• Umumiy mulk turlari
  • Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

     
     
     
     
     
     
     
    Umumiy mulk huquqining rejimi 
    FKning 217-moddasi 1-qismiga ko‟ra, agar ulushli mulk 
    ishtirokchilarining ulushlari qonun asosida belgilanishi mumkin bo‟lmasa 
    hamda uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilab qo‟yilgan 
    bo‟lmasa, ulushlar teng deb hisoblanadi. Bu qoida umumiy ulushli mulk 
    ishtirokchilari ulushlari tengligining prezumpsiyasini mustahkamlaydi. 
    Ammo, bu prezumpsiya rad qilinishi mumkin, chunki ulushlar, basharti 
    qonun asosida aniqlanishi mumkin bo‟lmasa hamda umumiy ulushli 
    mulkning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilanmagan bo‟lsa 
    teng hisoblanadi.
    Qonun 
    chiqaruvchi 
    tomonidan 
    umumiy 
    ulush 
    huquqidagi 
    ulushlarning 
    tengligi 
    prezumpsiyasini 
    ishlatilishi 
    fuqarolik 
    qonunchiligining umumiy tamoyili–fuqarolik-huquqiy munosabatlarni 
    tartibga solishda oqillik va adolat talablariga rioya qilishning 
    ko‟rinishlaridan biridir. Umumiy ulushli mulk munosabatlarining 
    ishtirokchilariga kelishuvga erishish orqali odatiy tartibni o‟zgartirish 
    hamda umumiy mulk huquqidagi ulushlarning o‟zgacha miqdorlarini 
    belgilash imkoni taqdim etilgan.
    Umumiy
     
    mulk turlari 
    Ulushli mulk (mol-mulk 
    mulkdorlardan har birining mulk 
    huquqidagi ulushi aniqlab 
    qo
    ʻ
    yilgan)
    Birgalikdagi mulk (ulushlari 
    aniqlab qo
    ʻ
    yilmagan) 


    191 
    Ulushlar tengligining prezumptsiyasi tom ma‟noda umumiy ulushli 
    mulkka nisbatan mustahkamlangan bo‟lsa ham, u umumiy birgalikdagi 
    mulkka nisbatan ham, qachonkim u ajratilgan yoki taqsimlangan holatda 
    barchaning yoxud faqat ajralayotgan sherik mulkdorning ulushini aniqlash 
    zarurati vujudga kelganda amal qilaveradi. Bu xulosa Oila kodeksining er-
    xotinning umumiy birgalikdagi mulkiga doir, shuningdek, dehqon xo‟jaligi 
    a‟zolarining umumiy birgalikdagi mulkiga doir normalarida o‟z tasdig‟ini 
    topadi.
    Kelishuv bilan ulushni aniqlash tartibi belgilab qo‟yilishi mumkin. 
    Bu holda u barcha ishtirokchilar uchun majburiy bo‟lib qoladi va ular 
    ulush miqdorini kelishuvda ko‟rsatilganidan boshqacha tarzda hisob-kitob 
    qilishga haqli emaslar.
    Basharti ulush miqdorining umumiy mulk obyektiga qo‟shilgan 
    hissaga bog‟liqlik sharti to‟g‟ridan-to‟g‟ri qayd etilmagan bo‟lsa, ammo 
    taraflarning munosabatlari shunday shartni faraz qilsa, u holda ulush 
    miqdori kiritilgan hissani e‟tiborga olib tegishli kelishuvga erishish yo‟li 
    bilan, erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan belgilanadi.
    Bundan tashqari, ulushlar tengligi prezumpsiyasidan chekingan holda 
    umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq ularning 
    ulushlari har bir shaxsning umumiy mol-mulkni vujudga keltirish va 
    orttirishga qo‟shgan hissasiga muvofiq aniqlanishi belgilab qo‟yilishi 
    mumkin. Ushbu hissa nafaqat umumiy mulkni tashkil etish paytida, balki 
    uning mavjudligi va faoliyatining keyingi bosqichlarida ham unga 
    kiritilgan moddiy, mehnat va o‟zga qo‟yilmalarni hisobga olib aniqlanishi 
    mumkin. Bunday vaziyat, taraflar o‟z hissalarini birlashtirib, umumiy 
    xo‟jalik maqsadiga yetish uchun birgalikda harakat qilishni boshlaydigan 
    oddiy shirkat shartnomasini tuzishda yuzaga keladi. Birgalikdagi faoliyat 
    mobaynida har bir ishtirokchining umumiy mulkka qo‟shgan hissasi 
    sezilarli darajada o‟zgarishi mumkin.
    Ulushlarning miqdorini aniqlash to‟g‟risidagi umumiy qoidalarni 
    rivojlantirgan holda O‟zbekiston Respublikasi FK 217-moddasining 
    uchinchi qismi bunda umumiy mulkka ajralmas yoki ajraladigan 
    yaxshilashlar kiritilganini hisobga olishni taklif etadi.
    Yaxshilash deganda qonun chiqaruvchi mol-mulkning qiymatini 
    oshirgan yoki uning iste‟mol xususiyatlarini qulaylashtirgan oqilona va 
    o‟rinli o‟zgartirishlarni tushunadi.
    Ajratib olinadigan deb ashyodan unga sezilarli ziyon yetkazmasdan 
    ayirib olish mumkin bo‟lgan yaxshilashlar tan olinadi. Basharti bunday 
    ajratib olish zararni yetkazsa uning boshlang‟ich holatiga nisbatan 


    192 
    ashyoning 
    yomonlashuvi 
    muqarrar 
    bo‟lsa, 
    yaxshilashlar 
    ajratib 
    olinmaydigan deb hisoblanadi.
    Agar ulushli mulk ishtirokchisi belgilab qo‟yilgan tartibga amal 
    qilgan holda umumiy mol-mulkni o‟z hisobidan ajratib olish mumkin 
    bo‟lmaydigan tarzda yaxshilagan bo‟lsa, u mol-mulk qiymatining ortishiga 
    mutanosib ravishda o‟z ulushining tegishli darajada ko‟paytirilishini talab 
    qilishga haqli bo‟ladi. Bundan xulosa shuki, belgilab qo‟yilgan tartibga 
    amal qilinmagan bo‟lsa (masalan, mol-mulkka yaxshilash kiritish uchun 
    barcha sherik mulkdorlarning roziligi olinmagan bo‟lsa), sherik mulkdor 
    o‟z ulushi miqdorini ko‟paytirilishiga haqli bo‟lmaydi. Yaxshilashlar 
    ajratib olinadigan bo‟lsa, sherik mulkdor yaxshilash kiritish uchun 
    umumiy mulkning boshqa ishtirokchilarini roziligini so‟rashi shart emas, 
    chunki yaxshilashlar umumiy mulkka ziyon yetkazmasdan ajratib olinishi 
    mumkin bo‟ladi. Ajratib olinadigan yaxshilashlarning taqdiri barcha sherik 
    mulkdorlarning roziligi bo‟yicha aniqlanadi. Ular yaxshilashni kiritgan 
    shaxsga umumiy mulkdagi ulushlarni o‟zgartirmagan holda tegishli 
    kompensatsiya to‟lash; yaxshilashni kiritgan sherik mulkdorning ulushini 
    ko‟paytirish va h.k. to‟g‟risida kelishib olishlari mumkin. Bunday kelishuv 
    bo‟lmasa ajratib olinadigan yaxshilashlar ularni kiritgan shaxsning 
    mulkiga o‟tadi.
    Ulushli mulkdagi mol-mulk uning barcha ishtirokchilarining 
    kelishuvi bilan tasarruf etiladi. Amaldagi FK ulushli mulkchilikdagi mol-
    mulk hamda ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi ulushini tasarruf 
    etishning turli tartibi belgilangan. Jumladan, birinchi holatda umumiy 
    mulkni barcha ishtirokchilarining roziligi talab qilinsa, ikkinchi holda esa 
    ulushli mulk mulk ishtirokchisi ulushini o‟z ixtiyoriga ko‟ra tasarruf qilishi 
    mumkin. Mol-mulkni tasarruf qilish deb unga nisbatan har qanday 
    bitimlarni tuzish, shuningdek, mol-mulkka nisbatan o‟zga tasarrufiy xatti-
    harakatlarni (uni o‟zgartirish, qayta qurish, mulkdan voz kechish, mol-
    mulkni buzish va sh.k.) sodir etishga aytiladi. 
    Umumiy mulkni tasarruf etishda: umumiy mulk huquqining bir 
    ishtirokchisi – bitta ovoz tamoyili amal qiladi. Ulushni miqdori inobatga 
    olinmaydi; barcha sherik mulkdorlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori 
    zarur bo‟ladi. Kelishuv bo‟lmagan taqdirda nizo sherik mulkdorlardan 
    istalgan birining da‟vosi bilan sudda hal etilishi mumkin.
    Umumiy qoida bo‟yicha, ulushni tasarruf etish uchun boshqa sherik 
    mulkdorlarning roziligi talab etilmaydi. Ulushli mulkning ishtirokchisi o‟z 
    xohish-ixtiyori bilan mulk huquqidagi ulushini sotishi, sovg‟a qilishi, 
    vasiyat qilib qoldirishi, garovga berishi yoki boshqacha tarzda tasarruf 


    193 
    qilishi mumkin. Haq olib tasarrufdan chiqarishda ulushli mulk 
    ishtirokchilari tomonidan ulushni imtiyozli sotib olish huquqi amal qiladi.
    Ishtirokchilardan biri tomonidan umumiy ulushli mulkdagi mol-
    mulkni tasarruf qilishga oid bitimlar yoki o‟zga harakatlarning sodir etishi 
    boshqa ishtirokchilarning roziligi bo‟lmaganda bunday bitimlarning o‟z-
    o‟zidan haqiqiy emasligiga olib keladi, shu bilan u birgalikdagi mulk 
    bo‟lgan mol-mulkka nisbatan sodir etilgan bitimlarning nizoli ekanligini 
    nazarda tutuvchi fuqarolik normasi qoidasidan farqlanadi.
    Agar umumiy mulkni tasarruf qilish, avvalo, uchinchi shaxslar bilan 
    bitimlar tuzishni nazarda tutsa, umumiy mulkka egalik qilish va undan 
    foydalanish ishtirokchilar o‟rtasidagi mol-mulkning o‟ziga, uning foydali 
    xususiyatlarini chiqarib olishga, ashyo ustidan hukmronlik qiliishga doir 
    munosabatlarni qamrab oladi.
    Bunda umumiy mulkchilikda bo‟lgan mol-mulkka egalik qilish va 
    undan foydalanish, shuningdek, uni tasarruf etish ham barcha 
    ishtirokchilarning kelishuviga ko‟ra, ulardan hech bo‟lmasa birining 
    e‟tirozi bo‟lgan taqdirda esa sud belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
    Mol-mulkka egalik qilish uning ustidan to‟liq jismoniy nazoratdan 
    iboratdir. Mol-mulkni qo‟riqlash, turarjoyda istiqomat qilish yoki 
    turarjoyga mo‟ljallanmagan binoda turish egalikning shakllari bo‟lishi 
    mumkin. Egalik barcha ishtirokchilar tomonidan umumiy kelishuvga 
    muvofiq amalga oshiriladi. Barcha ishtirokchilarning ashyoga teng 
    erishuvi (foydalanishi) kelishuvda nazarda tutilishi shart emas. Agar hech 
    bo‟lmaganda bitta ishtirokchi umumiy rozilik bilan ashyoni nazorat 
    qilayotgan bo‟lsa, egalik amalga oshirilyapti deb hisoblanishi mumkin. 
    Shunga muvofiq, uchinchi shaxslar tomonidan egalikning buzilishi 
    ishtirokchilardan istalgan biri tomonidan huquqbuzarga qarshi qaratilgan 
    egalikni (mulk huquqini) himoyalash to‟g‟risida da‟vo kiritish huquqini 
    beradi.
    Ulushli mulkning ishtirokchilari umumiy mulkdan yaxlit holda yoki 
    uning ayrim qismlaridan foydalanishlari va unga egalik qilishlari mumkin. 
    Tanlov, odatda, umumiy mulk huquqi obyektiga bog‟liq bo‟ladi. 
    Bo‟linmas ashyolar yagona birlik sifatida ishlatiladi. Masalan, bir yoki bir 
    necha qishloq xo‟jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilarning umumiy mulki 
    sifatida xarid qilingan murakkab texnika har bir sherik mulkdor tomonidan 
    mulk huquqidagi ulushiga muvofiq muayyan vaqt ishlatiladi. Umumiy 
    ulushli mulkdagi xonadonga ega oila a‟zolari xonalardan bir qismini 
    alohida (masalan, yotoqxona, kabinet va x.k.), boshqa qismidan esa 
    (vannaxona, oshxona, koridor va x. k.) birgalikda foydalanadilar.


    194 
    Ishtirokchilar tomonidan egalik mulkdorlar sifatida amalga 
    oshiriladi, shu sababli ular, o‟zlari uchun egalik qilgan holda, bir paytning 
    o‟zida ashyodan foydalanish huquqini amalga oshirmoqda, uni saqlash 
    bo‟yicha majburiyatlarni bajarmoqda va boshqa jihatlardan ham o‟zlarini 
    uning mulkdori sifatida tutishyapti deb faraz qilinadi. Demak, mol-mulkni 
    ishtirokchiga (ulush egasiga) egalikka yoki foydalanishga ajratish bir 
    paytning o‟zida shu mol-mulkka nisbatan mulkdorning barcha huquqlarini 
    alohida kelishuvsiz amalga oshirishni bildiradi. Ammo ashyodan foydani 
    unga egalik qilmasdan ham chiqarib olishning imkoni bo‟lsa, bu holda 
    foydalanish alohida kelishuv predmetiga aylanishi mumkin.
    Sherik mulkdorlar ulushlarining miqdori nafaqat umumiy mulkka 
    egalik qilish va undan foydalanishda, hosil, mahsulot va daromadlarni 
    taqsimlashda, balki uni saqlab turish, asrash xarajatlarni ko‟tarishda ham 
    jiddiy ahamiyat kasb etadi. Har bir sherik mulkdor o‟z ulushiga mutanosib 
    ravishda umumiy mulkni saqlash bo‟yicha xarajatlarda ishtirok etishi 
    shart.

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish