188
ekanligi to‟g‟risida borishi faraz qilinadi. Vaholanki, ko‟p subyektli mulk
munosabatlarida gap mulkning yagona huquq subyektini tashkil
etmaydigan bir necha shaxsga tegishli ekanligi xususida boradi. Buning
ustiga ayrim hollarda jamoaviy deb yuridik shaxslarga tegishli mulk
tushuniladi.
FKning 216-moddasi ikkinchi qismga muvofiq umumiy mulkning
ikki xil: ulushli va birgalikdagi turlari farqlanadi. Har bir ishtirokchining
ulushi belgilangan mulk ulushli bo‟ladi, demak-ki, ulushlar belgilanmagan
mulk birgalikdagi hisoblanadi.
Qonun faqat qat‟iy belgilangan hollardagina birgalikdagi mulk
munosabatlari vujudga kelishiga yo‟l qo‟yadi. Sababi shuki,
birgalikdagi
mulk ishtirokchilari tomonidan vakolatlarni amalga oshirish juda o‟ziga
xos bo‟lib, ular tomonidan FK va maxsus qonunchilik qoidalarining
qo‟llanilishi ular o‟rtasidagi munosabatlarning yuqori darajada ishonchli
deb faraz qilinadi. Aynan shuning uchun ham qonun, birgalikdagi mulkni
ulushli mulkka aylanishiga ruxsat bersa ham, umumiy qoida bo‟yicha
buning teskarisiga yo‟l qo‟ymaydi.
Qayd etish lozimki, birgalikdagi mulkda mol-mulkning umumiyligi
ulushli mulkka nisbatan ko‟proq darajada ifodalangan. Buni, birgalikdagi
mulk ishtirokchilari (er-xotin, dehqon xo‟jaligi a‟zolari va h. ) o‟rtasidagi
munosabatlar ancha ishonchli va barqaror xususiyatga egaligi bilan
tushuntirish mumkin. Ammo bu birgalikdagi mulkda umuman ulush
yo‟qligini anglatmaydi. Bu masaladagi
farq shundan iboratki, ulushli
mulkdagi har bir ishtirokchining ulushi, odatda, avvaldan belgilangan,
birgalikdagi mulkda esa ulush faqat umumiy mulk taqsimlanganda yoki
ajratilganda, ya‟ni birgalikdagi mulk munosabatlari tugatilgan paytda
aniqlanadi. Bu holda ham ulushli, ham birgalikdagi (yuqorida ko‟rsatilgan
holatlarda) mulkdagi ulushlar, qonun yoki shartnomada o‟zgacha tartib
belgilanmagan bo‟lsa, teng deb faraz qilinadi.
Umumiy birgalikdagi mulk o‟z vazifasini o‟zgartirmagan holda
taqsimlanishi mumkin bo‟lmagan (bo‟linmaydigan ashyolar) yoki qonunga
ko‟ra taqsimlanishi mumkin bo‟lmagan mol-mulk
ikki va undan ortiq
shaxs mulkiga o‟tgan paytda vujudga keladi.
Mol-mulkka nisbatan umumiy mulkchilik, uning bo‟linmaydigan
mol-mulkligidan, qonunga binoan bo‟linishi mumkin bo‟lmagan mol-
mulkligidan yoki bo‟linadigan mol-mulkligidan qat‟i nazar vujudga kelishi
mumkin. Basharti mol-mulk vazifasini o‟zgartirmagan holda taqsimlanishi
yoki qonunga ko‟ra taqsimlanishi mumkin bo‟lmasa, unga nisbatan
umumiy mulkchilik mol-mulkka xos bo‟lgan funkstional sifatlar yoxud
189
uning huquqiy rejimi oqibatida paydo bo‟ladi. Mol-mulk bo‟linuvchi
sirasiga kirsa, unga nisbatan umumiy mulkchilik faqatgina qonun yoki
shartnomada nazarda tutilgan holatlardagina vujudga keladi.
FK umumiy ulushli va umumiy birgalikdagi mulkni ta‟rifiga ham,
vujudga kelish asoslariga ham turlicha yondashadi. Umumiy ulushli
mulkning vujudga kelish asoslari to‟la-to‟kis aniqlanmagan. U qonunda
to‟g‟ridan-to‟g‟ri nazarda tutilgan holatlarda ham, tomonlarning kelishuvi,
sudning qarorida nazarda tutilgan holatlarda ham, shuningdek,
umumiy
ulushli mulk paydo bo‟lishiga sabab bo‟ladigan boshqa vaziyatlar ta‟sirida
ham vujudga kelishi mumkin.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining doirasi qonun bilan
cheklanmagan. Ular mulkchilikning turli shakllarini turli birikmada
ifodalashlari mumkin. Fuqarolar, fuqarolar va yuridik shaxslar o‟rtasida,
yuridik shaxslar, ma‟muriy-hududiy tuzilmalar, fuqarolar va hokazolar
o‟rtasida umumiy ulushli mulkchilik bo‟lishi mumkin. Jumladan, meros
mol-mulkning qisman egasizlik holatida bir tomondan davlat mulkchiligi,
ikkinchi tomondan esa fuqarolar va yuridik shaxslar
mulkchiligi vujudga
kelishi mumkin. Bu holda qonun mulkchilikning turli shakllarini
ifodalovchi subyektlarning umumiy mulkchiligini majburiy to‟xtalishini
talab etmaydi. Aksincha, umumiy ulushli mulkchilik faqat qonunda
nazarda tutilgan holatlardagina vujudga kelishi mumkin, bunda qonun
tomonidan uni ishtirokchilarining doirasi ham qat‟iy belgilangan.
O‟z navbatida, mol-mulkka nisbatan birgalikdagi mulkchilikning
paydo bo‟lishi faqat qonunda belgilangan hollardagina mumkin (er-
xotinning, dehqon xo‟jaligi a‟zolarining birgalikdagi mulki). Mol-mulkka
birgalikdagi mulk huquqi birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga
binoan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning qarori bilan ulushli
mulkchilik huquqiga almashtirilishi mumkin.
Bunda har bir mulkdorning
mulk huquqidagi ulushi belgilanishi lozim.
Birgalikdagi mulk ishtirokchilari o‟rtasidagi yaqin aloqalari bilan
ulushlidan ajralib turadi. Birgalikdagi mulk ishtirokchilari ulushga haqli
emaslar. Shu sababli umumiy mulkning bunday shaklini ayrim payt
ulushsiz deb ham atashadi. Birgalikdagi mulk ishtirokchilari o‟z
huquqlarini
uchinchi
shaxslarga
umumiy
mulkchilik
rejimini
to‟xtatmasdan berishga haqli emaslar. Shunday qilib, birgalikdagi mulk
ishtirokchilarining tarkibi tasarrufli bitimlar asosida o‟zgarishi mumkin
emas. Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining doirasi qonunda aniq
belgilangan.
190
Birgalikdagi mulk ishtirokchisining tasarruf etish imkoniyatlari
ulushli mulkka nisbatan sezilarli darajada cheklangan. U nafaqat o‟z
huquqlarini boshqaning tasarrufiga o‟tkazishi,
balki boshqa ishtirokchilar
bilan munosabatlarini ulushli mulk munosabatlariga o‟zgartirmasdan turib
birgalikdagi mulk ajratilishini yoki taqsimlanishini ham talab qilishga
haqli emas. Bunda birgalikdagi mulk ishtirokchilari kelishuv yo‟li bilan
uni ulushli mulk sifatida qayta tuzishga, shakllantirishga haqli. Qayta
tuzish to‟g‟risida ham, ulushlarning miqdori to‟g‟risida ham kelishuvga
erishilmagan taqdirda qaror sud tomonidan qabul qilinadi.