• Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari
  • Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet135/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

    Majburiyatlarni 
    buzganlik 
    uchun 
    fuqarolik-huquqiy 
    javobgarlik majburiyatni bajarmagan qarzdor zimmasiga zararlarni, 
    neustoykani kreditor foydasiga to‟lash vazifasini yuklashdan 
    iboratdir. 
     
    Birovga zarar yetkazish tufayli vujudga keladigan majburiyatlarda 
    zarar yetkazuvchi jabrlangan shaxsga yetkazilgan zararning pul bilan 
    hisoblangan miqdorini to‟la ravishda to‟laydi. Shartnoma bo‟yicha olingan 
    majburiyatlarning bajarilmasligi esa kreditorning ko‟rgan zararlarni 
    to‟latish uchun ham, qarzdordan neustoykaning undirilishi uchun ham asos 
    bo‟ladi. 
    Qarzdorning majburiyatni lozim darajada bajarmasligi, ya‟ni, 
    majburiyatni shartnoma yoki qonunda ko‟rsatilgan shartlarga muvofiq 
    ravishda bajarmasligi: masalan, mahsulotning sifati, topshirish muddati, 
    shartnomaning bajarilish joyi kabi shartlar buzilishidan iboratdir. 
    Majburiyat qarzdor tomonidan butunlay bajarilmasa, kreditor sud orqali 
    majburiyatning majburiy tartibda bajarilishini, birinchi navbatda, albatta 
    real ravishda bajarilishini, agar majburiyat lozim darajada bajarilmagan 
    bo‟lsa, uning qonun yoki shartnomada ko‟rsatilgan shartlarga muvofiq 
    bajarilishini talab qilishga haqli. 
    Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari 
    Qarzdor tomonidan majburiyatning bajarilmasligi yoki lozim 
    darajada bajarilmasligi huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik 
    hisoblanadi. Buning uchun umumiy qoida sifatida faqat muayyan asoslar 
    mavjud bo‟lgandagina qarzdorning, ya‟ni majburiyatni buzgan shaxsning 
    mulkiy javobgarlikka tortilishi belgilanadi. 
    Yuridik javobgarlik shartlariga ko‟ra odatda, majburiyatni buzganlik 
    uchun qarzdorning yoki zarar yetkazuvchining javobgarlikka tortilishi 
    uchun quyidagi to‟rtta asos bo‟lishi ko‟rsatilgan:
    birinchidan, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik; 
    ikkinchidan, zarar yetkazilishi; 
    uchinchidan, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik bilan sodir 
    bo‟lgan zarar o‟rtasida sababiy bog‟lanish bo‟lishi; 


    265 
    to‟rtinchidan, qarzdorning yoki zarar yetkazuvchining aybi mavjud 
    bo‟lishi. 
    Shuni ko‟rsatib o‟tish kerakki, shartnomadan yoxud boshqa bir 
    tomonlama bitimdan kelib chiqadigan majburiyatlarda uning bajarilmasligi 
    oqibatida boshqa shaxsga g‟ayriqonuniy ravishda zarar yetkazish – barcha 
    hollarda huquqqa xilof hisoblanadi. Mazkur hollarda qarzdor xatti-
    harakatining huquqqa xilof bo‟lishini belgilashda qanday shartlar mavjud 
    bo‟lganida 
    majburiyatni 
    ijro 
    etmaslik 
    uchun 
    fuqarolik-huquqiy 
    javobgarlikning belgilanishini aniqlash zarur bo‟ladi. 
    Zarar hamma vaqt ham qarzdorning majburiyatni bajarmaganligi 
    yoki lozim darajada bajarmaganligidan kelib chiqavermaydi. Ba‟zi 
    hollarda majburiyatning bajarilmasligi natijasida yuqorida aytganimizdek, 
    mulkiy zarar bo‟lmasligi ham mumkin. Ammo aksariyat hollarda zarar 
    javobgarlikni belgilash uchun zarur asos bo‟ladi. 
    Agar kreditorning talablari zararni undirishga qaratilgan bo‟lsa, u 
    holda, albatta, quyidagi asoslar: zararning bo‟lishi, qarzdorning huquqqa 
    xilof harakati yoki harakatsizligi bilan kreditorning ko‟rgan zarari 
    o‟rtasida sababiy bog‟lanishlar bo‟lishi va nihoyat, qarzdorning aybi 
    bo‟lishi talab etiladi. Agar kreditorning talabi faqat neustoyka, penya, 
    jarimani undirishga qaratilgan bo‟lsa, qarzdor faqat aybi bo‟lgandagina 
    mulkiy javobgarlikka tortiladi. 
    Qarzdorga mulkiy javobgarlikni belgilashdan oldin, ya‟ni kreditorga 
    yetkazilgan zararning undan undirilishidan oldin sud har bir aniq holatda, 
    mazkur zararlar qarzdorning o‟z majburiyatlarini buzishidan vujudga 
    kelgan-kelmaganligini aniqlashi, ya‟ni qarzdorning huquqqa xilof harakati 
    yoki harakatsizligi bilan kreditorning ko‟rgan zarari o‟rtasida sababiy 
    bog‟lanishni aniqlashi lozim. 
    Masalan, agar temir yo‟l transporti korxonasi yuk 
    oluvchiga zararlangan yukni yetkazib bersa, sud kreditorga bunday zararni kim 
    yetkazganligini, mahsulot yuboruvchi tashkilotmi yoki temir yo‟l korxonasi 
    tomonidan 
    yetkazilganligini, 
    bunday 
    zararning 
    sifatsiz 
    tovar 
    yuboruvchi 
    tashkilotning aybi, huquqqa xilof harakati bilan bo‟lgan-bo‟lmaganligini yoki tashish 
    uchun qabul qilingan yukning yo‟lda saqlanishini ta‟minlamagan temir yo‟l 
    korxonasining huquqqa xilof harakatlaridan bo‟lgan-bo‟lmaganligini aniqlashi 
    lozim.
    FKning 324-moddasida ko‟rsatilganidek, qarzdor majburiyatni 
    bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga 
    yetkazilgan zararni to‟lashi shart. Bunda shartnoma bilan belgilanadigan 
    majburiyat munosabatlarida ham sababiy bog‟lanish muammosini qo‟yish 
    va hal qilish zarurligi kelib chiqadi. 


    266 
    Muayyan bir natija qator sabablarning oqibati bo‟lishi mumkinligi 
    tufayli, kreditorning zarar ko‟rishiga aloqasi bo‟lgan qarzdorning har 
    qanday harakati ham huquqiy ahamiyatga ega.
    Qachonki natija, ya‟ni kreditorga zarar yetkazilishi qarzdorning 
    huquqqa xilof harakati yoki harakatsizligidan bevosita vujudga kelganligi 
    ma‟lum bo‟lsa, ya‟ni to‟g‟ridan-to‟g‟ri sababiy bog‟lanish mavjud bo‟lsa, 
    u holda masalaning hal etilishi uncha qiyinchilik tug‟dirmaydi. 
    Qarzdorning huquqqa xilof harakati yoki harakatsizligi bilan sodir 
    bo‟lgan natija o‟rtasidagi sababiy bog‟lanish qarzdorning majburiyatni 
    butunlay bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun 
    javobgarlikka tortilishiga obyektiv asos bo‟ladi. Shu bilan birga, qonun 
    javobgarlikning subyektiv asosini ham, ya‟ni qarzdorning aybini ham 
    nazarda tutadi. 
    Majburiyat bajarilmaganligi uchun qarzdorning javobgarligini 
    belgilaydigan shart sifatida ko‟riladigan ayb qonunda nazarda tutilgan. 
    Jumladan, FKning 333-moddasida ko‟rsatilganidek, qarzdor aybi bo‟lgan 
    taqdirda 
    majburiyatni 
    bajarmaganligi 
    yoki 
    uni 
    lozim 
    darajada 
    bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada 
    boshqacha tartib belgilanmagan bo‟lsa, javob beradi.
    Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o‟ziga bog‟liq 
    bo‟lgan hamma choralarni ko‟rganligini isbotlasa, u aybsiz hisoblanadi. 
    Aybning yo‟qligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi. 
    Yuqorida yozilgan nazariy asosni quyidagicha izohlash o‟rinlidir 
    Masalan, 
    mebel fabrikasiga qarashli yuk kirakash avtopark mashinasida tashilishida yong‟in 
    bo‟lib, fabrikaga mulkiy zarar yetkaziladi. Da‟vo ishining sudda ko‟rilishida 
    avtopark yong‟in bo‟lishida aybi yo‟qligini isbotlay olmadi. Binobarin, fabrikaning 
    mashinadagi yong‟in natijasida ko‟rgan zararini to‟lashga avtopark majbur qilinadi. 
    Fuqarolik huquqi fanida, ayb qasd yoki ehtiyotsizlik (beparvolik) 
    shaklida ifodalanadi. 
    Qasd shaklida ayb bo‟lishida shaxs majburiyatni ongli ravishda, 
    atayin bajarmaydi yoki lozim darajada bajarmaydi. 
    Fuqarolik muomalasida majburiyatni bajarishga nisbatan bunday 
    munosabatda bo‟lish faqat ayrim hollardagina uchraydi. Umumiy qoida 
    sifatida tashkilotlar va fuqarolar o‟z zimmalariga olgan majburiyatlarni 
    bajarishga vijdonan munosabatda bo‟ladilar. 
    Majburiyatlarning ayrim turlari bo‟yicha qasd shaklida ayb 
    qonunlarda bevosita nazarda tutiladi. 
    Tashkilotlar tomonidan majburiyatlarning qasddan bajarilmasligi 
    ularning fuqarolik-huquqiy (mulkiy) javobgarlikka tortilishiga, ba‟zi 


    267 
    hollarda mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarlikka ham tortilishiga 
    sabab bo‟lishi mumkin. 
    Aybning navbatdagi shakli esa – beparvolikdir. Beparvolikda qarzdor 
    majburiyatni bajarishga intilmaydi, harakat qilmaydi, buning uchun barcha 
    kuch va qobiliyatini yetarli darajada safarbar qilmaydi, ishni bajarishda 
    diqqatsizlikka, e‟tiborsizlikka yo‟l qo‟yadi. Beparvolik shaklidagi ayb ham 
    FKning tegishli moddalarida belgilab qo‟yilgan. 
    Fuqarolik kodeksida qo‟pol ehtiyotsizlik oddiy ehtiyotsizlik, oddiy 
    beparvolikdan farqlanadi. Qonun ba‟zi hollarda qarzdorga javobgarlik 
    belgilash uchun oddiy ehtiyotsizlik (beparvolik) emas, balki qo‟pol 
    ehtiyotsizlik bo‟lishini shart qilib qo‟yadi. 
    Agar majburiyat har ikki tarafning aybi bilan bajarilmagan bo‟lsa, u 
    holda sud qarzdorning javobgarligini tegishlicha kamaytiradi. 

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish