Javobgarlik subyekti va huquqbuzarlik subyekti: o‟zaro nisbat




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

 
Javobgarlik subyekti va huquqbuzarlik subyekti: o‟zaro nisbat 
Odatda repressiv huquq tarmoqlarida huquqbuzarlik subyekti 
(huquqbuzarlik qilmishini sodir etgan shaxs) va huquqbuzarlik uchun 
javobgarlik subyekti (sodir etilgan huquqbuzarlik uchun zimmasiga 
yuridik javobgarlik yuklatilgan shaxs) deyarli farqlanmaydi. Fuqarolik-
huquqiy javobgarlikni 
qo‟llashda ham 
aksariyat ko‟p hollarda 
huquqbuzarlik subyekti ayni vaqtda fuqarolik javobgarlik subyekti sifatida 
qaraladi. Biroq, bu holat har doim ham kuzatilmaydi. 
Masalan FK 334-
moddasiga asosan basharti, qonun hujjatlari yoki shartnomada bevosita ijrochi bo‟lgan uchinchi 
shaxsning javobgarligi belgilab qo‟yilmagan bo‟lsa, zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasi 
yuklatilgan 
uchinchi 
shaxslarning 
majburiyatni 
bajarmaganligi 
yoki 
lozim 
darajada 
bajarmaganligi uchun qarzdor javob beradi. 
Bu yerda huquqbuzarlik subyekti uchinchi shaxslar, javobgarlik 
subyekti esa qarzdor hisoblanadi. O‟z navbatida qarzdor javobgarlikka 
tortilgandan so‟ng regress da‟vo qo‟zg‟atishi mumkin. 
Umumiy yuridik qoidaga ko‟ra huquqbuzarlik subyekti va 
javobgarlik subyekti uchun ham javobgarlikka tortish asosi sifatida uning 
muayyan yoshga yetganligi, aqli rasoligi, qisman yoki to‟liq muomala 
layoqatiga egaligi kabi mezonlar hisobga olinadi. Biroq zarar yetkazganlik 
uchun fuqarolik javobgarligini qo‟llashda 14 yoshga to‟lmagan zarar 
yetkazuvchining mol-mulki bo‟lgan taqdirda ushbu mol-mulkka nisbatan 
yetkazilgan zarar bo‟yicha undiruv qaratilishi mumkin. Bu holat FKning 
993-moddasi 5-qismida o‟z aksini topgan. 
FKning 996-moddasiga ko‟ra, agar vasiy vafot etsa yoxud zararni 
to‟lash uchun yetarlicha mablag‟ga ega bo‟lmasa, zarar yetkazuvchining 
o‟zi esa bunday mablag‟ga ega bo‟lsa, sud jabrlanuvchining va zarar 
yetkazuvchining mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga 
olib, zararni to‟lig‟icha yoki qisman muomalaga layoqatsiz zarar 
yetkazuvchining mol-mulki hisobidan to‟lash to‟g‟risida qaror qabul 
qilishga haqli. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Javobgarlik subyekti va huquqbuzarlik subyekti: o‟zaro nisbat

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish