|
Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qismBog'liq Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)Nazorat uchun savollar:
1. Mulk huquqi majburiyat huquqi bilan birga fuqarolik huquqining
kichik sohalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli mulk huquqi va majburiyat
huquqining o‟zaro nisbati va mulk huquqining fuqarolik huquqida tutgan
o‟rnini tahlil qiling?
2. Ma‟lumki, mulk huquqining mazmunida foydalanish huquqi
alohida o‟rin tutadi. Ayni paytda foydalanish huquqi alohida holda emas,
egalik qilish elementi bilan birgalikda namoyon bo‟lishi anglashiladi.
Biroq foydalanish huquqining egalik qilish elementidan alohida holda
qo‟llanilish holatlari ham kuzatiladi.
Mol-mulkka nisbatan foydalanish elementining egalik qilish
elementidan alohida holda mustaqil ifodalanish holatini tahlil qiling?
3. Olimov kechki payt ishdan qaytayotib yo‟ldan uzuk topib oldi.
Uzukni olib uyiga kelib qarasa, u tilladan yasalgan ekan. Ertasi kuni
Olimov uzukni tanish zargarga ko‟rsatib narxini surishtirganda, zargar
uzuk juda qimmat turishini aytdi. Hursand bo‟lib ketgan Olimov bu haqda
ishxonasidagi do‟sti Nazirga aytganida, Nazir unga uzukni topilmalar
idorasiga olib borish kerakligini, yo‟qsa, qonunda belgilangan javobgarlika
toritilishini aytdi. Olimov maslahat so‟rab advokatga murojaat qildi.
Unga maslahat bering?
4. Fuqaro A. notariusga murojaat qilib, fuqaro B. ga tegishli bo‟lgan
uy-joy (ko‟chmas mulk)ga mulk huquqini beruvchi orderni rasmiylashtirib
berishni so‟radi. Bunga asos qilib, u 30 yil davomida uy-joyga halol,
oshkora va uzluksiz egalik qilib kelganligi, B. ning vafot etganligi, uning
merosxo‟rlari yo‟qligini ma‟lum qildi. Ammo notarius fuqarolik
qonunchiligi orqaga qaytish kuchiga ega emasligini bildirib, rad javobini
berdi.
Fuqaro A. ning talabi o‟rinlimi? Masala qanday hal qilinishi kerak?
|
| |