245
majburiyat bajarilmaganligi
munosabati bilan taqdim etilib, solidar
javobgarlik to‟g‟risidagi qoidalarni qo‟llash lozim bo‟lgan hollarda,
bunday javobgarlik faqat kafil yoki faqat qarzdorga
yuklatilishi mumkin
emas. Kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob berishlari kerak.
Kafillik asosiy majburiyatga qo‟shimcha xarakterda bo‟lishi shundan
iboratki, kafillik bilan faqat asosiy talab ta‟minlanishi mumkin. Agar
asosiy shartnoma uning shakliga rioya qilinmaganligi sababli yoki
shartnomada ishtirok etuvchi taraflarning muomalaga layoqatsiz bo‟lishi
tufayli va boshqa shu kabi sabablar bo‟yicha haqiqiy emas deb topilsa,
mazkur shartnomaga qo‟shimcha hisoblangan
kafillik shartnomasi ham
o‟zining yuridik kuchini yo‟qotadi.
Kafilning
javobgarligi
hajmi
asosiy
majburiyat
yuzasidan
qarzdorning javobgarligidan oshiq bo‟lishi mumkin emas. Qarzdor qanday
hajmda javobgar bo‟lsa, kafil ham shu hajmda javobgar bo‟ladi. Xususan,
kafillik shartnomasi bilan boshqacha hol belgilanmagan bo‟lsa, foizlar,
zararlar va neustoykaning to‟lanishi uchun ham javobgar bo‟ladi.
Kafilning javobgarligi qarzdor tomonidan kafillik bilan ta‟minlangan
majburiyatlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi holatlarida
vujudga keladi. Bu holda, bajarmaslik yoki
lozim darajada bajarmaslik
faqat majburiyatga nisbatan bo‟lishi lozim. Odatda, kafil kreditor oldida
solidar javobgar bo‟ladi. Bunda qonunda yoki kafillik shartnomasida
kafilning subsidiar javobgar bo‟lishi nazarda tutilishi mumkin. Bu esa o‟z
navbatida majburiyatlar subyektlarining huquq
va manfaatlarini himoya
qilishga xizmat qiladi.