147
tutmaganligiga qaratiladi. Agar qonun hujjatlarida fuqarolik-huquqiy
munosabatga oid muddat belgilanmagan bo‟lsa, unga nisbatan faqatgina
umumiy va yagona da‟vo muddati qo‟llaniladi. Shu munosabat bilan
bunday muddatlar ( muddat alohida yoki oldindan o‟rnatilgan
tartib
asosida belgilanmagan munosabatlarga tatbiq etiladigan) umumiy da‟vo
muddati hisoblanadi.
FKning 150-moddasiga muvofiq, umumiy da‟vo muddati uch yildan
iborat. Bu muddat o‟z nomidan ko‟rinib turibdiki, fuqarolar va yuridik
shaxslar uchun bir xilda “umumiydir”.
Maxsus da‟vo muddatlari. Umumiy da‟vo
muddatlaridan farq qilib,
maxsus da‟vo muddatlari qonun hujjatlarida to‟g‟ridan to‟g‟ri ko‟rsatilgan
talablarga nisbatan qo‟llaniladi. Bu muddatlar umumiy da‟vo muddatiga
qaraganda kamroq vaqt davom etganligi uchun, ular qisqartirilgan da‟vo
muddatlari deb ham yuritiladi. FKning 151-moddasi
esa ayrim turdagi
talablar uchun qonunlarda umumiy da‟vo muddatiga qaraganda
qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da‟vo muddatlari belgilanishi
mumkinligini qayd etadi. Lekin bu “mumkinlik”
amaliyotda faqatgina
muddatning qisqartilishiga nisbatan qo‟llanilishini hisobga olganda
maxsus da‟vo muddatlarining qisqartirilgan da‟vo muddati deb nomlanishi
asosli ekanligini ko‟ramiz.
Maxsus da‟vo muddatlari faqatgina qonun hujjatlarida to‟g‟ridan
to‟g‟ri ko‟rsatilgan hollarda qo‟llaniladi va xuddi umumiy da‟vo
muddatlari kabi imperativ xarakter kasb etadi. Ya‟ni taraflar o‟z xohishlari
asosida bunday muddatlarni huquqiy munosabatga nisbatan tatbiq etishlari
mumkin emas.
Masalan, FKning 724-moddasiga muvofiq, tashuvchiga nisbatan
yuk tashishdan kelib chiqadigan da‟voni qo‟zg‟atishdan oldin unga tegishli transport
ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda talab qo‟yilgan bo‟lishi shart.
Maxsus da‟vo muddatlarining belgilanishidan
asosiy maqsad
muayyan huquqiy munosabatni tez va to‟g‟ri hal qilish, hamda har bir
holat yuzasidan asosli va to‟g‟ri qaror chiqarishdan iborat.