150
Respublikasi Fuqarolik kodeksidan farq qilib to‟rtta banddan iborat qilib
belgilangan bo‟lsa va bu davlat FKda “muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy
vakillari bo‟lmasligi” sababli da‟vo muddatining o‟tishi to‟xtatilish holati mavjud
emas. Qozog‟iston Respublikasi Fuqarolik kodeksi mamlakatimiz FK kabi da‟vo
muddati o‟tishining to‟xtalishini beshta asosdan iborat qilib belgilagan. Rossiya
FKda muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari bo‟lmasligi da‟vo muddati
o‟tishining to‟xtalishi holatining mavjud emasligi shu bilan izohlash mumkinki,
muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari mavjud bo‟lmaganligi tufayli
da‟vo muddati o‟tkazib yuborilish holatini sud uzrli sabab deb topib, o‟tkazib
yuborilgan da‟vo muddatini qayta tiklaydi. Shu munosabat bilan bu holatni da‟vo
muddati o‟tishi to‟xtalishining zaruriy bo‟lgan fakti sifatida qarash shart emas.
Muddatning to‟xtatilishiga turilishiga asos bo‟lgan holat barham
topgan kundan boshlab da‟vo muddatining o‟tishi davom etadi, bunda
muddatning
qolgan qismi olti oygacha, da‟vo muddati olti oydan kam
bo‟lsa, da‟vo muddatiga qadar uzaytiriladi.
FKning 158-moddasi da‟vo muddati o‟tishi to‟xtatilishiga asos
bo‟ladigan yana bir holatni nazarda tutadi. Unga muvofiq, agar jinoyat ishi
bo‟yicha qo‟zg‟atilgan da‟vo sud tomonidan ko‟rilmasdan qoldirilgan
bo‟lsa, da‟vo qo‟zg‟atilgunga qadar o‟ta boshlagan da‟vo muddati da‟voni
ko‟rmasdan qoldirgan hukm qonuniy kuchga kirgunicha to‟xtatib turiladi,
da‟vo muddati to‟xtatib turilgan vaqt da‟vo muddatiga qo‟shilmaydi.
Bunda muddatning qolgan qismi olti oydan kam bo‟lsa, u olti oygacha
uzaytiriladi.
Agar da‟vo sud tomonidan ko‟rilmasdan qoldirilgan bo‟lsa, da‟vo
qo‟zg‟atilganga qadar o‟ta boshlagan da‟vo muddati umumiy tartibda
davom etadi (FKning 158-moddasi 1-qismi).
Ma‟lumki, fuqarolik huquqida da‟vo muddati o‟tishining
to‟xtatilishi
da‟vo muddati o‟tishining
uzilishidan farqlanadi. Agar da‟vo muddati
to‟xtatilganda da‟vo muddati to‟xtab qolgan muddatdan davom etsa, da‟vo
muddati uzilganda u da‟vo muddatining qaysi paytida uzilganidan qat‟i
nazar yangidan boshlanadi.
Shuningdek, da‟vo muddati o‟tishining
to‟xtatilishi shaxsning erk-irodasiga bog‟liq bo‟lmagan holatlar natijasida
vujudga kelsa, da‟vo muddatining uzilishi qarzdor yoki kreditorning erki-
irodasiga asoslangan harakat natijasida vujudga keladi.
Da‟vo muddati o‟tishining uzilishi uzilish uchun asos bo‟lgan
holatlar vujudga kelgunga qadar o‟tgan muddat da‟vo muddati tarkibiga
kiritilmasligi va da‟vo muddati yangidan boshlanishini bildiradi. Da‟vo
muddati o‟tishining uzilish u to‟g‟risidagi masala butunlay tugaganligini
bildirmaydi, aksincha bunda da‟vo muddati butunlay yangidan boshlanadi.
151
FKning 157-modasi da‟vo muddati o‟tishi uzilishining quyidagi ikki
holatini belgilaydi:
1) belgilangan tartibda da‟vo qo‟zg‟atilishi bilan;
2) majbur shaxs qarzni tan olganligini ko‟rsatuvchi harakatlarni
qilishi bilan.
Da‟vo muddati o‟tishining to‟xtatilishi, da‟vo muddati o‟tishining
uzilishi bilan birgalikda fuqarolik huquqlarini himoya qilishda da‟vo
muddatining tiklanishi ham alohida ahamiyatga ega bo‟ladi. Da‟vo
muddatining
tiklanishi, da‟vo muddati o‟tishining to‟xtatilishi va
uzilishidan farq qilib, tegishli vakolatli organ tomonidan hal qiladi. Da‟vo
muddatining tiklanishi bevosita vakolatli davlat organining qaroriga
bog‟liq bo‟ladi. Agar vakolatli davlat organi mavjud vaziyatga huquqdor
shaxsning foydasiga qaror chiqarsa, da‟vo muddati tiklanadi va
aksinchadir.
O‟zbekiston Respublikasi FKning 159-moddasiga ko‟ra, basharti,
sud da‟vo muddatining o‟tkazib yuborilganligi
sababini uzrli deb topsa,
buzilgan huquq himoya qilinishi kerak.
Da‟vo muddatini o‟tkazib yuborish sabablari da‟vo muddatining
oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam bo‟lsa,
da‟vo muddatida yuz bergan bo‟lsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkin
(FKning 159-moddasi). FKning 159-moddasida belgilangan “da‟vo
muddatining oxirgi olti oyida jumlasi” dan shunday ma‟no anglashiladiki,
agar da‟vo muddatining o‟tkazib yuborilish sabablari da‟vo muddati
tamom bo‟lishidan olti oy oldin sodir etilgan bo‟lsa, sud da‟vo muddatini
tiklamaydi. Zero, da‟vo muddatining oxirgi olti oyidan oldin vujudga
kelgan, huquqdor shaxsning o‟z huquqlarini
amalga oshirishga va sud
orqali himoya qilishiga to‟sqinlik qilgan vaziyatlar da‟vo muddatining
qolgan qismida bartaraf etilishi va shaxs o‟z huquqlari himoyasini amalga
oshirishi mumkin deb hisoblandi
.
Masalan, fuqaro da‟vo muddatining oxirgi
sakkiz oyida og‟
ir kasallandi. Qonun bu vaziyatda sakkiz oylik muddat fuqaroning
davolanib o‟z huquqlarini himoya qilishiga imkon beradi deb hisoblaydi. Shu
munosabat bilan da‟vo muddati tugashining olti oyidan oldin vujudga kelgan
sabablar tufayli da‟vo muddati o‟tkazib yuborilganda sud da‟vo muddatini
tiklamaslikka haqli hisoblanadi.
Fuqarolik qonun hujjatlarida agar sud da‟vo muddatining o‟tkazib
yuborilish sabalarini uzrli deb topsa, sudga da‟vo muddatini uzaytirish
huquqini
(majburiyat
yuklamaydi)
beradi.
Muddatning
bunday
«uzaytirilishi» ko‟pchilik holatlarda amaliyotda da‟vo muddatining
«tiklanishi» - deb ham nomlanadi. Da‟vo muddati tiklanishining ahamiyati
shundaki, bunday tiklanish natijasida, fuqaro o‟zining buzilgan huquqi va
152
putur yetkazilgan qonuniy manfaatini, garchi imkoniyat yo‟qotilgan
bo‟lsada himoya qila oladi.