|
Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism Pdf ko'rish
|
bet | 105/159 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 2,02 Mb. | | #157348 |
Bog'liq Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)Nazorat uchun savollar:
1. Mulk huquqini himoya qilishning ashyoviy-huquqiy va
majburiyat-huquqiy
usullarining
o‟zaro
nisbati,
ularni
qo‟llash
mexanizmlarining afzal jihatlari va ulardan eng samaralisini amaldagi
qonun hujjatlari asosida tahlil qiling.
2. Vindikatsion va negator da‟volar mulk huquqini himoya qilish
tizimida qanday o‟rin tutadi va ular mulk huquqi va boshqa ashyoviy
huquqlarni himoya qilishning qaysi usullariga mansubligini muhokama
qiling.
3. Olimov va Valiyeva Sobitovga o‟zlariga tegishli erkaklar va
ayollar paltosini lombard evaziga qarz olib turish uchun topshirishdi.
Ikkala palto ham Sobitov tomonidan lombandga berildi (va buning uchun
ma‟lum vaqt o‟tgach pul olindi), keyin Olimov va Valiyeva tomonidan
berilgan pul evaziga qaytarib olindi, lekin Sobitov uni egalariga
qaytarmadi. Shu munosabat bilan Olimov va Valiyeva paltolarning haqini
qaytarish to‟g‟risida Sobitovga nisbatan da‟vo qilishdi. Sud vindikatsion
da‟vo normalari asosida paltoning o‟zini yoki qiymatini qaytarish
to‟g‟risida qaror qildi.
Sudning qarori to‟g‟rimi? Masalani tahlil qiling.
4. Qosimovning yo‟qolgan mol-mulklari ichida charm kurtkasi ham
bor edi. Surishtiruv organi tomonidan kurtka Odilov ismli shaxsning
pasporti bilan lombardga garovga qo‟yilganligi, lekin u pasportda
ko‟rsatilgan manzilda yashamasligi aniqlangan.
Qosimov lombarddan kurtkasini qaytarish uchun da‟vo qo‟zg‟atdi.
Lombard da‟voga qarshilik bildirib, lombardda ustavga ko‟ra o‟ziga
garovga topshirilgan narsalar aynan shu fuqaroga tegishli yoki tegishli
emasligi
tekshirilmasligi,
Odilovdan
olingan
kurtka
ham
tekshirilmaganligini va nihoyat, Qosimovga kurtka qaytarilsa, lombardga
iqtisodiy zarar bo‟lishini, chunki kurtkani lombardga topshirgan fuqarodan
to‟lovni qaytarish mumkin emasligini bildirgan.
Ish qanday hal qilinadi?
|
| |