|
Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qismBog'liq Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)
Nazorat uchun savollar:
1. Xususiy mulk ayni paytda fuqarolar va nodavlat yuridik
shaxslarning mulki sifatida ifodalanadi. Bunda fuqarolarning xususiy
mulki va nodavlat yuridik shaxslari mulkining o‟zaro nisbati, obyektlari
doirasi va boshqarilishidagi o‟ziga xosliklar mavjud.
Xususiy mulk huquqini himoya qilish usullari
xususiy mulk huquqini tan olish
xususiy mulk huquqi buzilishidan
oldingi holatni tiklash va xususiy
mulk huquqini buzadigan yoki uni
buzilish xavfini tug‟diradigan
harakatlarni oldini olish
Bitimni haqiqiy emas deb
topish va uning haqiqiy
emasligi oqibatlarini qo‟llash
Davlat organining va boshqa
organning yoki fuqarolar o‟zini o‟zi
boshqarish organining hujjatini
haqiqiy emas deb topish
xususiy mulk huquqini
mulkdorning o‟zi himoya
qilishi
Burchni aslicha (natura)
bajarishga majbur qilish
Zararni o‟rnini qoplash
Neustoyka undirish
Ma‟naviy ziyonni qoplash
Qonun hujjatlari barqarorligini
ta‟minlash
Davlat organi va boshqa organ yoki
fuqarolar o‟zini o‟zi boshqarish
organining qonunga zid hujjatini sud
qo‟llamasligi
Xususiy mulk huquqining vujudga
kelganligi, o‟zgarganligi va bekor
qilinganligini davlat ro‟yxatidan
o‟tkazish
178
Mazkur holatlarni muhokama qiling?
2. Amaldagi qonunchilikda “xususiylashtirish natijalarining qayta
ko‟rib chiqilmasligi va bekor qilinmasligi qoidasi” belgilangan. Qonun
buzilish holati mavjud bo‟lganda mazkur qoida amal qilish yoki qilmasligi
holatini tahlil qiling?
3. Fuqaro Abdurazzoqovlarga tegishli bo‟lgan xususiy uy-joy yo‟l
qurilishi munosabati bilan buzib tashlanishi haqida viloyat hokimining
qarori qabul qilindi. Abdurazzoqovlarga tegishli bo‟lgan xususiy uy-joy
buzib tashlangandan so‟ng, ularning oila a‟zolaridan ayrimlariga yer
uchastkasi olib berildi. Biroq, oilaning boshqa a‟zolariga yer uchastkasi
olib berish taklifi bildirmadi.
Mazkur holatda Abdurazzoqovlar oilasining xususiy mulk huquqini
himoya qilishning qanday yo‟llari mavjud? Mulk huquqi mulkdorning mol-
mulkini bevosita olib qo‟yishga qaratilmagan holda bekor qilinganda
uning huquqlari qanday himoya qilinadi?
4. Fuqaro S. sudga murojaat qilib, fuqaro D. ga tegishli bo‟lgan uy-
joy (ko‟chmas mulk)ga mulk huquqini berishini so‟radi. Bunga asos qilib,
u 20 yil davomida uy-joyga halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib
kelganligi, D. ning vafot etganligini ma‟lum qildi. Ammo sud fuqarolik
qonunchiligi orqaga qaytish kuchiga ega emasligini bildirib, rad javobini
berdi.
Fuqaro S. ning talabini muhokama qiling.
|
| |