278
Kreditor tilxat berishdan, qarz hujjatini qaytarishdan yoki qaytarib
berish imkoniyati yo‟qligini tilxatda ko‟rsatishdan bosh tortgan taqdirda,
qarzdor ijroni to‟xtatib turishga haqli bo‟ladi.
Bunday hollarda kreditor
muddatni kechiktirgan hisoblanadi (FK 258-modda).
Qarz
hujjatining
qaytarilishi
yoki
uni
qaytarish
mumkin
bo‟lmaganligi to‟g‟risidagi tilxat o‟rniga berilgan hujjat ustiga ijroning
qabul qilinganligi haqida yozib berishi majburiyatning ijro etilganligini
isbotlash hujjatlaridan biri hisoblanadi.
Qarz hujjati (tilxat) qarzdor tomonidan kreditorga beriladi. Bunday
hujjat bilan ko‟pincha maishiy pudrat shartnomalaridan kelib chiqqan
majburiyatlar guvohlantiriladi. Qarz hujjati kreditor qo‟lida bo‟lishi –
majburiyatning mavjudligini isbotlovchi dalil hisoblanadi va unga
majburiyatning bajarilishini
talab qilish huquqini, masalan, qarz pulining
to‟lanishini, buyurtma qilingan narsaning berilishini talab qilish huquqini
beradi.
Kreditor majburiyatning ijrosini qabul qila turib, qarzdorga qarz
hujjatini qaytarishga majbur. Qarzdor esa majburiyatning bajarilganligini
tasdiqlaydigan hujjatni o‟ziga berilishini kreditordan talab qilish huquqiga
ega.
Ayrim hollarda majburiyatning bajarilganligi to‟g‟risida kreditordan
alohida
hujjat olmay, balki qarzdorning tilxati ustiga majburiyatning
bajarilganligini, masalan, qarz pulining butunlay yoki qisman olinganligini
yozish mumkin. O‟z xarakteriga ko‟ra qarz hujjati to majburiyat tegishli
suratda bajarilgunga qadar kreditorda bo‟lishi kerak. Qarz hujjatining
qarzdorga qaytarilishi majburiyatning bajarilganligini bildiradi. Shuning
uchun qarz hujjatining qarzdor qo‟lida bo‟lishi boshqa bir hol
isbotlanmaguncha, majburiyatning bajarilganligini
va shu bilan uning
bekor bo‟lganligini tasdiqlaydi.
Basharti kreditor yo‟q bo‟lsa yoki u ijroni qabul qilishdan bosh
tortsa, yoxud boshqa sabablarga ko‟ra qabul qilish muddatini o‟tkazib
yuborsa, shuningdek muomala layoqatiga ega bo‟lmasa yoki muomala
layoqati cheklangan bo‟lsa, ijroni qabul qilishga rozi bo‟lgan vakil pulni
qimmatli qog‟ozni notarial idoraning depozitiga qo‟yishi mumkin. Bunday
hollarda pulni yoki qimmatli qog‟ozni kreditor nomiga notarial idoraning
depozitga qo‟yish, majburiyatni lozim darajada bajarish bo‟lib hisoblanadi.
Yuridik
shaxslar
o‟rtasidagi
munosabatlarda
majburiyatning
bajarilishi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Yuborilgan tovarlar
yoki ko‟rsatilgan xizmatlar uchun to‟langan
summani tasdiqlaydigan
hisob-kitoblar yoki to‟langanlik haqida ma‟lumotnoma ana shunday
279
hujjatlar hisoblanadi. Ular tashkilotlar mablag‟lari hisobidan pul to‟lovlari
va boshqa xarajatlarning to‟g‟ri sarflanganligini tasdiqlash hamda tegishli
nazorat olib borish imkonini beradi.
Majburiyatni ijro etilgan deb baholash uchun uni amalda ijro
etilganlik faktining o‟zi yetarli emas. Majburiyat amalda ijro etilgandan
tashqari u qonun yoki shartnomada belgilangan tartibda yuridik
rasmiylashtirilgan bo‟lishi shart. Masalan FKning 489-494-moddalarida
korxona oldi-sotdi shartnomasining ijrosini
yuridik rasmiylashtirish
asoslari va tartibi belgilangan. FKning 680-moddasida kapital qurilish
bo‟yicha pudrat shartnomasining yuridik rasmiylashtirish asoslari va tartibi
o‟z aksini topgan. Faqat ushbu shartlarga rioya qilingan hollardagi
majburiyat ham amalda yuridik ijro qilingan ham hisoblanadi va u bekor
bo‟ladi.