Fuqarolik-huquqiy javobgarlikda qo‟llaniladigan fuqarolik ta‟sir




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

 
Fuqarolik-huquqiy javobgarlikda qo‟llaniladigan fuqarolik ta‟sir 
choralari 
 


257 
Umumiy qoida bo‟yicha fuqarolik javobgarlik choralari zararni 
qoplash, neustoyka to‟lash, zakalatdan maxrum bo‟lishda namoyon 
bo‟ladi. Ayni paytda, bundan tashqari ham fuqarolik javobgarlik ta‟sir 
chorasi sifatida baholanishi mumkin bo‟lgan huquqiy ta‟sir choralari tizimi 
mavjud. Biroq ushbu tizim kengaytirilgan holda ham talqin etiladi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralarini nafaqat zararni qoplash, 
neustoyka to‟lash, balki musodara xarakteridagi choralar, shuningdek
alohida notipik xarakterdagi choralar ko‟rinishida bo‟lishi ham mumkin. 
Notipik choralar jumlasiga, masalan, badnom qiluvchi ma‟lumotlar 
bo‟yicha raddiya berish, asarga haqiqiy muallif muallifligini inkor etgan 
huquqbuzar tomonidan muallifni e‟tirof etish va shu kabilar kiradi. 
Fuqarolik-huquqiy munosabatlar doirasi nihoyatda keng, demak ta‟sir 
choralari doirasi nihoyatda keng bo‟ladi. 
Odatda, fuqarolik javobgarlik usullari bilan himoya usullari 
farqlanadi. 
Fuqarolik-huquqiy 
himoya 
usullari 
ko‟p 
hollarda 
huquqbuzarlikni oldini olishga, huquqbuzarlikka yo‟l qo‟ymaslikka 
yo‟naltirilgan bo‟ladi. Biroq, ba‟zi holatlarda fuqarolik huquqlarini himoya 
qilmish usuli va javobgarlik chorasi, shakli aynan bir xil bo‟lishi mumkin. 
Fuqarolik javobgarlik choralari FK, fuqarolik qonun hujjatlarida va 
boshqa normativ hujjatlarda, shuningdek, lokal normativ hujjatlarda 
belgilab qo‟yilgan bo‟lishi lozim. Sud tomonidan fuqarolik javobgarlik 
chorasini qo‟llashda ushbu qoida imperativ xarakterga ega bo‟ladi. Chunki 
FKning 5-moddasi 3-qismiga ko‟ra, fuqarolik huquqlarini cheklaydigan va 
javobgarlik belgilaydigan normalarni o‟xshashlik bo‟yicha qo‟llanishga 
yo‟l qo‟yilmaydi. 
Bunda normativ manbalarda ko‟rsatilgan fuqarolik ta‟sir choralari 
qat‟iy yopiq ro‟yxat asosida belgilab qo‟yilgan degan xulosaga kelish 
o‟rinli bo‟lmagan bo‟lur edi. Bu asosan ta‟sir chorasi sud tomonidan emas 
taraflarning ixtiyoriy kelishuvi asosida qo‟llanilishiga nisbatan taaluqlidir.
Amaldagi FKda belgilangan fuqarolik ta‟sir choralari fuqarolik 
huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasining kengayishi 
bilan o‟zini universal xarakterini zaiflashtirishi mumkin. 
So‟ngi vaqtlarda fuqarolik huquqi munosabatlari bilan tartibga 
solinadigan shaxsiy munosabatlar doirasi, turlari kengaymoqda. Muayyan 
shaxsiy huquqlarni vujudga kelishi, ularni amalga oshirish xususiyatlari 
doirasi va shartlari, qonun hujjatlarida belgilab qo‟yish holatlari 
uchramoqda. Masalan, fuqaroning nomiga bo‟lgan huquq va boshqalar.
Bundan tashqari fuqarorlik munosabatlari doirasi kengayib, o‟ziga 
xos xususiyatlarga ega bo‟lgan tashkiliy-huquqiy xarakterdagi korporativ 


258 
munosabatlar kirib kelmoqda. Umuman olganda hayotning rang barangligi 
va mudom rivojlanishda ekanligi, fuqarolik huquqida erk muxtoriyati va 
taraflarning tashabbuskorlik ustuvorligining mavjudligi javobgarlik 
choralarini normativ asosda qat‟iy belgilanishini istisno etadi. Demak, 
kelgusida shaxsiy, mulkiy va tashkiliy munosabatlar bo‟yicha, shu 
munosabatlarning 
xarakteridan 
kelib 
chiqib, 
taraflarni 
huquqiy 
munosabatda insofli bo‟lishga, o‟z majburiyatlarini o‟z vaqtida tegishli 
tartibda bajarishini rag‟batlantiradigan va majbur qiladigan huquqbuzar 
uchun noqulay va huquq egasi (jabrlanuvchi) uchun “taskin toptiruvchi”, 
qo‟shimcha imkoniyatlar vujudga keltiruvchi ta‟sir kuchiga ega bo‟lgan 
dispozitiv xarakterdagi javobgarlik choralari belgilanishi mumkin. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fuqarolik-huquqiy javobgarlikda qo‟llaniladigan fuqarolik ta‟sir

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish