganligini, dori-darmon va kiyim-
kechaklarni esa olib kelmaganligini, bundan tashqari unga qo‟pollik qilib uy o‟ziga
tegishli ekanligini aytib uni uydan haydab yuborishini aytib qo‟rqitib kelishini, u
shartnoma ko‟rsatilgan barcha yordamlarni berib bo‟lganligini, shuningdek, hozirda
javobgar uning roziligisiz uyga o‟z qizini doimiy ro‟yxatga qo‟yganligini, javobgar
unga uy hujjatlarini bermasligini bayon qilib, suddan umrbod ta‟minlash sharti bilan
uy-joyni boshqa shaxsga berish shartnomasini bekor qilishni so‟ragan.
Yuqoridagi misolda taraf umid qilgan manfaatdan mahrum
bo‟lganligi uni shartnomani bekor qilish masalasini ko‟tarishga sabab
bo‟lgan.
Shartnoma tuzishda taraflar uchun asos bo‟lgan vaziyatning jiddiy
o‟zgarishi, agar boshqacha tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‟lmasa
yoki uning mohiyatidan anglashilmasa, shartnomani o‟zgartirish yoki
bekor qilish uchun asos bo‟ladi. Ushbu norma dispozitiv xarakterag ega.
299
Vaziyatning taraflar oldindan ko‟ra bilganlarida shartnomani
umuman tuzmasliklari yoki ancha farq qiladigan shartlar bilan tuzishlari
mumkin bo‟lgan darajada o‟zgarishi uning jiddiy o‟zgarishi hisoblanadi.
Binobarin vaziyatni jiddiy o‟zgarishi o‟ziga xos favqulodda xarakterga ega
bo‟ladi.
Agar
taraflar
shartnomani
jiddiy
o‟zgargan
vaziyatga
muvofiqlashtirish yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan bo‟lsalar,
shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan sud tomonidan bekor qilinishi,
yuqorida nazarda tutilgan asoslarga ko‟ra esa – o‟zgartirilishi mumkin,
agar ayni vaqtda quyidagi shartlar mavjud bo‟lsa:
1) shartnomani tuzish paytida taraflar vaziyatda bunday o‟zgarish
yuz bermaydi, deb hisoblagan bo‟lsalar;
2) vaziyatning o‟zgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo
bo‟lganidan keyin manfaatdor taraf shartnomaning xususiyatiga va
muomala shartlariga ko‟ra o‟zidan talab qilinadigan darajada vijdoniylik
va ehtiyotkorlik qilgan bo‟lishiga qaramay, bu sabablarni enga olmagan
bo‟lsa;
3) shartnomani uning shartlarini o‟zgartirmasdan bajarish taraflar
mulkiy manfaatlarining shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va
manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular shartnoma tuzishda umid
qilishga haqli bo‟lgan narsadan ko‟p darajada mahrum bo‟lsalar;
4) ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan
vaziyatning o‟zgarishi xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi
anglashilmasa.
Vaziyatning jiddiy o‟zgarishi oqibatida shartnoma bekor qilinganida
sud har qanday taraf talabi bilan shartnomani bekor qilish oqibatlarini
aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani bajarish bilan bog‟liq
xarajatlarini ular o‟rtasida adolatli taqsimlash zarurligiga asoslanadi.
Vaziyatning jiddiy o‟zgarishi munosabati bilan shartnomaning
o‟zgartirilishiga shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid
bo‟lgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan o‟zgartirilgan shartlar
asosida bajarish uchun talab qilinadigan xarajatlardan ancha ortiq zarar
keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan yo‟l qo‟yiladi.
Vaziyatni jiddiy o‟zgarishi munosabati bilan shartnomani o‟zgartirish
va bekor qilishni ba‟zi huquqiy asoslari FKning tegishli normalarida o‟z
ifodasini topgan.
Masalan, FKning 506-moddasiga asosan, agar shartnoma tuzilgandan
so‟ng hadya qiluvchining moddiy ahvoli jiddiy yomonlashgan bo‟lsa, u
kelajakda hadya oluvchiga ashyoni yoki mulk huquqini berish yo
300
bo‟lmasa, uni mulkiy majburiyatdan ozod etish va‟da qilingan shartnomani
bajarishdan bosh tortishga haqli.
Bundan
tashqari
FKning
698-moddasida
buyurtmachining
majburiyatlari belgilangan bo‟lib, ulardan biri kutilayotgan natijalarni olish
mumkin emasligi yoki ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi
aniqlangan taqdirda, bu haqda buyurtmachini darhol xabardor qilish
hisoblanadi. Buyurtmachi ushbu axborotni olgandan so‟ng yo shartnomani
yangi shartlar asosida davom ettirish yoki bekor qilish huquqiga ega
bo‟ladi.
Shuningdek, FKning 949-moddasida vaziyatni jiddiy o‟zgarishi
munosabati bilan sug‟urta shartnomasini bekor qilish asoslari belgilangan.
Vaziyatni jiddiy o‟zgarishi agar FKning 383-moddasida nazarda
tutilgan holatlarga to‟liq mos kelsa, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
yoki tutilmaganligidan qat‟i nazar shartnoma shartlarini o‟zgartirish yoki
bekor qilishga asos bo‟ladi.
Masalan, “Yog‟du” firmasi an‟anaviy lampochkalar ishlab chiqarish bilan
shug‟ullanadi va u uch yilga “Olim” firmasi bilan xom ashyo yetkazib berish haqida
shartnoma tuzgan edi. Biroq, shartnomani muddatining ikkinchi yilida bozorga
energiya tejamli arzon lampochkalar keng miqiyosda savdoga chiqdi. “Yog‟du”
firmasi mahsulotiga nisbatan talab yo‟qoldi. Bu holda vaziyat o‟zgarishi munosabati
bilan shartnomani bekor qilish haqida talab bilan murojaat qilindi. Sud FKning 383-
moddasi asosida da‟vo talabini qanoatlantirdi.
|