224
summani, qilingan ish xarajatlarini qolgan qarzdorlardan qaytarma talab
asosida qoplata oladi. Odatda fuqarolik-huquqiy
munosabatlarda regress
majburiyatlar asosiy majburiyatni qarzdor o‟rniga uchinchi shaxslar
bajarganda yoki uchinchi shaxsning aybi bilan majburiyat bajarilmagan
hollarda yuzaga keladi.
Regress majburiyat o‟ziga xos quyidagi belgilari bilan ta‟riflanadi:
a) regress majburiyat asosiy majburiyatning hosilasi hisoblanadi;
b) unda ishtirok etuvchilarning bittasi
yoki barchasi asosiy
majburiyatning subyektlaridan hisoblanadi;
v) asosiy majburiyatni regress majburiyat taraflaridan biri tomonidan
bajarilishi yoki regress majburiyatning o‟zini vujudga kelishi, unda
ishtirok etuvchi shaxslarning harakati yoki harakatsizligi bilan bog‟liq.
Regress majburiyat bo‟yicha qatnashuvchi kreditor
regredient deb
ataladi. U albatta asosiy majburiyatda qatnashuvchi hisoblanadi. Regress
majburiyat bo‟yicha
qarzdor “regressatom” deb nomlanadi. Regressatom
asosiy majburiyatda qatnashgan yoki qatnashmagan bo‟lishi ham mumkin,
lekin asosiy majburiyatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uning muayyan
harakatlarni amalga oshirishi yoki oshirmasligiga, shuningdek regredient
uchinchi shaxs oldidagi vazifasini bajarilishiga bog‟liq
1
.
Qaytarma (regress)
majburiyat deb, bir taraf ikkinchi taraf
uchun
uchinchi shaxs oldida bajargan majburiyatni qaytarish to‟g‟risida talab qila
olish huquqiga aytiladi. Regress (qaytarma) talabda ham boshqa
majburiyatlar singari ikki taraf ishtirok etadi. Masalan, qarz shartnomasiga
asosan, qarzdorlardan biri qarzni to‟la hajmda to‟lasa, qarz majburiyati
bekor bo‟ladi. Lekin boshqa qarzdorlar uchun qarzni to‟lagan
qarzdor
ulardan tegishli summani undirish uchun qaytarma talab qila oladi. Agar
majburiyatni to‟la hajmda bajargan qarzdor bu to‟g‟rida boshqa sherik
qarzdorlarini ogohlantirmasa, sherik qarzdorlar majburiyatni bajarmagan
bo‟lsa, zarar ko‟rgan qarzdor qolgan qarzdorlarga nisbatan qaytarma da‟vo
qo‟zg‟ata olmaydi. U faqat kreditorga nisbatangina uning asossiz olganini
qaytarishi to‟g‟risida da‟vo qila oladi. Qaytarma
talab uchinchi shaxsga
nisbatan qilingan xarajatning umumiy miqdoridan oshmasligi kerak.
Qaytarma majburiyat xo‟jalik tashkilotlari o‟rtasidagi munosa-
batlarda ko‟proq tarqalgan. Chunonchi, mahsulot yetkazib beruvchi
tashkilotdan sotib oluvchi tashkilotga mahsulot sifatsiz bo‟lgani uchun
jarima to‟laganida, bunday sanksiyaga (jarima) tortilishi mahsulot
tayyorlovchi tashkilotning shartnoma shartlarini buzganligi sababli
vujudga kelganligi ko‟rsatilib, keyinchalik bu jarima summasining o‟ziga
qaytarilishi to‟g‟risida mahsulot tayyorlovchi tashkilotga qaytarma da‟vo
qo‟zg‟ata oladi.
1
Раҳмонқулов Ҳ. Мажбурият ҳуқуқи. –Т. ТДЮИ, 2005. –B.46.
225
Binobarin, qaytarma da‟vo tashkilotlar o‟rtasida har bir xo‟jalik
yurituvchi subyektning o‟z majburiyatiga nisbatan javobgarligini oshiradi
va u muayyan ahamiyatga ega bo‟ladi.