15-MAVZU. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

 


200 
15-MAVZU. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY 
HUQUQLARNI HIMOYA QILISH 
 
Mulk huquqini himoya qilish tushunchasi va usullari. Vindikatsion 
va negator da‟volar. Mulkiy huquqini fuqarolik huquqi normalari bilan 
himoya qilishning boshqa usullari. 
Mulk huquqini himoya qilish tushunchasi va usullari 
O‟zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mulkdor 
mulkiga o‟z hohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf 
etadi. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina 
mulkidan mahrum etilishi mumkin. Uning bu huquqini mahrum etishga 
hech kim haqli emas. Ammo ijtimoiy turmushda, hayotda shunday holatlar 
bo‟ladiki, mulkdorning bu huquqiga daxl qilinadi, tajovuz qilinadi. Bu 
holatda mulkdor yoki mulkdor bo‟lmagan ega mulk huquqi va boshqa 
ashyoviy huquqlarni himoya qiluvchi usullardan foydalangan holda o‟z 
buzilgan huquqlarini tiklashga harakat qiladi.
Mulk huquqi himoya etilmas ekan, mulkiy munosabatlar normal 
tarzda rivojlana olmaydi. Shu sababli davlat turli huquq normalari orqali 
mulkdorning mulkka bo‟lgan huquqini himoya etilishini kafolatlaydi. 
Mulkdor faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar va tartibdagina 
mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Mulk huquqini himoya qilishda Fuqarolik huquqi normalari muhim 
rol o‟ynaydi. Mulk huquqini himoyasini ta‟minlashda fuqarolik huquqi 
me‟yorlari turli xil vazifalarni bajaradi. Ba‟zi bir me‟yorlar moddiy 
ne‟matlarning u yoki bu shaxslarga tegishli ekanligini mustahkamlaydi. 
Mulk huquqini vujudga kelishi va bekor bo‟lishi haqidagi me‟yorlar 
shunday meyo‟yorlar jumlasiga kiradi. Ikkinchi guruh me‟yorlari esa 
mulkdorga tegishli huquqlarni amalga oshirish uchun lozim bo‟lgan 
sharoitlarni ta‟min etsa, nihoyat uchinchi guruh me‟yorlari mulk huquqini 
bevosita barcha uchinchi shaxslarning ta‟siridan qo‟riqlash va himoya 
etish vazifasini bajaradi. Bunday me‟yorlarga mulkdorga yetkazilgan 
moddiy zarar uchun javobgarlikni belgilovchi me‟yorlarni kiritish 
mumkin
1
.
1
Эргашев В.Ё. Ўзбекистон Республикасида мулк ҳуқуқининг долзарб муаммолари ва ривожланиш 
истиқболлари. –Тошкент: ТДЮИ, 2009. -157 б. 


201 

Download 2,02 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  15-MAVZU. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish