216
tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi bo‟yicha bir taraf – kompleks
litsenziar ikkinchi taraf – kompleks litsenziat, delikt munosabatlarida zarar
yetkazuvchi va jabrlanuvchi va h.k. Lekin ularning birini qarzdor, ikkinchisini esa
kreditor sifatida tushunmaslik lozim. Jumladan, har bir taraf bir vaqtning o‟zida
kreditor yoki qarzdor bo‟lib qolishi mumkin.
Fuqarolik huquqida aksariyat majburiyatlarda (shartnomalarda)
qatnashuvchi shaxslar bir vaqtning o‟zida
ham kreditor, ham qarzdor
bo‟lib hisoblanadi
.
Masalan, oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi sotilgan narsani
topshirish yuzasidan qarzdor, uning summasini talab qilib olish yuzasidan kreditor
hisoblanadi va aksincha, sotib oluvchi mol-mulkni talab qilib olish yuzasidan –
kreditor, uning summasini to‟lash yuzasidan qarzdor hisoblanadi. Binobarin, majbu-
riyatda ishtirok etayotgan taraflarda, ya‟ni kreditor va qarzdorda ham talab qilish
huquqi, ham majburiyat bo‟lsa, bunday majburiyatlar (ikki tomonlama
shartnomalar) murakkab majburiyatlar, deb ham yuritiladi.
Odatda, har bir majburiyatda ikki taraf – kreditor va qarzdor
qatnashadi. Ammo ba‟zi hollarda majburiyatda kreditor yoki qarzdor
tarafida yoxud har ikki tarafda ham bir necha shaxslar ishtirok etishlari
mumkin. Bunday majburiyatlar
ko‟p shaxsli majburiyatlar hisoblanadi.
Masalan, bir mol-mulk ikki shaxs tomonidan sotib olinganida sotuvchi huzurida
uning summasini to‟lash yuzasidan qarzdor tomonidan ikki shaxs qatnashadi.
Majburiyatda ko‟pchilik bo‟lib qatnashuvchi shaxslar
faol va
nofaol
ishtirokchilarga ajratilishi mumkin. Majburiyatda ko‟pchilik bo‟lib
kreditor tarafida qatnashuvchi shaxslar –
faol ishtirokchilar deb, qarzdor
tarafida qatnashuvchi shaxslar esa –
nofaol ishtirokchilar deb ataladi. Agar
majburiyatda qatnashuvchi shaxslar har ikki tarafda ham ko‟pchilik bo‟lib
ishtirok etsa –
aralash ishtirokchilar deb ataladi.
Ko‟p shaxslar
ishtirok etgan majburiyatlar ulushli va
sherik
majburiyatlarga bo‟linadi.
Ulushli majburiyatlarda qatnashuvchi kreditorlarning har biri
qarzdordan tegishli ulushining bajarilishini talab qilish huquqiga ega
bo‟lsa, ulushli qarzdorlardan har biri o‟ziga tegishli ulushni bajarishga
majbur bo‟ladi.
FKning 251-moddasida ko‟rsatilganidek, agar ulushli majburiyatda
bir necha kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etsa, basharti qonundan
yoki shartnomadan
boshqacha tartib anglashilmasa, u holda har bir
kreditor majburiyatni boshqalar bilan teng ulushlarda talab qilishga haqli,
har bir qarzdor esa bu talabni bajarishi shart.
Ulushli majburiyatga ikki fuqaro tomonidan ulushlarga bo‟linib
qurilgan uy-joyning sotilishida sotuvchilardan har biri o‟z ulushiga
nisbatan tegishli haqni talab qilish yuzasidan kreditor bo‟lishini misol qilib
ko‟rsatish mumkin.
217
Yuridik shaxslar o‟rtasida ham ulushli majburiyatlar vujudga kelishi
mumkin
.