Da‟vo muddati joriy qilinmaydigan talablar




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

 
Da‟vo muddati joriy qilinmaydigan talablar 


153 
 
Umumiy qoidaga ko‟ra da‟vo muddati barcha fuqarolik huquqlariga 
tatbiq etiladi. Deyarli barcha subyektiv fuqarolik huquqlari da‟vo muddati 
davomida amalga oshirilishi va himoya qilinishi lozim. Fuqarolar 
o‟rtasidagi munosabatlarda da‟vo muddatining tatbiq etilishi ularning 
mulkiy ahvolini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shuning uchun ham fuqarolar o‟rtasidagi munosabatlarda da‟vo 
muddati mulk huquqi asosida vujudga keladigan hamda majburiyat 
huquqiy-munosabatlarida tatbiq etiladi. Lekin istisno tariqasida da‟vo 
muddati qonun hujjatlarida to‟g‟ridan-to‟g‟ri ko‟rsatilgan bir qator 
talablarga qo‟llanmaydi. FKning 163-moddasiga muvofiq, da‟vo muddati 
quyidagilarga joriy qilinmaydi: 
- shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni 
himoya qilish haqidagi talablarga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
hollar bundan mustasno; 
- omonatchilarning o‟z omonatlarini berish to‟g‟risida bankka 
qo‟yadigan talablariga; 
- fuqaroning hayotiga yoki sog‟lig‟iga yetkazilgan zararni to‟lash 
haqidagi talablarga. Da‟vo muddati o‟tganidan keyin qo‟zg‟atilgan talablar 
da‟vo qo‟zg‟atilishidan oldingi ko‟pi bilan uch yil bo‟yicha qondiriladi; 
- jinoyat tufayli yetkazilgan zararni to‟lash haqidagi talablarga
- mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining o‟z huquqini har 
qanday buzishlarni, shu jumladan, egalik qilishdan mahrum etish bilan 
bog‟liq bo‟lmagan buzishlarni (FKning 231-moddasi), bartaraf etish 
haqidagi talablariga; 
- mamlakat mustaqilligi e‟lon qilinishidan oldin uning chegaralaridan 
tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga 
ega bo‟lgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho obyektlarni qaytarib 
berish haqidagi talablarga; 
- qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga.

Download 2,02 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Da‟vo muddati joriy qilinmaydigan talablar

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish