• Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari
  • Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet128/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

    Fuqarolik-huquqiy 
    javobgarlik 
    deb, 
    fuqarolik 
    qonun 
    hujjatlari yoki shartnomalarda nazarda tutilgan, ixtiyoriy amalga 


    253 
    oshirilmagan taqdirda davlat majburlov kuchi bilan ta‟minlangan, 
    fuqarolik huquqbuzarligi oqibatlarini bartaraf etishga, shu 
    jumladan, zararlarni to‟liq qoplashga yoxud ushbu oqibatlarni 
    yumshatishga qaratilgan, huquqbuzar yoki qonun hujjatlarida 
    javobgarlik zimmasiga yuklatilgan subyektlarni muayyan subyektiv 
    huquqlardan 
    maxrum 
    qilish 
    yoki 
    qo‟shimcha 
    fuqarolik 
    majburiyatlarini yuklash yoxud boshqa noqulay salbiy oqibatlarni 
    vujudga 
    keltirishda 
    namoyon 
    bo‟ladigan 
    huquqiy ta‟sir 
    choralarning qo‟llanilishidir. 
    Ushbu ta‟rif umumiy universal xarakterga ega bo‟lib, u shartnomaviy 
    majburiyatlar sohasiga hamda delikt sohasiga ham to‟laqonli taalluqli 
    bo‟ladi. Ayni paytda nafaqat mulkiy ta‟sir choralarini, balki nomulkiy 
    shaxsiy ta‟sir choralarini ham javobgarlik ta‟sir choralari sifatida 
    qo‟llanilishini istisno etmaydi.
    Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari 
     
    Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari yagona tarkibga egami yoxud 
    u javobgarlikni vujudga kelish asoslariga ko‟ra farqlanadimi, degan masala 
    muhim 
    amaliy 
    ahamiyatga 
    ega. 
    Agarda 
    FKning 
    333-moddasi 
    (majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari) va 985-moddasi 
    (zarar yetkazganlik uchun javobgarlik asoslari) mazmunidan kelib 
    chiqiladigan bo‟lsa, u holda fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari yagona 
    tarkib ko‟rinishida mavjud bo‟lmaydi, deb aytish mumkin. Yuqoridagi har 
    ikkala tarkib o‟z elementlari va ushbu elementlarni mavjud bo‟lishi 
    shartliligi nuqtai nazardan turlicha bo‟lib hisoblanadi.
    Masalan, FKning 333-moddasi bo‟yicha quyidagilar majburiyatlarni 
    buzganlik uchun javobgarlikning zaruriy elementlar sifatida belgilab 
    qo‟yilgan a) majburiyatni bajarilmaganligi yoki lozim darajada 
    bajarilmaganligi - huquqqa xilof qilmish sifatida; b) qarzdor aybining 
    mavjudligi; d) javobgarlik subyekti bo‟lgan qarzdorning mavjudligi. Zarar 
    ushbu tarkibda zaruriy element sifatida emas, balki fakultativ element 
    sifatida namoyon bo‟ladi 
    FKning 985-moddasi bo‟yicha javobgarlik asoslari sifatida 
    quyidagilar belgilangan: a) zararning mavjudligi, b) zarar yetkazuvchi 
    aybining mavjudligi, d) zarar yetkazuvchi harakatlarining huquqqa 
    xilofliligi, e) zararni qoplash majburiyati zimmasiga yuklatilgan 
    subyektning mavjudligi. 


    254 
    Bu o‟rinda shuni ta‟kidlash lozimki, FKning 985-moddasi bo‟yicha 
    javobgarlik asoslari o‟zining parodaksal qirralariga ham ega. Bu yerda 
    javobgarlikning mutloq asosi sifatida faqat zarar mavjud bo‟lishi kerak. 
    Qolgan elementlar mavjud bo‟lmasligi mumkin

    Masalan, 
    zarar 
    yetkazuvchining aybi bo‟lmasligi, zarar yetkazuvchi harakatlarini huquqqa muvofiq 
    bo‟lishi, muayyan qonunlar yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda javobgarlik 
    qo‟llanilmasligi uchun asos bo‟la olmaydi (masalan, oshiqcha xavf manbaidan zarar 
    yetkazilganda oshiqcha xavf egasi aybidan qat‟i nazar javob beradi yoki davlat 
    hokimiyati organlari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olinishi 
    munosabati bilan fuqaroning turar joyi buzilishi hollarida garchi hokimlik o‟z 
    vakolat doirasida qonunga muvofiq tarzda harakat qilgan bo‟lsa ham, baribir turar 
    joy buzilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplashi shart). Zarar yetkazuvchi 
    subyekt zimmasiga javobgarlikni yuklashga qonun yo‟l qo‟ymasligi (14 yoshgacha 
    bo‟lgan bolalar tomonidan zarar yetkazilganda) holatlari ham mavjud. 
    Boshqacha aytganda, qonunda nazarda tutilgan muayyan hollarda 
    javobgarlik zarar yetkazuvchi shaxsga emas, balki boshqa shaxs 
    zimmasiga ham yuklanishi mumkin. Biroq yuqoridagi holatlardan 
    umumlashma xulosa chiqarib, fuqarolik javobgarlik asoslari umuman 
    yuridik javobgarlik asoslariga mutlaqo to‟g‟ri kelmaydi, degan xulosa 
    chiqarish mumkin emas. Yuqoridagi umumiy qoidadan istisnolar juz‟iy 
    xarakterga ega. Ularni qo‟llashdan maqsad fuqarolik javobgarlik asoslarini 
    mavjud real voqelikka, hayotga mosligini ta‟minlash, shuningdek, 
    javobgarlikni 
    qo‟llashda 
    adolat, 
    oqilonalik 
    tamoyillarini 
    o‟zida 
    mujassamlashtirish hisoblanadi. Umuman olganda, aksariyat ko‟p hollarda 
    majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikda ham, zarar yetkazganlik 
    uchun javobgarlikda ham fuqarolik javobgarlik asoslari umumiy yuridik 
    javobgarlik asoslariga muvofiq keladi.
    Real voqeilikda muayyan huquqbuzarlik va uning oqibatlari uchun 
    bir paytning o‟zida ikki va undan ortiq javobgarlik shakllarini qo‟llash 
    yoxud javobgarlikni muqobillik asosida qo‟llash masalasi yuzaga keladi. 
    Shuni ta‟kidlash o‟rinliki, ijtimoiy adolat va oqilonalik nuqtai nazaridan 
    olganda ommaviy huquq tarmoqlarida (jinoyat huquqi, ma‟muriy huquq, 
    bojxona huquqi) bir qilmish uchun bir javobgarlik tamoyili amal qiladi. 
    Biroq ommaviy huquqiy javobgarlik va fuqarolik javobgarlik qo‟llash 
    holatlarida bir qilmish uchun ikki javobgarlik shaklini qo‟llash holatlari 
    uchrab turadi
    . Masalan, muayyan sodir etgan jinoyat uchun jinoyatchiga nisbatan 
    ozodlikdan maxrum qilish jazosini qo‟llanilishi uni jabrlanuvchi hayoti va sog‟ligiga 
    yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarlik qo‟llashdan aslo ozod qilmaydi. Ba‟zi 
    holatlarda esa bir qilmishga nisbatan ham jinoyat huquqiy javobgarlik, ham 
    fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo‟llash imkoniyatlari mavjud va qonun talabiga 
    ko‟ra muqobillik asosida jabrlanuvchi birini tanlashi lozim bo‟ladi.


    255 
    Agar jinoiy javobgarlik qo‟llash rad etilsa, unda fuqarolik javobgarlikni 
    qo‟llashni talab qilish huquqi istisno etilmaydi. Masalan, amnistiya orqali 
    javobgarlikdan ozod qilish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish 
    imkoniyatini istisno etmaydi. 

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish