Elektron shartnomalarni tuzish o’zgartirish va bekor qilish asoslari




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Elektron shartnomalarni tuzish o’zgartirish va bekor qilish asoslari 
va tartibi. Elektron shartnomalar bilan bog‟liq munosabatlarni O‟zbekiston 
Respublikasining “Elektron tijorat to‟g‟risida”gi qonuni tartibga soladi. 
Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan
tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‟rsatishga doir 
tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir.
Elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, 
shuningdek tegishli tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xaridorlari 
bo‟lgan yuridik va jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchilaridir. 
Elektron tijoratda axborot vositachilari ham ishtirok etishlari 
mumkin. Elektron hujjat aylanishi bilan bog‟liq xizmatlar ko‟rsatuvchi 
yuridik va jismoniy shaxslar axborot vositachilaridir. Elektron tijorat 
ishtirokchilari yuqoridagi qonun, boshqa qonun hujjatlarida, shuningdek 
tuzgan shartnomalarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar va 
majburiyatlarni bajaradilar. 
Elektron tijoratda ishtirok etish, agar qonun hujjatlarida boshqacha 
qoida belgilanmagan bo‟lsa, uning ishtirokchilariga nisbatan axborot 
tizimlaridan 
foydalanmasdan 
amalga 
oshirilayotgan 
tadbirkorlik 
faoliyatiga nisbatan qo‟shimcha talablar yoki cheklashlar belgilanishi 
uchun asos bo‟la olmaydi.


304 
Qonun hujjatlarida elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik yoki 
jismoniy shaxs to‟g‟risidagi axborotga nisbatan boshqa talablar ham 
belgilanishi mumkin. Axborot vositachilarining xizmatlari shartnoma 
asosida ko‟rsatiladi. 
Axborot vositachilari, agar elektron tijorat ishtirokchilari bilan 
tuzilgan shartnomalarning shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo‟lsa, elektron hujjatlarning mazmunini yoki ulardan foydalanish tartibini 
o‟zgartirishga haqli emas.
Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari qonun hujjatlarining 
talablariga muvofiq bo‟lishi kerak. Bu shartnomalar tovarlar, ishlar va 
xizmatlar turlariga qarab FKning tegishli normalariga shuningdek boshqa 
fuqarolik qonun hujjati talablariga muvofiq bo‟lishi kerak. 
Elektron tijoratdagi shartnoma unga hamma erkin foydalanishi 
mumkin bo‟lgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola 
qilish yo‟li bilan kiritiladigan alohida shartlarni o‟z ichiga olishi mumkin. 
Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun 
hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin 
foydalanish imkoniyatini ta‟minlashi, bu muddat o‟tgandan keyin esa 
ushbu elektron hujjatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
saqlanishini ta‟minlashi shart.
Elektron tijoratda shartnoma akseptni (taklif qabul qilinishini) o‟z 
ichiga olgan elektron hujjat elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik 
yoki jismoniy shaxs tomonidan qabul qilib olingan paytda yoxud ofertani 
o‟z ichiga olgan elektron hujjatda aksept uchun nazarda tutilgan harakatlar 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridori tomonidan amalga oshirilgan paytda 
tuzilgan deb e‟tirof etiladi.
Ofertani o‟z ichiga olgan elektron hujjat olinganligini oferta 
shartlariga rozilikni ko‟rsatmasdan tasdiqlash, xuddi shuningdek tovarlar 
(ishlar, xizmatlar) xaridorining harakatsizligi, agar qonun hujjatlarida 
boshqacha qoida belgilanmagan bo‟lsa, aksept hisoblanmaydi.
Agar qonun hujjatlarida shartnoma bo‟yicha tarafning boshqa tarafga 
shartnomani tuzish yoki ijro etish bilan bog‟liq hujjatni taqdim etish 
majburiyati nazarda tutilgan bo‟lsa, ko‟rsatilgan majburiyatni bajarish 
shartnomani tuzish usulidan qat‟i nazar amalga oshiriladi.
Elektron tijoratda shartnoma, agar qonun hujjatlarida boshqacha 
qoida nazarda tutilmagan bo‟lsa, faqat elektron hujjatlardan foydalanilgan 
holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
Elektron tijoratda ofertaga taklif etish, shu jumladan taklif 
qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‟g‟risidagi reklama yoki boshqa 


305 
ma‟lumotlar maxsus bilimga ega bo‟lmagan qabul qilib oluvchiga qabul 
qilib olingan axborotning elektron tijoratga taalluqliligini aniq belgilash va 
oferta jo‟natuvchining huquqiy holati, uning tovarlari (ishlari, xizmatlari), 
bu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari va ularni olish shartlari 
haqida to‟g‟ri tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradigan shaklda taqdim 
etilishi kerak.
Elektron hujjatlardan bitim tuzilganligining disklar va qog‟oz 
ko‟rinishida dalil sifatida foydalanish mumkin. Taraflar elektron matnni 
qog‟oz matnga tegishli tarsza rasmiylashtirish (notarial tasdiqlash va 
davlat ro‟yxatidan o‟tkazish) istisno etilmaydi. 
Elektron shartnomalarni tuzish va ijro etish jarayonida, shuningdek 
subyektlar o‟rtasidagi boshqa fuqarolik shartnomalarda elektron hujjatlarni 
muomalada bo‟lishi O‟zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat 
aylanishi to‟g‟risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. 
Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali 
jo‟natish va qabul qilib olish jarayonlari yig‟indisidan iborat bo‟ladi. 
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan, shartnomalar 
tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga 
oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron shartnomalarni tuzish o’zgartirish va bekor qilish asoslari

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish