227
Majburiyatlarni lozim darajada bajarish tamoyili deganda,
majburiyatlar qo‟yilgan talablarga to‟liq javob beradigan darajada, bekamu
ko‟st va belgilangan muddatda bajarilishi nazarda tutiladi. Huquqiy
munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar o‟z majburiyatlarining lozim
darajada bajarilishidan bab-baravar manfaatdor bo‟lishlari, bir-birlariga
ko‟maklashishlari faraz qilinadi.
Mazkur tamoyil yuklatilgan majburiyatlarni majburiyat shartlariga va
qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar
bo‟lmaganida esa - ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo‟yiladigan
boshqa talablarga muvofiq bajarilishini ta‟minlaydi.
Majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi jamiyat manfaati hamda
uning tobora o‟sib borayotgan moddiy va madaniy talablarini qondirishga
qaratilgan bo‟lishi lozim.
Bozor munosabatlari sharoitida majburiyatlarni lozim darajada
bajarilishidan nafaqat majburiyat o‟z foydasiga bajarilayotgan subyekt,
balki oxir-oqibatda jamiyatning har bir a‟zosi manfaatdor bo‟ladi. Chunki
barcha xo‟jalik yurituvchi subyekt tomonidan o‟z majburiyatini lozim
darajada bajarmasligi boshqa subyektlar uchun ham,
garchi ular bevosita
bunda kreditor sifatida qatnashmasalarda, salbiy oqibatlar keltirib
chiqarishi mumkin.
Majburiyatlarni lozim darajada bajarish ularni qonun hujjatlariga,
shartnoma shartlariga, ish muomalasi odatlariga, odatda qo‟yiladigan
talablarga muvofiq ravishda shartnoma narsasining sifati, miqdori, hajmi
bo‟yicha o‟z vaqtida bajarilishini anglatadi.
Majburiyatlarni bajarishning yana bir tamoyili – bu
majburiyatlar
kelishilgan va taraflar uchun maqbul usulda bajarilish tamoyilidir.
Majburiyatni bajarish usuli, agar bu usul
majburiyatning mohiyati
anglashilmasa va qonun bilan belgilab qo‟yilgan bo‟lmasa, shartnomada
ko‟rsatilgan bo‟lishi kerak (FK 238-modda). Ushbu tamoyil mazmuniga
ko‟ra o‟z navbatida majburiyatlarni real (asl holicha) bajarilishi, uni
bajarishda tejamli usullardan foydalanish, majburiyat bajarilishida
taraflarning hamkorlik qilish haqidagi qoidalarini anglatadi. Bu qoidalarni
ham shartli ravishda, garchi qonunda bevosita sanab o‟tilmagan bo‟lsa-da,
majburiyatlarni bajarish tamoyillari sifatida qarash mumkin.
Majburiyatlarning aniq bajarilishi tamoyili – shartnomada
ko‟rsatilgan harakatning aynan o‟zi bajarilishining, topshirilishi lozim
bo‟lgan narsaning (mahsulotning) asl holatida topshirilishini bildiradi. Bu
tamoyil ayrim adabiyotlarda “majburiyatlarni
asl holatda bajarish
tamoyili” deb ham nomlanadi. Bu FKning 330-moddasi mazmunidan kelib
chiqib belgilangan.
228
Majburiyatning qarzdor aybi bilan kechiktirilishi yoki lozim darajada
bajarilmasligi hollarini nazarda tutib, belgilangan neustoyka (jarima,
penya)ning ham majburiyatning lozim darajada bajarilmasligi natijasida
kelib chiqqan zararning undirilishi – majburiyatni asl holida bajarishdan
qarzdorni ozod qilmaydi.
Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari majburiyatni bajarishda
bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama
o‟zgartirishga yo‟l qo‟yilmaydi (FK 237-modda). Ammo bu qoida
yuqorida aytilganidek, qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba‟zi
majburiyatlar uchun qo‟llanilmaydi. Chunonchi, topshiriq shartnomasi
bo‟yicha topshiriq beruvchi bergan topshirig‟ini har vaqt bekor qila oladi,
topshiriq olgan shaxs xohlagan vaqtida topshiriqni bajarishdan bosh torta
oladi. Temir yo‟l va boshqa turdagi transport vositasida yo‟lovchilar
tashish munosabatida ham yo‟lovchi talabi
bilan shartnoma har qachon
bekor qilinishi mumkin.
Majburiyatlarni bajarishda tejamlilik qoidasiga muvofiq majburiyatni
bajarishda taraflar kam xarajat bilan ko‟p foyda keltirishga qaratilgan
harakatlarni qilishlari lozim. Bu qoida kreditor va qarzdorga majburiyatni
bajarish jarayonida eng qulay hamda eng foydali usuldan foydalanish
lozimligini belgilaydi. Chunonchi, pudrat shartnomasi bo‟yicha pudratchi
ishni buyurtmachi materialidan bajarishda materialni tejamlilik bilan
sarflashi va u noto‟g‟ri ishlatilishi uchun javobgar bo‟lishi belgilangan.
Yuk tashish shartnomasiga asosan yuk tashuvchi yukni eng qisqa yo‟ldan
tashishi ko‟rsatilgan.
Majburiyatlarni bajarishda o‟zaro hamkorlik va tejamkorlikda
bajarish tamoyillari ham mavjud. Majburiyatlarni bajarishda o‟zaro
hamkorlik tamoyiliga binoan har ikki tomon majburiyatni bajarishda bir-
birlariga zarur bo‟lgan yordamni ko‟rsatishlari lozim. Chunonchi, kreditor
majburiyatning bajarilishini talab qilish huquqiga ega bo‟lishi bilan birga
qarzdorning o‟z majburiyatini bajarishda
unga yordam berishga,
ko‟maklashishga ham majbur. Masalan, kontraktatsiya shartnomasiga
muvofiq qishloq xo‟jalik mahsulotlarining davlat yo‟li bilan xarid
qilinishida tayyorlovchi (mahsulot qabul qiluvchi) tashkilotlar qishloq
xo‟jalik korxonalariga mahsulotlar yetishtirishda, mahsulotni tashishni
tashkil qilishda yordam ko‟rsatishi zarur.
Majburiyatlarni tegishli shaxs uchun bajarish tamoyili Fkning
240-moddasida o‟z ifodasini topgan. Bunga asosan, agar taraflarning
kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‟lmasa
va ish muomalasi
odatlaridan yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor
229
majburiyatni bajarish chog‟ida ijroni kreditorning o‟zi yoki bu ish uchun u
vakolat bergan shaxs qabul qilayotganligini isbotlashni talab qilishga haqli
bo‟ladi va bunday talabni qo‟ymaganlik oqibatlari xavfi uning zimmasida
bo‟ladi.