Elektron shartnomalar mohiyati, tuzish hususiyatlari, mazmuni




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

 
Elektron shartnomalar mohiyati, tuzish hususiyatlari, mazmuni 
va ularni bajarish masalalari 
Zamonaviy fan texnika inson imkoniyatlarini doimiy ravishda 
kengaytirib bormoqda. Uning uchun barcha sohalarda qulay shart-
sharoitlar vujudga keltirmoqda. Bugungi kunda kishilik jamiyatini 
an‟anaviy tasavurlari ham uning ta‟sirida o‟zgarib bormoqda. Jumladan, 
ilgari makon, moddiy borliq o‟lchami sifatida yagona bo‟lsa, bugungi 
kunda makonning o‟zi ikki xil ko‟rinish kasb etmoqda, ular real va virtual 
makondir. 
Real makon moddiy, hajmiy makondagi subyektlar joylashuvi, voqea 
jarayonlar ro‟y beradigan manzil hisoblanadi.
Virtual maydon esa elektron axborot maydoni bo‟lib, bunda 
subyektlarning o‟zi ham voqealar jarayoni ham muayyan ketma-ketlikda, 
zichlikda joylashish qoidalari qo‟llanilmaydi. Virtual maydon o‟ziga xos 
cheksiz axborot resurslari, axborot subyektlari va axborotlarni 
joylashtirish, tarqatish, ayriboshlash maydoni hisoblanadi. Ma‟lumki har 


301 
qanday yuridik fakt, shu jumladan, yuridik harakat uni sodir bo‟lish 
jarayoni, amalga oshiruvchi subyektlar va uni huquqiy oqibatlari bo‟yicha 
(huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi, o‟zgartiruvchi va bekor 
qiluvchi oqibatlar bo‟yicha) o‟ziga xos tarzda namoyon bo‟ladi. Shu 
ma‟noda olib qaraganda, virtual maydonda ham yuridik faktlarni sodir 
bo‟lishi, yuridik harakatlarni amalga oshirilishi to‟laqonli ravishda ro‟y 
berishi istisno etilmaydi. Faqat bunda kelib chiqishi mumkin bo‟lgan 
asosiy muammo yuridik harakatlarni kelib chiqish manbai, uning 
oqibatlarini izini barqaror ravishda mavjudligini ta‟minlash hisoblanadi. 
Bugungi kunda virtual maydonni huquqiy ta‟minlash bu borada muayyan 
ijobiy natijalarga olib keldi. Virtual maydonda bitimlar tuzish, 
shartnomalar tuzish va subyektlarni turli ehtiyojlarini qanoatlantirishga 
qaratilgan harakatlarni sodir etishi odatdagi kundalik holga aylandi. Shuni 
unutmaslik lozimki, virtual maydondagi shartnomalar uni real maydon 
bilan bog‟liqlik darajasiga qarab, turlicha ko‟rinishda namoyon bo‟lishi 
mumkin. 
Masalan, ba‟zi shartnomalar virtual maydonda tuzilib, real maydonda 
amalga oshiriladi. Misol uchun internet orqali muayyan tovarga buyurtma berish 
shartnoma tuzish jarayoni virtual maydonda bo‟lsa shartnomani amalda yetkazib 
berish real maydonda amalga oshiriladi. Ba‟zi hollarda esa buning aksi. Real 
maydonda tuzilgan shartnoma virtual maydonda amalga oshirilishi mumkin. Ayni 
paytda muayyan turdagi shartnomalar real maydonga ko‟chmasdan, faqat virtual 
maydonda tuzilishi, amalga oshirilishi mumkin. Masalan, haq evaziga muayyan 
axborotni tizimlashtirish va yetkazib berish. Bunda shartnomani tuzish, amalga 
oshirish va hatto unga haq to‟lash to‟liq virtual maydonda amalga oshiriladi. 
Shartnomani amalga oshirish va tuzish bilan bog‟liq hech qanday harakatlarni real 
maydonga ko‟chirish talab etilmaydi. 
Hattoki to‟lovlarni amalga oshirish uchun elektron hamyon, elektron 
pullar, elektron to‟lovlar tizimi ishlab chiqilgan va amal qilmoqda. Virtual 
maydon orqali shartnomalar tuzish bugungi tovarlar, ishlar va xizmatlarni 
globallashuvi, dunyoni yagona bozor, yagona huquqiy maydon tarzida 
namoyon 
bo‟lishida 
muhim 
ahamiyat 
kasb 
etadi. 
Masalan, 
O‟zbekistondagi tadbirkorlik subyekti o‟z uyida o‟tirgan holda dunyoning 
istalgan nuqtasida, ya‟ni Yaponiya, Avstraliya va boshqa joylardagi 
tegishli sheriklar bilan shartnomalar tuzib, uni amalga oshirish 
imkoniyatlariga ega bo‟ladi. Boshqacha aytganda, elektron shartnomalarni 
virtual maydonda tuzish subyektlarni vaqti va mablag‟larini tejashga 
imkon beradigan eng qulay usullardan biri hisoblanadi. 
Mamlakatimizda bugungi kunda elektron shartnomalarni huquqiy 
negizlari yaratilgan. Ular ichida eng muhim hujjat bu Fuqarolik kodeksi 
hisoblanadi. 
FKning 366-moddasiga asosan, yozma shartnoma taraflar imzolagan 
bitta hujjatni tuzish yo‟li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, 


302 
telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini 
ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida 
hujjatlar almashish yo‟li bilan tuzilishi mumkin. 
Bu normadan ko‟rinib turibdiki virtual maydonda shartnomalar 
tuzishga asosiy talab, taraflarni bir birlari bilan ishonchli aloqalarni 
o‟rnatishi, ushbu maydonga boshqa shaxslarni noqonuniy kirib kelishi va 
chalg‟itishini oldini olish hisoblanadi. 
Bundan tashqari mazkur sohada maxsus qonunchilik bazasi 
yaratilgan. Masalan, O‟zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli 
imzo to‟g‟risida”gi, “Elektron tijorat to‟g‟risida”gi, “Elektron hujjat 
aylanishi to‟g‟risida”gi qonunlar qabul qilingan. 
Virtual shartnomalarni ishonchli tarzda tuzilishini huquqiy kafolati 
bu elektron raqamli imzo sanaladi. 
Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat 
axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda 
maxsus o‟zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli 
imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik 
yo‟qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini 
identifikastiya qilish imkoniyatini beradigan imzo hisoblanadi. 
Elektron imzoning ochiq va yopiq kalitlari mavjud. Elektron raqamli 
imzoning yopiq kaliti esa elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan 
holda hosil qilingan, faqat imzo qo‟yuvchi shaxsning o‟ziga ma‟lum 
bo‟lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun 
mo‟ljallangan belgilar ketma-ketligi bo‟lsa, elektron raqamli imzoning 
ochiq kaliti elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil 
qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot 
tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron 
hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun 
mo‟ljallangan belgilar ketma-ketligi hisoblanadi. 
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash elektron raqamli 
imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va 
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‟qligi tekshirilgandagi ijobiy natija 
bilan bog‟liq. 
Elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli 
imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya 
qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‟lgan axborot 
hisoblanadi. 
Elektron imzo ro‟yxatga olish markazi tomonidan ro‟yxatga 
kiritiladi. Bu organ maxsus vakolatli organda davlat ro‟yxatidan o‟tgan va 


303 
amaldagiqonunchilikda nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik 
shaxsdir. 
Elektron raqamli imzo vositalari elektron hujjatda elektron raqamli 
imzo yaratilishini, elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanishini, 
elektron raqamli imzoning yopiq va ochiq kalitlari yaratilishini 
ta‟minlaydigan barcha texnikaviy va dasturiy vositalardan iborat 
bo‟ladi.Elektron raqamli imzo vositalari qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda sertifikatlashtirilishi lozim. 
Muhr bilan tasdiqlangan va elektron hujjatga aylantirilgan qog‟oz 
hujjatning mazmuni qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga 
muvofiq ro‟yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli 
imzosi bilan yoki elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron 
raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi mumkin. 
Virtual maydonda subyektlarni individuallashtirish vositalaridan biri 
bo‟lib, domen nomlari hisoblanadi. Domen nomlari ham elektron 
maydonda 
firma 
nomi, 
tovar 
belgisi 
funksiyalarini 
bajaradi. 
Mamlakatimizda domen nomlarini berish va ro‟yxatdan o‟tkazishni 
huquqiy asoslari mavjud. Ba‟zi holatlarda subyektlar domen nomlariga 
mo‟ljal olgan holda shartnoma munosabatlariga kirishishlari ham mumkin. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron shartnomalar mohiyati, tuzish hususiyatlari, mazmuni

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish