Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Nazorat uchun savollar: 
1. Fuqarolik huquqida muddatlarni turlarga bo‟lish (klassifikatsiya 
qilish) asoslari va mezonlari turlichadir. Mazkur holatdan kelib chiqib
aniq amaliy ahamiyat kasb etishi nuqtai nazaridan fuqarolik huquqidagi 
muddatlarning alohida turlarini tahlil qiling? 
2. Da‟vo muddati buzilgan fuqarolik huquqlarini himoya qilish 
muddatlari orasida alohida o‟rin tutadi. Shu bois da‟vo muddatining 


154 
buzilgan huquqlarni himoya qilishdagi protsessual muddatlardan farqlarini 
izohlang? 
3. Fuqaro To‟xtayeva qo‟shnisi Aliyevadan foydalanib, qaytarib 
berish sharti bilan bir soatga changyutgich oldi. Yarim soatdan so‟ng uyni 
tozalab bo‟lgach To‟xtayeva changyutgichni qo‟shnisiniki olib chiqsa
Aliyeva uyda yo‟q ekan. Bir ozdan so‟ng To‟xtayeva oila a‟zolari bilan 
chet elga dam olishga jo‟nab ketdi va oradan ikki oy o‟tgach qaytib keldi.
Aliyeva changyutgichni so‟rab, qo‟shnisinikiga chiqsa uni topa 
olmadi. Bir hafta o‟tgach Aliyeva o‟zining chang yutgichini qaytarib 
ololmaganligi sababli, uylarni tozalash bo‟yicha xizmat ko‟rsatadigan 
firmaga buyurtma berib uylarini tozalatdi. Bu holat To‟xtayeva chet eldan 
qaytib kelib changyutgichni topshirgunicha davom etdi. Bu vaqt oralig‟ida 
Aliyeva 7 marotaba tozalash firmasining xizmatlaridan foydalanishga 
majbur bo‟ldi.
Aliyeva To‟xtayevaga murojaat qilib changyutgichni qaytarib 
bermaganligi sababli, tozalash xizmatiga to‟lagan summani qaytarib 
berishni talab qildi.
To‟xtayeva uzrli va asosli sabablarga ko‟ra dam olish safariga 
ketganligini, changyutgichni olgandan so‟ng yarim soat o‟tgach uni olib 
chiqqanligini, lekin Aliyeva uyida yo‟qligini, changyutgichni qaytarib bera 
olmaganligi uchun Aliyeva aybdorligini, shuning uchun ham tozalash 
xizmati uchun to‟langan summani qoplamasligini aytdi.
Aliyeva sudga da‟vo arizasi bilan murojaat qildi.
Taraflarning vajlarini tahlil qiling va ularga huquqiy baho bering? 
Sud qanday qaror chiqarishi lozim? Agar sud Aliyeva foydasiga qaror 
chiqarsa, tozalash firmasiga to‟lanadigan haqning miqdori nimaga asosan 
aniqlanishi lozim? Tozalash firmasiga to‟lanadigan haqning miqdori 
changyutgichning qiymatidan oshib ketsa, sud qanday qaror qabul qilishi 
kerak? 
4. Qosimov tanishi Sobirovning iltimosiga ko‟ra avtomashinasini 
tegishli tartibda rasmiylashtirib, vaqtincha foydalanish uchun beradi. 
Tomonlar Qosimovning birinchi talabi bilan avtomashinani qaytarish 
zarurligi to‟g‟risida kelishib oladilar. 2010 yil 16 mayda Qosimov yozma 
shaklda Sobirovdan avtomashinani qaytarishni talab qiladi, lekin 2 kundan 
so‟ng Qosimov vafot etadi. Uning xotini Sobirovning mashinani qaytarib 
bermaganini bilardi, lekin ma‟lum sabablar bilan qaytarib berishni talab 
etmaydi. 2013 yil 20 may kuni Sobirov o‟z tashabbusi bilan avtomashinani 
qaytarib beradi, lekin bir necha kundan so‟ng buni bilmasdan qilganini 
ma‟lum qiladi va mashinani o‟ziga qaytarilishini talab qiladi, chunki da‟vo 


155 
muddati o‟tib ketganini bilmaydi. Mashina o‟ziga qaytarib berilmasa, 
Sobirov sudga murojaat qilishini aytadi. Lekin Qosimovning xotini 
avtomashinani qaytarib berishni rad qiladi.
Taraflarning vajlariga huquqiy baho bering? Da‟vo muddatining 
uzilishi va qayta tiklanishi qoidalari ushbu masalaga aloqadormi? Ish 
agar sudda ko‟rib chiqilsa, kimning foydasiga hal bo‟lardi? 
 


156 
 

Download 2,02 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish