213
Majburiyat taraflarining bir-birlariga nisbatan belgilangan huquq va
majburiyatlari ularning tusiga qarab farqlanadi. Ular mazmuni, obyektlari
va subyektlariga qarab quyidagi turlarga bo‟linadi:
1.
Ijobiy va salbiy mazmunli majburiyatlar. Agar majburiyat
yuzasidan qarzdor muayyan bir harakatni qilishga burchli bo‟lib, kreditor
aynan shunday harakatning qilinishini talab qilishga haqli bo‟lsa, bunday
majburiyat
ijobiy
mazmunli
majburiyat
hisoblanadi.
Huquqiy
munosabatning ko‟pchiligida ijobiy mazmunli majburiyatlar yotadi.
Masalan, oldi-sotdi, mulkni ijaraga berish, maishiy xizmat ko‟rsatish sohasida
olinadigan majburiyatlar – ijobiy mazmunli majburiyatlardir.
Agar majburiyat bo‟yicha qarzdor muayyan harakatni qilishdan
saqlanishga burchli, kreditor harakat qilishdan saqlanishini talab etish
huquqiga ega bo‟lsa bunday majburiyat s
albiy mazmunli majburiyat
hisoblanadi.