• Ashyoviy huquqlar
  • Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    MULK HUQUQINING VUJUDGA KELISH ASOSLARI 
    DASTLABKI USULDA 
    HOSILA USULDA 
    Mulkni yaratish va ko‟paytirish 
    Tadbirkorlik va mehnat faoliyati 
    hamma yig‟ib olishi mumkin 
    bo'lgan ashyolarni mulkka 
    aylantirish 
    hazina 
    topilma 
    qarovsiz hayvon 
    egasiz ashyo 
    shartnoma va bitim 
    Egalik huquqini vujudga 
    keltiruvchi muddat 
    xususiylashtirish 
    vorislik asosida 


    164 
    Ashyoviy huquqlar 
    Mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar nafaqat mulkdorlarga, balki 
    fuqarolik muomalasining boshqa shaxslariga ham tegishli bo‟lishi 
    mumkin, shuning uchun ular “cheklangan ashyoviy huquqlar” deb 
    nomlanadi. Cheklangan ashyoviy huquqlar har doim mulk huquqining 
    hosilasi bo‟lib, ular kamroq huquqlar hajmi bilan farq qiladilar. Mulkdor 
    cheklangan ashyoviy huquqlar amal qilish vaqtida mol-mulkka nisbatan 
    mulk huquqini saqlab qoladi, lekin u yoki vaqtincha, yoki muddatsiz, yoki 
    muayyan darajada ushbu huquqni amalga oshirishda o‟zini cheklab 
    qo‟yadi. Demak, cheklangan ashyoviy huquqlar mavjudligi mulkdorning 
    huquqlarini o‟ziga xos cheklanishidir.
    Bozor munosabatlariga o‟tilishi, barcha mulk shakllarini va ayniqsa, 
    xususiy mulk huquqi tengligini e‟tirof etilishi, tadbirkorlik rivojlanishi 
    cheklangan ashyoviy huquqlar vujudga kelishiga sabab bo‟ldi.
    Cheklangan ashyoviy huquqlarning obyekti bo‟lib, odatda, har doim 
    ko‟chmas mulk hisoblanadi. Cheklangan ashyoviy huquqlar faqatgina 
    muayyan maqsadlarda obyektdan foydalanish imkoniyatini beradilar. 
    Cheklangan ashyoviy huquqlar ma‟lum ashyodan uzoq vaqt davomida 
    foydalanish, boshqa shaxsga ashyoga mulk huquqi o‟tish sababli ularda 
    paydo bo‟lishi mumkin salbiy oqibatlardan o‟z xavfsizligini ta‟minlash 
    maqsadini ko‟zlagan shaxslarning mulkiy manfaatlariga xizmat qiladilar.
    Cheklangan ashyoviy huquqlarning ro‟yxati FKning 165-moddasi
    1-qismida keltirilgan bo‟lib, ularga xo‟jalik yuritish huquqi va operativ 
    boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod 
    egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan 
    foydalanish huquqi, servitutlar kiradi.
    Cheklangan ashyoviy huquqlar shartnoma, bir taraflama bitim, sud 
    qarori, davlat organlari va mahalliy o‟zini o‟zi boshqarish organlarining 
    aktlari 
    va 
    huquqiy 
    vorislik 
    asosida 
    yuzaga 
    keladi. 
    Masalan,
    FK 173-moddasining 4-qismida servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs 
    bilan o‟zga yer uchastkasining egasi o‟rtasidagi bitimga muvofiq servitut 
    belgilanishini nazarda tutadi. FK 173-moddasida foydalanish uchun 
    qo‟shni uchastkadan cheklangan foydalanish huquqi o‟rnatilishi talab 
    qilinadigan yer uchastkasi mulkdori va qo‟shni yer uchastkasining 
    mulkdori o‟rtasidagi servitutni belgilash xususida nizo paydo bo‟lgan 
    holda, servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning da‟vosi bo‟yicha sud 
    tomonidan hal etiladi va mazkur holatda qo‟shni uchastkadan cheklangan 
    foydalanish huquqi sud qarori bilan o‟rnatilgan asos va hajmlarda yuzaga 
    keladi.


    165 
    Cheklangan ashyoviy huquqlar qonun, shartnoma, ashyoviy huquq 
    tegishli bo‟lgan tomonning bir taraflama harakati, sud qarori asosida, 
    xususiy alomatli ashyo nobud yoki yo‟q bo‟lishi, bir shaxsning o‟zida 
    cheklangan ashyoviy mulk mulkdori va obyekti to‟g‟ri kelishi, shunday 
    huquqlar foydasiga o‟rnatilgan shaxsning o‟limi yoki yuridik shaxs 
    tugatilishi sababli to‟xtatilishi mumkin.
    Cheklangan ashyoviy huquqlar vujudga kelishi va bekor bo‟lishi 
    davlat ro‟yxatidan o‟tkazilishi lozim.
    FKning 165-moddasida mulk huquqiga qo‟shimcha qilib beshta 
    ashyoviy huquqlar aytib o‟tiladi: xo‟jalik yuritish huquqi va operativ 
    boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod 
    egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan 
    foydalanish huquqi va servitutlar.
    Ushbu ashyoviy huquqlarning mazmuni FK va Yer Kodeksi tegishli 
    normalarida belgilanadi.

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish