Majburiyatni bajarishni qarzdor va kreditor tomonidan




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Majburiyatni bajarishni qarzdor va kreditor tomonidan
kechiktirilishi oqibatlari 
FKning 337-339-moddalari majburiyatning bajarilishi qarzdor yoki 
kreditor tomonidan kechiktirilgani uchun javobgarlik to‟g‟risidagi 
masalani tartibga soladigan qoidalarni belgilaydi. 
Ijroning qarzdor tomonidan kechiktirilishi deb, majburiyatning u 
tomonidan belgilangan muddatda bajarilmasligi tushuniladi. 
Majburiyatning 
bajarilishini 
kechiktirgan 
qarzdor 
bunday 
kechiktirishi natijasida kreditorga yetkazilgan zararni to‟lashga majbur 
bo‟ladi. Mazkur zararning to‟lanishini qarzdorni o‟z majburiyatini asl 
holida bajarishidan ozod qilmaydi. 
Qarzdorning aybi bilan majburiyatning ijro etilishining kechiktirilishi 
majburiyatning keyinchalik ijro etilishi imkoniyati bo‟lmasligi uchun 
javobgarligini oshiradi. 


271 
Agar majburiyatning ijro etilishi kechiktirilgan davrda mazkur 
majburiyat qarzdorning aybidan qat‟i nazar, ijro etilishi mumkin bo‟lmasa 
ham, u o‟z aybi bilan majburiyatni ijro etmaganida qanday javobgarlikka 
tortiladigan bo‟lsa, unga nisbatan xuddi shunday javobgarlik belgilanadi. 
Bunday hollarda javobgarlikni belgilash uchun qarzdor tomonidan 
kechiktirilishi asos qilib olinadi. Chunki qarzdor sotilgan narsani yoki 
ijaraga berilgan ashyoni o‟z vaqtida topshirganida edi, ashyo tasodifan 
nobud bo‟lmagan bo‟lur edi, deb faraz qilinadi. 
Agar majburiyatning bajarilishi qarzdor tomonidan kechiktirilganligi 
tufayli uning keyinchalik bajarilishiga zarurat qolmagan bo‟lsa, kreditor 
FKning 337-moddasi 2-qismida ko‟rsatilganidek, ijroni qabul qilishdan 
bosh tortishga va zararni to‟lashni talab qilishga haqli. 
Kreditorning kechiktirishi ham muhim huquqiy oqibatlar tug‟diradi. 
Fuqarolik qonunchiligi yuqorida aytilganidek, majburiyatning bajarilishida 
qarzdorning ham, kreditorning ham manfaatlari bir bo‟lishi zarurligini 
belgilaydi. Modomiki, taraflar majburiyatni bajarishda bir-biriga 
ko‟maklashishlari lozim ekan, kreditor o‟zining xatti-harakati bilan 
majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilishiga to‟sqinlik qilmasligi, 
ijroni og‟irlashtirmasligi kerak. 
Kreditorning 
kechiktirishi 
deganda, 
majburiyatning 
qarzdor 
tomonidan bajarilishida to‟sqinlik qilishga yoki bunday ijroning 
qiyinlashtirilishiga qaratilgan harakat tushuniladi. Bunday harakatning 
oqibati uchun kreditor mulkiy javobgar bo‟lishi, ya‟ni bunday harakatning 
mulkiy oqibati kreditorning zimmasiga qo‟yilishi kerak. 
Kechiktirishning oqibatlari FKning 338-moddasida ko‟rsatilgan. Bu 
moddada kreditorning shartnoma bo‟yicha o‟ziga tegishli narsani qabul 
qilishni kechiktirib yuborishi tufayli yetkazilgan zararni undirib olish 
huquqini berishi va keyinchalik majburiyatni ijro etish mumkin bo‟lmay 
qolsa, uni javobgarlikdan ozod qilish, qarzdorning qasddan ish tutishi yoki 
qo‟pol ehtiyotsizlik qilish hollari bundan mustasno ekanligi, pul 
majburiyati bo‟yicha kreditor ijroni kechiktirib yuborgan vaqt uchun 
qarzdor foizlar to‟lashga majbur emasligi ko‟rsatilgan. 
Kreditorning kechiktirishi ikki turdagi xatti-harakatdan, birinchidan, 
kreditor o‟ziga qarzdor tomonidan lozim darajadagi ijroni qabul 
qilmaslikdan, ikkinchidan, qarzdorning o‟z majburiyatini bajarishga qadar 
kreditor 
tomonidan 
lozim 
bo‟lgan 
harakatning 

tomondan 
qilinmaganligidan iborat bo‟lishi mumkin. 


272 
Chunonchi, agar mahsulot oluvchi mahsulotni topshirishga tayyor 
ekanligi to‟g‟risida xabardor qilingan bo‟lsa-yu, uni belgilangan muddatda 
olib ketmasa majburiyatni kechiktirishga yo‟l qo‟ygan hisoblanadi. 
Kreditor o‟ziga yuklatilgan harakatlarni bajarmasa va bu harakatni 
bajarmasdan turib qarzdor majburiyatini ijro eta olmaydigan hollarda ham 
kreditor kechiktirgan hisoblanadi. Chunonchi, mahsulot yetkazib berish 
shartnomasi bo‟yicha mahsulot uni oluvchiga bevosita yuborilmay, balki 
sotib 
oluvchining 
taqsimotiga 
(raznoryadka) 
muvofiq 
ravishda 
shartnomada qatnashmagan boshqa tashkilotlarga jo‟natilishi lozim 
bo‟lganida belgilangan muddatda taqsimotning berilmasligi kreditorning 
kechiktirishini anglatadi. Boshqa bir misol: qurilish pudrati shartnomasi 
bo‟yicha buyurtmachi pudrat shartnomalari to‟g‟risidagi qoidalar bo‟yicha 
o‟z 
zimmasidagi 
harakatlarni 
bajarmaganida 
ham 
kreditorning 
kechiktirishi ko‟rinadi. 
Kreditor majburiyatni kechiktirishda o‟z aybi yoki o‟ziga qarashli 
shaxslarning 
aybi 
yo‟qligini 
isbotlay 
olmasa, 
majburiyatning 
kechiktirilishi natijasida qarzdorga yetkazilgan zararni to‟lashga majbur 
bo‟ladi. Chunonchi, belgilangan muddatda olib ketilmagan mahsulotlarni 
saqlash bilan bog‟liq xarajatlarni to‟lashi shart. Odatda, bunday hollarda 
neustoyka (penya, jarima) undiriladi.
Kreditorning kechiktirishi ko‟pincha majburiyatning bajarmasligida 
aybli bo‟lgan qarzdorning javobgarligi to‟g‟risida da‟vo qo‟zg‟atilganda 
muhim ahamiyatga ega bo‟ladi. Chunki bunday hollarda kreditorning 
ayblilik darajasi e‟tiborga olinib, qarzdorning javobgarligi darajasi 
birmuncha kamaytirilishi mumkin. 
Agar kechiktirish kreditorning o‟z aybi yoki qonunga yoxud 
kreditorning topshirig‟iga binoan ijroni qabul qilish yuklatilgani 
shaxslarning qasdi yoki qo‟pol ehtiyotsizligi emasligini kreditor isbotlasa, 
u kechiktirish bo‟yicha javobgarlikdan ozod bo‟ladi. 
Majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilishida u tomondan berilgan 
tilxat yoki hujjatini kreditor qarzdorga qaytarib berishdan bosh tortganda 
ham kreditor kechiktirgan hisoblanadi. 
Yuqorida aytilganidek, kreditor majburiyatning qarzdor tomonidan 
bajarilishida unga ko‟maklashishga majbur. Agar u o‟zining bunday 
majburiyatini bajarmasa, oqibatlari uchun ham javobgar bo‟ladi. 
Kreditorning majburiyatni kechiktirish oqibatlari quyidagilardan iborat 
bo‟lishi mumkin: 
birinchidan, majburiyatning kechiktirilishi natijasida qarzdorga 
yetkazilgan zararni to‟laydi: masalan, qarzdor majburiyatini bajarish 


273 
yuzasidan kerakli mahsulotlarni o‟z vaqtida yetkazgan bo‟lsa-yu, kreditor 
bo‟sh ombor binosining bo‟lmasligini bahona qilib, mahsulotni qabul 
qilishdan bosh tortsa, qarzdor mahsulotning tashilishi va saqlanishi bilan 
bog‟liq oshiqcha xarajatlardan kelgan zararlarni kreditordan undirishga 
haqli. Bu holda kreditor bunday kechiktirishning o‟z qasdi yoki 
ehtiyotsizligi bilan bog‟liq bo‟lmaganligini yoki bunday kechiktirishda 
qonun yoxud kreditorning topshirig‟i bo‟yicha majburiyatni bajarishni o‟z 
zimmasiga olgan boshqa shaxslarning qasd yoki ehtiyotsizligidan 
kelmaganligini isbotlasa, qarzdor ko‟rgan zararlarni to‟lashdan ozod 
qilinadi; 
ikkinchidan, kreditorning kechiktirish vaqti uchun qarzdor pul 
majburiyatlari bo‟yicha foizlar to‟lamaydi; 
uchinchidan, agar kreditor qarzdorga uning bergan tilxatini yoki 
boshqa qarz hujjatini qaytarishdan, yoxud tilxatda qarz hujjatining 
qaytarilishi mumkin bo‟lmasligini ko‟rsatishdan bosh tortsa, qarzdor ijro 
etishni to‟xtatishga haqli. 
Bajarish mumkin bo‟lmasligi tushunchasi ham ma‟lum ahamiyatga 
ega. Bajarish mumkin bo‟lmasligi, yuqorida aytib o‟tilganidek, 
majburiyatning real tarzda, ya‟ni asl holatda bajarish mumkin 
bo‟lmasligini bildiradi. Bajarish mumkin bo‟lmasligi to‟g‟risidagi masala 
har bir muayyan holatda sud tomonidan mazkur ishning xususiyatlari 
e‟tiborga olinib hal etiladi. 
Qarzdordan majburiyatning real tarzda bajarilishini ba‟zi hollarda va 
ba‟zi asoslar bo‟yicha talab qilish mumkin bo‟lmaydi. Bunga quyidagilarni 
ko‟rsatish mumkin: 
1) majburiyatning aslicha bajarilishi mumkin bo‟lmasligi, ya‟ni 
majburiyat narsasi xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyo bo‟lib, uni 
aslicha topshirish mumkin bo‟lmagan holatlarning mavjudligi yoki biror-
bir holatning sodir bo‟lishi sababli qarzdor majburiyatini ma‟lum bir joyda 
bajara olmasligi kabi; 
2) majburiyatning huquqiy jihatdan bajarilishi mumkin bo‟lmasligi, 
ya‟ni ba‟zi hollarda majburiyatning bajarilishi bunday majburiyat vujudga 
kelgandan so‟ng qabul qilingan qonun hujjatlariga xilof keladigan bo‟lsa, 
majburiyat bajarilmasligi mumkin; 
3) ba‟zi hollarda majburiyatning real bajarilishi nihoyatda qiyin 
bo‟lishi mumkin. Masalan, shartnoma bo‟yicha biror-bir majburiyatni 
shaxsan bajarishga majbur qarzdorning qattiq betob bo‟lib qolishini 
ko‟rsatish mumkin. 


274 
Majburiyatning bajarilishi mumkin bo‟lmasligi qarzdorni kreditor 
oldida 
bo‟lgan 
javobgarlikdan 
ozod 
qilmaydi. 
Qarzdor 
faqat 
majburiyatning bajarilishi mumkin bo‟lmasligida o‟z aybining yo‟qligini 
isbot qilsagina, javobgarlikdan ozod bo‟ladi. Masalan, xususiy alomatlari 
bilan belgilangan ashyolar ijaraga oluvchining qo‟lida bo‟lgan vaqtda 
uning aybidan tashqari nobud bo‟lsa, qarzdor kreditorga zarar yoki 
jarimani to‟lashdan ozod bo‟ladi. 
Agar ashyolarning nobud bo‟lishi qarzdorning mazkur ashyolarga 
beparvolik bilan, ehtiyotsizlik muomalasi tufayli bo‟lsa, kreditorga 
yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‟ladi. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Majburiyatni bajarishni qarzdor va kreditor tomonidan

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish